Tunis va Iordaniya Isroildan oʻrnak oldi

973
0

Bosqinchi yahud vujudi Quddus mintaqasida Hizb ut-Tahrir faoliyatini taqiqlashga harakat boshlashi ortidan Tunis bosh prokuroturasining rasmiy notigʻi Sufyon Salita Hizb ut-Tahrir faoliyati Tunisda taqiqlanganligini eʼlon qildi. Bu haqida Anadolu axborot agentligi xabar tarqatdi.

Sufyon Salita matbuot vakillariga bergan bayonotida Hizb ut-Tahrir uyushmasining faoliyati sud qaroriga binoan bir oy muddatga taʼqiqlanganligini bildirdi. Salitining taʼkidlashicha, Hizb ut-Tahrir uyushmasi partiyalar va jamiyatlar qonunlarini buzganligi uchun mahkama tarafidan shunday qaror qabul qilingan.

Ayni paytda, Hizb ut-Tahrir partiyasi matbuot xizmatining rasmiy vakili Muhammad Yasinning maʼlum qilishicha, mahkama qarori chiqishi bilanoq ichki ishlar vazirligiga qarashli politsiyachilar Hizb ut-Tahrir uyushmasiga nisbatan bosqinchilik harakatini boshlab yuborishgan. Ular uyushmaning markaziy ofislariga kelib, bayroqlar va lozunglarni yirtib tashlashgan hamda ofisga zarar yetkazishgan.

Iordaniya Isroildan oʻrnak olishda Tunisdan hukumatidan bir necha kun ortda qoldi. Iordaniya hukumati ham Tunis ortidan Hizb ut-Tahrir faoliyatini taʼqiqlaganligini eʼlon qildi. Iordaniya Ichki ishlar vazirligi va xavfsizlik kuchlari Hizb ut-Tahrirning namoyishlari, yurishlari va konferentsiyalarini taʼqiqlanganligini eʼlon qildi. Mazkur qarordan kelib chiqib Hizb ut-Tahrir tarafidan “Allohning nurini aslo soʻndira olishmaydi” nomli kampaniya doirasida tashkil qilingan barcha namoyishlar va yurishlar taʼqiqlab qoʻyildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.