Jon Kerri: Suriya mojarosi juda choʻzilib ketdi

836
0

Jon Kerri: Suriya mojarosi juda choʻzilib ketdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriya mojarosi juda uzoq davom etayotganligidan tashvish bildirdi. Shu bois u Asad rejimiga taʼsiri boʻlgan hamda muxolifat kuchlariga taʼsiri boʻlgan davlatlarni bir yoqadan bosh chiqarib Suriya mojarosini tugatishga chaqirdi.

Ayni paytda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Turk armiyasi aviatsiya koʻmagida Suriyadagi “terrorchi” guruhlarga qarshi aksilterror hujumlarini boshlaganligini maʼlum qildi. “Anadolu” axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Turkiya qoʻshini Suriyaning Jarablus shahriga “Furot qalqoni” nomli harbiy yurish boshlagan. Maqsad shaharni IShID jangarilaridan ozod etish ekanligi daʼvo qilinmoqda.

“Bu masalani hal qilish vaqti keldi. Kimdir Turkiyaga qiyin boʻladi, deb safsafta sotmoqda. Men ularga aytamanki, siz oʻzingizning oqibatingiz nima boʻlishini oʻylang”, dedi Turkiya prezidenti.

Boshqa bir tarafdan Rossiya va Saudiya Arabistoni Suriya, Falastin va Yaman masalasiga yechim topish uchun hamkorlikni kuchaytirgan. Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vazirligi tarafidan chiqarilgan bayonotda aytib oʻtildi.

Bayonotga koʻra, Rossiya Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Mixail Bogdanov Jidda shahrida Saudiya Arabistonining ikkinchi Valiahdi va mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon hamda tashqi ishlar vaziri Adil al-Jubayr bilan uchrashuv oʻtkazgan.

“Suriya, Yaman va Falastindagi harbiy va gumanitar vaziyat haqida atroflicha fikr almashildi. Mazkur mintaqalardagi zoʻravonliklarga chek qoʻyish va mojarolarga siyosiy yechim topish uchun hamkorlik qilish, xususan xalqaro terrorizmga (Islomga) qarshi samarali kurashish uchun yondashuvni mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek bayonotda aytilishicha, Moskva va Riyoz Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilish uchun oʻz pozitsiyalarini bir biriga yaqinlashtirishga tinimsiz harakat olib boradi.

Turkiston:

AQSh boshchilik qilayotgan olamiy kufr sistemasi Rossiya, Eron, Turkiya, Saudiya kabi mamlakatlar bilan yashirin bitim ostida harakat olib boryapti. Ular Suriya hududidagi tinch aholini va boshqa jangchi quvvatlarni bombardimon qilishlarida ham, AQSh chizib bergan yoʻnalish xaritasi boʻylab harakatlanishyapti.

Maqsadlari ham bir va oʻzaro muvofiqlashtirilgan. Yaʼni, “Shomda borayotgan islomiy, mabdaʼiy, inqilobiy, mafkuraviy ommaviy yoʻnalishga barham berish koʻzda tutilgan”. Kufr sistemasi inqilobni, qurolli qoʻzgʻalonga aylantirib olish uchun juda qattik matbuot kurashi olib bordi. Endi bu qurolli qoʻzgʻalonchilarga oʻzi barham bermoqchi. Lekin ularning muammolari shundaki, qurolli qoʻzgʻalonlchilarni bahona qilib, tinch aholi vakillarini bir qismini muhojirlarga aylantirib, chet mamlakatlarga chiqarib yuborgan boʻlsa, yana bir qismini qirib yuborayapti. Lekin shunga qaramasdan, Suriya xalqini inqilobiy islomiy ruhini sindira olishmadi. Jenevadagi shartnomalarning barchasi muvoffaqqiyatsizlikka uchradi. Yaʼni ular Suriyadagi islomiy muhitni sindirib, musulmonlarini oʻz tomonlariga ogʻdira olishmadi.

Ular Shom xalqini mafkuraviy, inqilobiy ruhini sindira olishmagani bois Suriyani bir necha boʻlaklarga boʻlib, har biri mazkur boʻlingan qimslarni otaliqqa olish orqali bosib olishmoqchi boʻlishayapti. Shuningdek, Ular bu hududlarda oʻzlari vayron qilgan shahar va qishloqlarni qaytadan tiklab berish bilan musulmonlarni avvalgi ishonchlarini qozonib olishga harakat qilishmoqchi.

Hozirda kufr olami mafkuraga qarshi harbiy kuch ishlatib yana bir marta magʻlub boʻlganiga guvoh boʻlib turibmiz. Shu kunlarda hatto Xitoy ham bu kufr karvoniga qoʻshilish ishtiyoqida ekanini bildirib, Asadni himoya qilish tashabbusi bilan oʻrtaga chiqdi. Bu ham yuqoridagi fikrimizni quvvatlaydi. Chunki Xitoy Suriyada inqilobiy harakatlar boshlanish vaqtida u yerga juda katta loihalar boshlagan va investitsiya yotqizgan eng yirik davlatlardan biri edi.

Kufr olami Suriyani oʻlja singari boʻlishtirib olish haqida fikrlashyapti. Lekin ularning bu harakatlari oʻzlari uchun oʻta xavfli vaziyatlar paydo qiladi. Chunki kufr olami Shom musulmonlarini oʻta xorlab yuborishdi. Ular endi makkorlik qilib yana avvalgidek hamkor holatiga qayta olishmaydi. Saudiya, Turkiya, Eron singari islomiy yurtlar Islomni niqob qilib, kufrning bu yurtdagi qadamlarini yana ham mustahkamlab berishga harakat qilishmoqda. Lekin endi ularning makrlarining ish berishi juda qiyin. Zulm haddan tashqari kuchayib ketdi. Islomni niqob qilib olgan islomiy oʻlkalardagi hukumatlar esa, zulmni oldini olish oʻrniga zolimlar bilan hamkorlik qilishyapti. Endi kufr olami Shomga yigʻilishsa, u yerda Islom bilan kufr oʻrtasida haqiqiy kurash boshlanadi. Ular uchun Afgʻonistondagi achchiq magʻlubiyatlari bir “holva” boʻlib qoladi insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.