Rossiya bilan bitim tuzish Turkiston va Suriya qochqinlariga juda qimmatga tushmoqda!

600
0

Rossiya bilan bitim tuzish Turkiston va Suriya qochqinlariga juda qimmatga tushmoqda!

2016 yil 9 avgust seshanba kuni prezident Erdogan koʻp sonli delegatsiya bilan Rossiyaga safar qildi. Uchoq boʻhroni sababli Turkiya-Rossiya munosabatlari buzilishi ortidan bu safar chogʻida ikki davlat oʻrtasida qurilish, siyosat, energetika va savdo sohalarida bir necha bitimlar qayta imzolandi. Shunday boʻlsa-da, biroq ayni ziyoratda koʻproq ahamiyatga molik mavzu, shubhasiz, Suriya boʻldi. Delegatsiya tomonidan alohida yigʻinda Suriya masalasi xususida muzokaralar muhokama qilindi.

Maʼlumki, Turkiya-Suriya oʻrtasidagi ayni bitimning asosiy muhim mavzusi Suriya masalasidir. Chunki munosabatlarning buzilishiga Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududida Rossiya uchogʻini urib tushirilgani sabab boʻlgandi. Hozir ayni munosabatlarni yaxshilashga undagan asosiy sabab yana Suriya masalasi boʻlib qolmoqda. Gap shundaki, AQSh Asad rejimini qoʻllab-quvvatlab, saqlab qolishga qattiq harakat qilmoqda. Amalda u ayni shu maqsadda Eron va uning Livandagi Hizbidan, Rossiyaning Shom ahliga qarshi toʻxtovsiz amalga oshirgan havo hujumlaridan, Riyoz hamda Jeneva muzokaralaridan foydalandi. Biroq bu urinishlarning barchasida Suriya xalqini tiz choʻktirishning uddasidan chiqolmadi. Endi esa, Amerika yangi reja tuzmoqda va buni Turkiya bilan Rossiyaning Suriyada terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorligi orqali amalga oshirmoqchi. Shu yoʻnalishda, endi Turkiya bilan Rossiya oʻrtasida Suriya masalasida hamkorlik qilish rivojlanadi. Bunga Turkiya va Rossiyaning rozi boʻlish-boʻlmasligining ahamiyati yoʻq. Chunki ayni uchrashuvning egasi ham, rejalashtiruvchisi ham Amerikadir.

Joriy yilning mart oyida Erdogan AQSh safari chogʻida CNN kanali orqali Kristian Amanpurga bergan intervьyusida “ayni amaliyotga yetakchilik qilayotgan Qoʻshma Shtatlardir”, degan edi. Keyinchalik “Turkiya koalitsiya kuchlarining faol qismi boʻlishni istaydi”, deya qoʻshimcha qildi. Mana, bugun ham Rossiya safari oldidan u “Suriyada tinchlikka erishish uchun eng muhim qadamni qoʻyuvchi ham, asosiy vakil ham Rossiyadir”, deya bayonot berdi. Yaqindagina Erdogan “Rossiya Suriyada nima qilyapti, axir, u bilan chegaradosh boʻlmasa?”, degan gapni bir necha bor gapirgandi. Bugun esa “Ishonamanki, biz – yaʼni, Rossiya bilan Turkiya – Suriya masalasini birgalikda qadam tashlash bilan hal qilmogʻimiz darkor”, deb aytmoqda…

Erdogan soʻzlaridagi bunday oʻzgarish va uning shoshayotgani shunga dalolat qiladiki, Suriya masalasida qaror chiqaruvchi ham, hatto amal qiluvchi ham Erdogan emas, balki bunday shoshishga uni majbur qilayotgan Amerikadir. Chunki Rossiya rahbarlari bilan Turkiya rahbarlari Suriya masalasida asosiy oʻyinchi AQSh ekanini yaxshi bilishadi.

Ey Turkiya hukmdorlari!

Nega Islom va musulmonlarni siyosiy ishlaringiz doirasiga kiritmaysiz?! Nega shu mustamlakachining rejasini amalga oshirasiz, axir, u faqat oʻz rejasi boʻyicha harakat qilyapti va sizni qoʻllab-quvvatlamadiku, siz boʻlsangiz yurtingizdagi inqilob urinishi ortidan undan qoʻllab-quvvatlov kutdingiz?! Nega hamon oʻshalarni rozi qilishga, oʻshalarning yovuz rejalarini bajarishga qiziqasiz?! Qanday qilib Rossiyani doʻst tutish mumkin, vaholanki, bu davlat Turkiston musulmonlari bilan Suriya musulmonlari boshiga tushayotgan zulm, repressiya va qirgʻinni – toʻgʻri ish, shunga ular loyiq, deb hisoblaydiku?! Siz u bilan bitim tuzishga harakat qilayotgan bir paytingizda, Suriyada yuzlab begunoh insonlarni, goʻdaklarni qirgʻin qilayotgan shu davlat emasmi?! Robbingizni ushbu kalomini eshitmaganmisiz?!

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ بِطَانَةً مِّن دُونِكُمْ لاَ يَأْلُونَكُمْ خَبَالاً وَدُّواْ مَا عَنِتُّمْ

“Ey moʻminlar, oʻzingizni qoʻyib, (kofiru munofiqlarni) sirdosh doʻst tutmang. Ular sizga zarar yetkazishda kuchlarini ayashmaydi va yomon holga tushishingizni orzu qilishadi” [Oli Imron 118]

Ey musulmonlar, ey Turkiyadagi qochqinlar!

Siz Allohni va U Zotni doʻst tutganlarni doʻst tuting, Alloh va musulmonlarning dushmanlarini esa dushman deb biling. Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo etilishiga oid Allohning vaʼdasidan, Rosuli Aning bashoratlaridan aslo noumid boʻlmang. Qarang, barcha musulmon zulmu istibdoddan – hatto oʻz yurtlarida ham – aziyat chekmoqdalar. Chunki ular Alloh nozil qilmagan qonunlar bilan boshqarilmoqda. Bas, Turkiyadagi mazlum va qochqin musulmonlardan voz kechish uchun mana shuning oʻzi kifoya! Siz oʻz yurtingizda boʻlayotgan zulmu repressiyadan qochib, usmoniylar avlodlaridan yordam soʻrab keldingiz. Shunga qaramay, Turkiya-Rossiya oʻrtasida imzolangan savdo bitimlari sababli Turkiyadan quvib solinib, rus ayigʻi qoʻliga topshirilmoqdasiz. Ammo unutmangki, Alloh Azza va Jalla Habashistonga hijrat qilgan sahobalarni Oʻzining nazoratidan, qoʻriqchiligidan xoli qoʻymadi, ularni Madinai Munavvarada Islom davlatini boʻrpo etish bilan himoya qildi. Sizlarni ham Alloh, Oʻz izni ila, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish bilan albatta himoya qiladi. Bas, baslashuvchi kishilar mana shunday mangu baxt saodat uchun baslashsinlar!

Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot boʻlimi

Web: www.hizb-turkiye.org

E-Mail: bilgi@hizb-turkiye.org

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.