Amerikaning Liviyaga hujumlari

571
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Amerikaning Liviyaga hujumlari

Savol: Sarroj hukumati talabi bilan Amerikaning Sirtga qilayotgan hujumlari davom etmoqda. Masalan “Sirtdagi bosh kengash kuchlariga yaqin harbiy manbalarning taʼkidlashicha kecha Amerika samolyotlari shahardagi IShID pozitsiyalariga sakkiz marta havo hujumini amalga oshirgan…”. (Arabiyya net 2016 yil 9 avgust). Lekin, maʼlumki Liviyadagi Sarroj hukumati Magʻribdagi Suxayrot (Sxirat) kelishuvi boʻyicha tuzilgan. Bu kelishuvda asosiy oʻyinchi Yevropa, xususan Britaniya boʻlgan edi… Bu hukumatning siyosati Yevropa siyosatiga muvofiq Amerika harbiy aralashuvini rad etishdan iborat edi. Nega bu hukumat hozirga kelib bu aralashuvga rozi boʻldi? Sarroj siyosati Yevropa rejasidan oʻzgardimi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob: Sarroj hukumati hamon Yevropa, aniqroq qilib aytganda Britaniya chizgan chiziq boʻylab ketmoqda. Shuning uchun bu hukumatning Amerika harbiy aralashuviga rozilik bergani uning siyosiy jihatdan Amerikaga malay boʻlib qolganini anglatmaydi. Aksincha uni bunga Britaniya undadi. Bu Tobruq parlamentini Sarroj hukumatiga rozilik beradigan qilishga Amerikani qiziqtirish yoʻlida tashlangan qadamdir. Bunga sabab shuki, Amerika Sarroj hukumatiga – Britaniya Sarroj hukumati foydasiga paydo qilgan jamoatchilik fikridagi siyosiy targʻibot sababli – zohirda rozilik bergan boʻlsa-da lekin Amerika amalda bu hukumatga qarshi boʻlib qolaverdi hamda Haftar va uning jamoati tomonidan bu hukumatga muammolarni tugʻdirishda davom etaverdi. Shuning uchun Amerika Tobruq parlamentini Sarroj hukumatiga rozilik beradigan qilmadi. Natijada Sarroj Britaniya undovi bilan shu qadamni tashlab Amerika harbiy aralashuvini talab qildi. Maqsad shoyad Amerika Tobruq parlamentiga Sarroj hukumatiga rozilik berishni buyurar degan “ilinj”da Amerikani qiziqtirishdir… Buni tiniqroq tushunish uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqamiz:

Sarroj hukumati Yevropaning, xususan Britaniyaning qoʻllab-quvvatlovi bilan tuzildi. Britaniya 2015 yil 17 dekabrda Suxayrot kelishuvi tuzilishiga muvaffaq boʻldi. Britaniya Liviyaga harbiy aralashuv boʻlishiga toʻsiq qoʻyib kelayotgan edi. Chunki Britaniya siyosiy doira ustidan hukmron va hukumat unga tobe boʻlgani sababli bunday aralashuvga muhtoj emas edi. Shuning uchun Britaniya harbiy aralashuvni man qilish uchun xalqaro qarorlarni chiqartirishga muvaffaq boʻldi. Lekin Amerika aralashuv toʻgʻrisida qattiq turib oldi va oʻtgan yili noyabrdan boshlab yakka tartibda zarbalarni berdi. Amerikaning oxirgi zarbasi fevralda boʻldi. Uning oqibatida Liviyadagi bir harbiy lagerda 49 kishi halok boʻldi, ularning koʻpchiligi Tunis ahlidan edi. Amerikaning Liviyadagi vujudi zaif. Shuning uchun Amerika harbiy aralashuvga tayanmoqchi. Mana shu rol boʻyicha harakat qilish uchun Amerika oʻzining malayi Haftarni qoʻllab-quvvatladi… Amerika oʻzining Liviyadagi vujudi zaifligini tan oldi. Chunki Pentagon vakili Piter Kuk 2016 yil 17 mayda quyidagilarni aytdi: “Qoʻshma Shtatlarning Liviyadagi vujudi hamon kichik boʻlib qolmoqda, bu vujudning vazifasi Qoʻshma Shtatlarga davlat tashkilotiga qarshi olib borayotgan urushida yordam bera oladigan taraflar va guruhlarni aniqlashga urinishdir”. (Shuruq Tunisiyya, 2016 yil 17 may). Sarroj hukumati ishini osonlashtirish oldidagi toʻsiq Amerika qoʻygan shartlar edi. Amerika armiyada asosiy rol Haftarniki boʻlishini va ana shundan keyin Tobruq parlamenti Sarroj hukumatini tan olishini shart qilib qoʻymoqda. Lekin Suxayrot kelishuvida bundan boshqa narsalar koʻrsatilgan. Xalqaro vakil bu ishni bir necha munosabatlarda qayta-qayta aytdi. Masalan Liviyaga yuborilgan xalqaro vakil Martin Kobler 2016 yil 7 avgustda “Gʻod” televideniyesiga quyidagilarni aytdi: “Siyosiy kelishuvda bosh kengash Liviya armiyasining oliy qoʻmondoni ekanligi koʻrsatilgan, Liviyadagi barcha taraflar bu kelishuvni hurmat qilishi lozim, armiya bosh qoʻmondoni, bosh shtab boshligʻi, dengiz va quruqlik kuchlari qoʻmondoni kim boʻlishi kerakligini belgilab beradigan qarorlar qabul qilinishi lozim, bu kuchlar bosh kengash qoʻli ostida boʻlishi lozim”. Xalqaro vakil quyidagilarni ham aytdi: “Men bir necha haftadan buyon general Xalifa Haftar bilan Liviya armiyasini birlashtirish masalasini muhokama qilishga erishishga urinib kelyapman…”. Vakil “Liviya parlamenti milliy birlik hukumatiga rozilik berish uchun oʻzining hamma aʼzolari bilan toʻplanib yigʻin oʻtkazishini” talab qildi va “parlament faqat bitta modda boʻyicha ehtiyotkorlik qilganidan keyin siyosiy kelishuvga rozilik berdi” dedi. U bu bilan Haftar pozitsiyasiga aloqador sakkizinchi moddaga ishora qilmoqda. Ana shu moddada bunday deb koʻrsatilgan: “Liviyaning ijrodagi qonunlari va qonunchiligida koʻrsatilgan oliy harbiy, fuqarolik va xavfsizlik mansablarining barcha salohiyatlari kelishuv imzolanganidan keyinoq bosh vazirlik kengashiga oʻtadi…”. Ular kelisha olishmayotgan oʻrin mana shu moddadir…
Britaniya Amerikaning harbiy aralashuvni xohlayotganini va uni amalga oshirayotganini tushundi. Masalan “Bavvaba Afriqiyya” axborot agentligi 2016 yil 8 yanvarda bunday deb yozdi: “Afrikadagi Amerika harbiy qoʻmondonligi Liviyaga harbiy aralashishini rasman eʼlon qildi. U muddati 5 yil boʻlgan ish rejasi boʻyicha eʼlon qilindi. Bu rejadan maqsad Afrikadagi, aniqrogʻi Liviyadagi terrorchi jamoatlarni yanada qattiq iskanjaga olishdir”. Bu bilan esa Amerika hech bir xalqaro qaror chiqmasdan turib harbiy hujumlarni yoki harbiy aralashuvni amalga oshirish siyosatini yurgizishga qaror qildi va buni amalda boshladi. Chunki Amerikaning istaklari bevosita siyosiy ishlar bilan amalga oshmadi. Ana shundan keyin Oq uy 2016 yil 28 yanvarda quyidagilarni eʼlon qildi: “Prezident Obama milliy xavfsizlik kengashining Liviyadagi vaziyatni muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻiniga raislik qildi. Prezident Qoʻshma Shtatlarning Davlat tashkilotiga u qaysi mamlakatda mavjud boʻlmasin zarur boʻlsa to Liviyaga qadar hujumni davom ettiraverishini taʼkidladi va oʻzining milliy xavfsizlik sohasidagi maslahatchilariga tashkilotning Liviyada va boshqa davlatlarda kengayishga boʻlgan urinishlariga toʻsiq qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalarini berdi”… Shu bilan birga Amerika uchun qonuniy jihatdan oʻzining aralashuvi Sarroj hukumatining talabi bilan boʻlishi muhimdir. Bu bir qonuniy niqob boʻladi. Shuning uchun Britaniya Sarrojga Amerikadan aralashuvni talab qilib uning aralashuviga qonuniy tus qilib berishni va shundan keyin oʻzining Amerikaga koʻrsatgan bu “xizmati”dan kelib chiqib Amerikadan Haftarga berayotgan yordamlarini kamaytirishini va Tobruq parlamentini Sarroj hukumatiga ishonch bildirishga majburlashini umid qilishni buyurdi…!
Shunday qilib, Amerika aralashuvi Sarroj hukumati talabi bilan, yaʼni oʻzini qonuniy deb hisoblayotgan hukumat talabi bilan ochiq-oshkor ravishda boshlandi! Buni Pentagon vakili Piter Kuk 2016 yil 1 avgustda aytib bunday dedi: “Bu zarbalar Liviya milliy birlik hukumati talabiga binoan yuzaga keldi”. Albatta bu talab bir ulkan jinoyatdir. Shuning uchun Sarrojning 2016 yil 8 avgustda Liviya rasmiy televideniyesiga aytgan quyidagi gaplari unga foyda bermaydi: “Bosh kengash armiyaning oliy qoʻmondoni sifatida IShID tashkilotining Sirt shahri va uning atroflaridagi pozitsiyalariga aniq zarbalar berish uchun AQShdan bevosita yordam talab qilishga qaror qildi… Albatta bu amaliyotlar bu bosqichda bir aniq belgilangan muddat doirasida yuzaga kelmoqda va Sirt shahri va uning atroflaridan nariga oʻtmaydi… Bu amaliyotlar faqat texnik va logistik (moddiy xizmat) yordamlardangina iborat boʻladi”. Bu gaplar unga foyda bermaydi. Chunki Pentagon vakili Piter Kuk bunga butunlay zid boʻlgan quyidagi soʻzlarni aytdi: “Bu zarbalar uchun aniq belgilangan bu vaqtda tugash nuqtasi yoʻq… Shuning uchun kelgusida har bir alohida zarba milliy birlik hukumati bilan kelishib olinadi va zarba berish uchun Afrikadagi Amerika kuchlari qoʻmondoni roziligini olish zarur boʻladi”. (Xabar Jazoiriyya, 2016 yil 2 avgust). Demak Amerika Liviyada hujumlarni amalga oshirish uchun oʻziga Liviya hukumatining rasmiy tarzda ruxsat berishi fursati-imkoniyatini birinchi marta topmoqda. Ayni vaqtda Amerika bu hujumlar chegarasida aslo toʻxtab qolmasligini va yanada koʻproq zarbalar berishini eʼlon qilmoqda. Lekin zarba beradigan paytida Liviya hukumatini kelishib olish degan nom ostida bildirib xabardor qilib qoʻyish sifatida xabardor qilib qoʻymoqchi! Amerika buni oʻzining Afrikadagi qoʻmondonligiga bogʻliq qilib qoʻymoqda, yaʼni oʻzining Afrikadagi siyosati doirasida amalga oshirmoqchi. Bu amaliyotlarga Amerikaning Afrikadagi qoʻmondonligi boshchilik qiladi. Demak bunda faqat Liviyagina nishonga olib qolinmasdan balki butun Shimoliy Afrika nishonga olinadi! Sarrojga uning quruqlik kuchlarining kirishiga rozilik berilmasligi haqida aytgan gaplari ham foyda bermaydi. Frans Press agentligi 2016 yil 10 avgustda quyidagilarni keltirgan edi: “Liviya milliy birlik hukumati boshligʻi Fayz Sarroj chorshanba kuni oʻzining mamlakati ajnabiy kuchlarning IShID tashkilotiga qarshi jang qilayotgan kuchlarga yordam berish uchun Liviya tuproqlariga kirib kelishiga muhtoj emasligini bildirdi. U buni Italiyaning “Korrьere della Sera” gazetasi bilan boʻlgan muloqotda aytdi”. Maʼlumot uchun aytamizki, Amerikaning “Vashington Post” gazetasi 2016 yil 9 avgust seshanba kuni quyidagilarni maʼlum qildi: “U yerdagi mavjud maxsus Amerika kuchlari Sirt mintaqasida IShID tashkilotiga qarshi jang qilayotgan Liviya kuchlariga birinchi marta bevosita yordam koʻrsatadi…”! Bularning barchasidan Sarrojning aytgan gaplari faqat mahalliy aholini aldash uchungina ekanligi va bu gaplar haqiqatdan oʻta yiroq ekanligi aniq koʻrinib turibdi!
Amerika bu aralashuvga oʻzining bu mintaqadagi nufuzini mustahkamlaydigan narsa sifatida qaramoqda. Shu mazmunda Amerika prezidenti Obama zarbalar berilgan kunning ertasiga, yaʼni 2016 yil 2 avgustda quyidagilarni bildirdi: “Davlat tashkilotiga qarshi Liviya hukumatining jang olib borishini qoʻllab-quvvatlash Amerika milliy xavfsizlik manfaatiga xizmat qiladi… Havodan zarbalar Liviya kuchlariga ana shu ekstremistik jamoatga qarshi jang qilish va barqarorlikni mustahkamlash vazifasini bajarish imkonini berishni kafolatlash uchun amalga oshirildi”. U qoʻshimcha qilib bunday dedi: “Liviyada barqarorlikka erishish Qoʻshma Shtatlar, Yevropa va olam uchun ulkan manfaat keltiradi. Chunki barqarorlikning yoʻq boʻlishi Yevropadagi qochoqlar krizisiga aloqador narsalarda va Liviya bilan Yevropa oʻrtasidagi dengizda biz guvohi boʻlib turgan baʼzi insoniy falokatlarda biz guvohi boʻlib turgan baʼzi xavflarning jiddiy tus olishiga yordam berdi”. (Reyter, 2016 yil 2 avgust). Demak Amerika prezidenti buni oʻz mamlakatining milliy xavfsizligi manfaatlaridan biri, deb hisoblamoqda. Buning maʼnosi shuki, u Amerikaning Liviyada mavjud boʻlib turishiga taalluqli bir muhim masaladir. Aks holda Amerika milliy xavfsizligining Liviya bilan nima aloqasi bor?! Bu faqat Amerikaning Liviyadagi nufuziga taalluqli boʻlsagina Amerika milliy xavfsizligiga aloqasi boʻlishi mumkin! Obama buni faqat oʻz mamlakati manfaati uchungina emas, balki Yevropa va olam manfaati uchun ham qilayotganini daʼvo qilmoqda. Yaʼni Amerika goʻyo alohida Yevropa uchun barqarorlikni roʻyobga chiqarib berayotgandek. Vaholanki Amerika Liviyada Yevropa bilan kurashmoqda. Buning maʼnosi shuki, Amerika Liviyada oʻz nufuzini yoyib Yevropani oʻz hukmi ostiga kiritishga harakat qilyapti. Shundan keyin Amerika agar qodir boʻlsa yevropaliklar uzoq davr davomida mustamlakaga aylantirib boyliklarini talab kelgan bu islomiy yurtni mustamlaka qilishda Yevropaga oʻrinbosar boʻlmoqchi…
Britaniya hozirgina aytib oʻtganimizdek Sarrojga Amerika aralashuvini talab qilishni buyurdi. Buning evaziga Amerika Haftarni qoʻllashini kamaytirar va Tobruq parlamentini Sarroj hukumatiga rozilik berishga koʻndirar, degan “ilinj”da Britaniya oʻzining malayiga shuni buyurdi… Lekin Yevropa ayni vaqtda Amerikani Haftar ham, boshqasi ham qiziqtirmasligini, uni faqat bu malaylar uning manfaatlariga qanchalik xizmat qilishlarigina qiziqtirishini yaxshi tushunadi. Shuning uchun agar Amerika Sarrojdan Yevropa qonini soʻrib olib uni faqat oʻzigagina xizmat qiladigan malayga aylantirishga muvaffaq boʻla olsa Haftarni osonlik bilan chetlatishi yoki hatto uni yoʻl chekkasiga boʻlmasa ham, bir chetga uloqtirib yuborishi mumkin. Lekin aralashuvni mana shunday boʻlishi uchun talab qilingani yoʻq! Shunga koʻra demak Yevropa Amerikaning Tobruq parlamentining rozilik berishini paysalga solishini hisobga oladi. Chunki shunda Amerika Sarroj hukumatini yanada koʻproq yon berishga majbur qilishga erishadi. Ana shundan keyin Amerika harbiy aralashuvni oʻzining manfaatlariga xizmat qildirish uchun uning muddatini choʻzadi. Natijada Amerika harbiy nufuzi davom etib Sarroj Amerikaning harbiy hukmronligi ostida boʻlib qoladi… Buni Yevropa albatta hisobga olmoqda. Shuning uchun Yevropa Amerika aralashuvini eʼlon qilishdan oʻzining maxfiy tutib kelayotgan aralashuvini oshkor eʼlon qilish uchun foydalandi. Liviyadagi harbiy maydon Amerikaning bir oʻziga qolib ketmasligi uchun Yevropa oʻz aralashuvini ham eʼlon qildi. Shunday qilib aralashuv ochiq-oshkor boʻladigan boʻldi. Natijada Yevropa davlatlari aralashadigan boʻldi. Askarlari oʻldirilgan Frantsiya qilganidek yashirin aralashishga hojat qolmadi. Shunday qilib Liviyadagi Yevropa kuchlari Amerika kuchlariga xohlagan ishini qilish imkonini bermaydigan boʻldi. Balki Yevropa kuchlariga ham oʻljadan ulush tegadigan boʻldi! Shunday qilib Yevropaning Liviyaga aralashuvi haqida ochiq-oshkor gapirish boshlandi. Masalan “Sandi Tayms” gazetasi 2016 yil 7 avgustda quyidagilarni maʼlum qildi: “Britaniya maxsus kuchlari oldinroq Sirtda bosh kengash kuchlari bilan birgalikda IShIDga qarshi jang qilib keldi, bu kuchlar davlat tashkilotining 700 mahalladagi baland binolar ustiga joylashib olgan snayperlariga qarshi kurashish uchun yangi qurol-aslahalardan foydalandi”. Britaniyaning Liviyadagi elchisi Piter Milet esa oʻzining “tvitter”dagi sahifasida “Liviyaning davlat tashkilotiga qarshi urush qilish uchun xalqaro koalitsiyaga qoʻshilganini olqishlashini” bildirdi. U bilan Amerikaning Sirtga qilgan hujumlariga ishora qildi… Frantsiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Ero ham “oʻzining mamlakati Liviya milliy birlik hukumatining Amerika havo zarbalaridan iborat xalqaro yordamni talab qilib tashlagan qadamini olqishlashini bildirdi. U buni Sarroj bilan telefon orqali soʻzlashgan paytida aytdi. Buning tafsilotlari haqida frantsuz tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi”. Frantsuz vaziri Sarrojga “oʻzining mamlakati milliy birlik hukumati bilan barcha sohalarda va eng avvalo xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilishini kuchaytirishga tayyor ekanini” bildirdi. Frantsiya Amerikani rozi qilish uchun ikkiyoqlama oʻyin olib borishga urinmoqda. Chunki Frantsiya Sharqda jang olib borayotgan Haftarni qoʻllab-quvvatlamoqda va bu janglarda uning askarlari oʻldirilmoqda. Ayni vaqtda Frantsiya Gʻarbdagi Tripolidagi Sarroj hukumatini qoʻllab-quvvatlashini ochiq eʼlon qilmoqda!… Italiya tashqi ishlar vaziri Paolo Jentiloni esa: “Italiya Sirtdagi Davlat tashkilotiga qarashli baʼzi nishonlarga qarshi Qoʻshma Shtatlar amalga oshirgan havo amaliyotlarini olqishlaydi, bu amaliyotlar hukumatga sodiq kuchlarni qoʻllab-quvvatlash uchun milliy birlik hukumati talabiga binoan yuzaga keldi” dedi. Italiya vaziri “oʻzining mamlakati Liviyaning har qanday turdagi yordam haqidagi, jumladan harbiy yordam haqidagi talabini qabul qilishga tayyor ekanligini” bildirdi. (Onadoʻli, 2016 yil 3 avgust). Italiya mudofaa vazirasi Roberta Pinotti esa “Italiya kuchliroq ehtimolga koʻra Liviyadagi Davlat tashkiloti aʼzolariga zarbalar berish uchun oʻzining havo bazalaridan va havo boʻshligʻidan foydalanishga – agar Qoʻshma Shtatlar shuni talab qilsa – ruxsat berishi mumkin” dedi. (Reyter, 2016 yil 3 avgust).
Shunday qilib Britaniya ishlab chiqqan Suxayrot kelishuvi mahsuli boʻlgan Liviyadagi siyosiy rejim Amerika aralashuviga ruxsat berishini eʼlon qiladigan boʻldi! Bu rejim bir mustamlakachi kofir davlatdan yurtimizga harbiy aralashishini talab qilishda Allohdan ham, Rosulidan ham va moʻminlardan ham uyalmadi! Bu mustamlakachilar yurtlarimizdagi hokimlarning xiyonati sababli aralashayotgan boʻlishsa-da lekin bu aralashuvning mana shu hokimlar talabi bilan boʻlishi yanada mudhishroq va yanada alamliroqdir… Aslida Sarroj ham qolgan malaylar kabi bugun bir ishni qilib, ertaga unga butunlay teskari boʻlgan ishni qilishda uyalishni aslo his qilmaydi. Shuning uchun u kuni kecha frantsuz aralashuviga qisinib-qimtinib, uyalibgina norozilik bildirgan boʻlsa bugun Amerika aralashuvini olqishlamoqda, olqishlabgina qolmay balki uni oʻz tili bilan talab qilmoqda! Chunki malaylar xoʻjayinlari oʻzlariga nimani buyursa shuni bajarishadi, ular kar, soqov va koʻrdir, aqllarini ishlatishmaydi… Bularning barchasi yuqorida aytib oʻtganimizdek Amerika Tobruq parlamentini Sarroj va uning hukumatiga ishonch bildirishga majbur qilishga koʻnarmikin, degan ilinjda qilinmoqda!
Sarroj tomonidan Amerikaning harbiy aralashuvini soʻrab ilgari surilgan rasmiy talab va uning ortidan Yevropa harbiy aralashuvini eʼlon qilinganligi Liviyani nafaqat xatarli boʻlgan siyosiy kurash uchun, balki undan-da xatarliroq boʻlgan harbiy kurash uchun bir qaynoq maydonga aylantirdi!! Bu albatta bir ulkan jinoyatdir. Bu jinoyatni qilgan kimsa va uning hamtovoq sheriklari dunyoda rasvolikka albatta giriftor boʻlishadi. Oxiratdagi azob esa yanada qattiqroqdir.
سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ

“Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib oʻtgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir” [Anʼom 124]

Kuchli, Aziz Alloh kofirlarning moʻminlar ustidan hukmron boʻlib olishiga imkon berishni harom qilgan. Kofirlardan yordam soʻrash esa ularni moʻminlar ustidan hukmron qilib qoʻyadi.

وَلَنْ يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا

“Va Alloh hargiz kofirlar uchun moʻminlar ustiga yoʻl bermagay” [Niso 141]

Kuchli, Jabbor Alloh kofirlarni doʻst tutishni harom qildi va ularni doʻst tutadigan kimsani munofiqlar jumlasiga kiritdi va unga alamli azob boʻlishini aytdi.

بَشِّرِ الْمُنَافِقِينَ بِأَنَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا * الَّذِينَ يَتَّخِذُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِ الْمُؤْمِنِينَ أَيَبْتَغُونَ عِنْدَهُمُ الْعِزَّةَ فَإِنَّ الْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا

“Bunday munofiqlarga ular uchun alamli azob borligidan “xushxabar” berib qoʻying! Ular moʻminlarni qoʻyib kofirlarni doʻst tutadilar. Ular oʻsha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora boʻladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir” [Niso 138-139]

Rosul A kofirlardan yordam soʻrashni harom qildi: Urvadan rivoyat qilinishicha u Oisha Idan ushbuni rivoyat qildi: Rosululloh A dedilar:

“إِنَّا لاَ نَسْتَعِينُ بِمُشْرِكٍ”

“Biz biron mushrikdan yordam soʻramaymiz”. Bu hadisni Doramiy oʻzining sunanida chiqardi… Tabaroniy esa “Moʻʼjamul kabir”da Xubayb ibn Abdurrahmon ibn Xubaybdan, u otasidan, u esa bobosidan shunday deganini chiqardi: Rosululloh A dedilar:

“فَإِنَّا لاَ نَسْتَعِينُ بِالْمُشْرِكِينَ”

“Biz mushriklardan yordam soʻramaymiz”… Hokim esa oʻzining “mustadraki”da Abu Humayd Soidiy Gdan shunday deganini chiqardi:

“فَإِنَّا لاَ نَسْتَعِينُ بِالْمُشْرِكِينَ”

“Biz mushriklardan yordam soʻramaymiz”.

Soʻzimiz yakunida quyidagilarni aytamiz: Liviya gʻarbidagi va sharqidagi bu hukumatlar Yevropa va Amerikadan iborat Gʻarb malaylaridir. Shuning uchun oʻz dini, yurti va Ummati haqida qaygʻuradigan Liviyaning gʻayur xalqi bu hukumatlarni agʻdarib tashlashga harakat qilishi vojib. Chunki bu malay hukumatlar Islom va musulmonlar dushmani boʻlgan kofir Gʻarbga Qurʼon Karim hofizlari boʻlmish mujohidlarning yerini lang ochib berdi. Liviyaning gʻayur xalqi zimmasida oʻzaro jang qilib, toʻkish harom boʻlgan qonni toʻkayotgan, bir-birini kofirga chiqarayotgan ana shu qurolli toʻdalarni va tashkilotlarni tiyib qoʻyish vojib vazifasi ham turibdi. Toʻkish harom boʻlgan qonni toʻkish va musulmonni kofirga chiqarish Alloh Subhanahu va Rosuli A nazdida juda ulkan gunohdir: Toʻkish harom boʻlgan qonni toʻkishga kelsak, Termiziy oʻzining sunanida Abdulloh ibn Amrdan Nabiy Aning shunday deganini chiqardi:

“لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ قَتْلِ رَجُلٍ مُسْلِمٍ”

“Albatta dunyoning zavolga yuz tutishi Allohga bir musulmon kishining oʻldirilishidan koʻra yengilroqdir”. Nasoiy ham oʻzining sunanida Abdulloh ibn Amrdan Nabiy Aning shunday deganini chiqardi:

“لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عِنْدَ اللهِ مِنْ قَتْلِ رَجُلٍ مُسْلِمٍ”

“Albatta dunyoning zavolga yuz tutishi Alloh nazdida bir musulmon kishining oʻldirilishidan koʻra yengilroqdir”.

Musulmonni kofirga chiqarishning yomonligiga kelsak, Buxoriy oʻzining sahihida Abdulloh ibn Umar Hdan Rosululloh Aning shunday deganligini chiqardi:

“أَيُّمَا رَجُلٍ قَالَ لِأَخِيهِ يَا كَافِرُ، فَقَدْ بَاءَ بِهَا أَحَدُهُمَا”

“Qaysiki kishi oʻzining birodariga ey kofir desa bu ikkovidan biriga tegadi”. Muslim ham ibn Umardan Nabiy Aning shunday deganini quyidagi lafz bilan chiqardi:

“إِذَا كَفَّرَ الرَّجُلُ أَخَاهُ فَقَدْ بَاءَ بِهَا أَحَدُهُمَا”

“Agar kishi birodarini kofirga chiqarsa bu ikkovidan biriga tegadi”… Adabul Mufradda Abdulloh ibn Umardan Rosululloh Aning shunday deganligi haqida rivoyat kelgan:

“إِذَا قَالَ لِلْآخَرِ: كَافِرٌ، فَقَدْ كَفَرَ أَحَدُهُمَا، إِنْ كَانَ الَّذِي قَالَ لَهُ كَافِرًا فَقَدْ صَدَقَ، وَإِنْ لَمْ يَكُنْ كَمَا قَالَ لَهُ فَقَدْ بَاءَ الَّذِي قَالَ لَهُ بِالْكُفْرِ”

“Agar boshqasiga: kofir desa bas ikkovidan biri kofir boʻladi, agar kofir deb aytilganida bu soʻz tasdigʻini topsa u kofir boʻladi va agar tasdigʻini topmasa bu soʻz aytuvchiga qaytadi”.

Shunday qilib demak musulmonning toʻkish harom boʻlgan qonini toʻkish oʻta ulkan gunohdir. Musulmonni kofirga chiqarish ham oʻta ulkan gunohdir.

Eng oxirida quyidagilarni aytamiz: biz albatta pokiza yurt Liviyada Alloh izni bilan koʻpgina mujohid, qahramon, taqvoli, pok haqiqiy erkaklar borligini bilamiz. Biz mana shu oʻgʻlonlarda yaxshilikni ilgʻayapmiz. Bu oʻgʻlonlar mana shu yovuz toʻrtlikka: mustamlakachi kofirlar, dinini sotgan xoin hokimlar, Islom shariatiga, roshid Xalifalikka dushmanlik qilayotgan kimsalar va Xalifalikni xunuk koʻrsatish uchun yolgʻon Xalifalikni eʼlon qilib, toʻkilishi harom boʻlgan qonni toʻkayotgan kimsalarga haqiqiy qarshi tursinlar. Bu yovuz toʻrtlikka haqiqiy qarshi turish vojib. Shu bilan birga biz Allohning yorugʻ kunlarni berishidan umidni aslo uzmaymiz. Aksincha biz haqiqiy Xalifalikning, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikning qaytishi haqidagi xushxabarni kutmoqdamiz. Haqiqiy Xalifalik odamlar tinchligini muhofaza qiladi, ularning ishlarini gʻamxoʻrlik bilan boshqaradi. Natijada Islom va musulmonlar aziz, kofirlar va munofiqlar esa xor boʻladi.

وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Alloh Oʻz ishida gʻolibdir, lekin odamlarning koʻplari (buni) bilmaydilar” [Yusuf 21]

9 zul-qaʼda 1437h

12 avgust 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.