AQSh va Saudiya Arabistoni aloqalarni kuchaytirmoqda
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud bilan uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik va mintaqadagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildi.
Uchrashuv Jiddada boʻlib oʻtdi, Kerri u yerga 24 avgustda Saudiya Arabistoni hukumati va Fors koʻrfazining boshqa davlatlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazgani kelgan.
Maʼlum qilinishicha, Kerri va qirolning uchrashuvi yarim soat davom etgan.
Kerri keyinroq Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubayr, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Tobias Ellvud, BMTning Yaman boʻyicha maxsus vakili Ismoil Uld Al-Shayh va BAA tashqi ishlar vaziri Abdulloh Al Nahayyan bilan Yamandagi vaziyatni muhokama qiladi.