Pokiston-Xitoy iqtisodiy koridori va Eron-Hindiston-Afgʻoniston uchlik loyihasi

1149
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Pokiston-Xitoy iqtisodiy koridori va Eron-Hindiston-Afgʻoniston uchlik loyihasi

Savol: “Eron, Hindiston va Afgʻoniston oʻrtasida Eron janubidagi Ammon dengiziga chiquvchi Chaxbexar porti orqali tranzit yuklarni tashish boʻyicha hamkorlik qilish uchun uchlik kelishuvi imzolandi. Bu strategik kelishuvdan maqsad uchala mamlakat oʻrtasida yuklarni tashish uchun xalqaro koridorni paydo qilishdir. Chaxbexar porti Gvadar dengiz portidan 100 km. (60 mil) uzoqlikda joylashgan. Xitoy Gvadar portini Pokiston-Xitoy iqtisodiy koridori loyihasi doirasida rekonstruktsiya qilmoqda. Bu loyiha uchun 46 milliard dollar ajratilgan”. (Arabiyya 2016 yil 24 may). 2015 yil 20 aprelda Xitoy va Pokiston shu iqtisodiy koridor loyihasini boshlashga kelishib olgan edi… Savol quyidagicha: bular faqat ulkan iqtisodiy loyihalarmi yoki ularda siyosiy omillar ham bormi? Maʼlumki bu loyihalarda ishtirok etuvchi davlatlar – Xitoyni istisno qilganda – Amerikaga qaramdir. Bu esa shu loyihalar ortida Xitoyni Janubiy Xitoy dengizidan uzoqda band qilib qoʻyish uchun tuzoqqa tushirish va iqtisodiy jihatdan holdan toydirish rejasi yotganini anglatadimi? Chunki bu koridor ahamiyatga ega boʻlsa-da biroq undan keladigan iqtisodiy daromad 46 milliard dollar sarf-xarajat bilan munosib kelmaydi-ku? Oxirgi savol: bu loyihalarda ularga imzo chekkan davlatlargina emas, boshqa davlatlar ham, masalan Oʻrta Osiyo davlatlari ham nishonga olinganmi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin. Savol choʻzilib ketgani uchun uzr soʻrayman.

Javob: javob tiniq boʻlishi uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqamiz:

Birinchi: Amerikaning bu loyihalarda ishtirok etuvchi davlatlar bilan aloqasi:

Hindiston Bxaratiya Janata partiyasi hukumati davrida Amerikaga malay boʻlib qoldi. Bu partiya 1998 yilda hokimiyatga kelib 2004 yilda undan quladi. Oʻn yildan keyin, yaʼni 2014 yilda bu partiya Modi boshchiligida yana hokimiyatga keldi. Bu paytga kelib Amerikaning qoʻllab-quvvatlovi aniq boʻlib qoldi. Natijada Amerika bilan Hindiston oʻrtasida turli sohalarda, ayniqsa yadroviy sohada kelishuvlar tuzilishi avj oldi. Bu kelishuvlarning Xitoyga qarshi qaratilgani aniq edi. Pokiston esa toʻqsoninchi yillardagi Navoz Sharif hukumatlari davridan boshlab Parvez Musharraf hukumatigacha, Osif Zardoriy hukumatidan tortib hozirgi Navoz Sharif hukumatigacha Amerikaga malay boʻlib qolaverdi. Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida – ikkalasi ham Amerikaga malay boʻlgani sababli – oʻzaro yaqinlashuv yuz berdi. Pokiston Amerika koʻrsatmalariga binoan Hindiston foydasiga bir qator muhim ishlardan voz kechdi. Amerika oʻzining Hindistondagi malaylarini va ularning Xitoyga qarshi pozitsiyalarini kuchaytirish uchun Pokistonga ana shunday koʻrsatmalarni berdi. Amerika Pokistonga ichkaridagi va mintaqadagi Islomiy harakatlarga qarshi urush qilish vazifasini yukladi va unga “terrorizm va ekstremizm”ga qarshi urush deb nom berildi. 2016 yil 9 iyundagi savolning javobida quyidagilar kelgan edi: “Hindistondagi rejim ham, Pokistondagi rejim ham Amerikaga malay boʻlsa-da, biroq Amerikaning ikkala davlatdan koʻzlagan maqsadi turlichadir. Chunki Hindistondan koʻzlagan maqsadi uni Xitoyga qarshi “nayza uchi”ga aylantirish boʻlsa, Pokistondan koʻzlagan maqsadi uni Amerikaga qarshi kurashayotgan Pokiston va afgʻon qarshilik harakatiga qarshi qoʻyishdir…”.
Eron haqida aytadigan boʻlsak, u ham Amerikaga malaydir. Eron Amerikaga uning Afgʻonistonni bosib olib, u yerda oʻrnashib olishiga yordam berganini, sobiq Karzay hukumati va hozirgi Ashraf Gʻaniy hukumati kabi Amerikaga malay, tobe hukumatlarni qoʻllab-quvvatlab kelayotganini tan oldi. 2016 yil 29 iyunda Turkiyaning “olam xabarlari” quyidagi xabarni tarqatdi: ““Eron” gazetasi Eronning sobiq tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Viloyatiy bilan muloqot oʻtkazdi. U hozirda jumhuriyat murshidi Ali Xomeneiyning bosh maslahatchisi boʻlib ishlamoqda. U muloqot chogʻida Eron bilan Amerika oʻrtasida aloqa va hamkorlik borligini tan olib bunday dedi: “Eron Afgʻoniston borasida Amerika bilan soʻzlashuvlar olib bordi. Ana shu soʻzlashuvlarda bizning vakil BMTdagi doimiy vakilimiz hozirda tashqi ishlar vaziri boʻlib ishlayotgan Muhammad Javod Zarif boʻldi. Oʻsha paytda Afgʻonistonning eng katta qismi Tolibon qoʻlida edi. Agar Eron boʻlmaganida edi Amerika ana shu sharoitlarda Afgʻonistonga kirolmas edi”. U quyidagilarni ham aytdi: “Iroq mavzusida ham xuddi shunday boʻldi. Chunki Iroq borasida ham Eron va Amerika oʻzaro kelishuv tuzdi. Saddam qulaganidan keyin Iroqda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlik qilish maqsadida soʻzlashuvlar olib borildi…”. Sayt Eronning sobiq prezidenti Hoshimiy Rafsanjoniyning xuddi shunga oʻxshash eʼtiroflarini ham keltirdi. Rafsanjoniy bularning barchasi marjaiy taqlid izni bilan boʻlganini bildirib quyidagilarni aytgan edi: “Hozir Amerika bilan Eron oʻrtasida borayotgan soʻzlashuvlar oliy murshidlik maqomidan oldindan olingan izn asosida olib borilmoqda. Amerika bilan muzokaralar Hasan Ruhoniy hukumatining kelishidan besh yilu olti oy oldin Ummon sultoni Qobus vositachiligida boshlangan”…”. Bularning barchasi Eronning Amerika bilan aloqada ekanini taʼsdiqlab turibdi. Buning evaziga Amerika Eronning Iroq va Afgʻonistondagi rolini qoʻllab-quvvatlaydigan boʻldi… 2014 yil 11 iyundagi savolning javobida quyidagilar kelgan edi: “Boshqa tomondan esa Amerikaning Hindistonga Afgʻonistonda bir rol ajratib berayotgani koʻzga tashlanmoqda. Amerika Afgʻonistonda barqarorlikni mustahkamlashda Pokistonga muhtoj boʻlib qolmasligi uchun bu ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Shuning uchun ham Modi oʻzining saylanish marosimida birinchi boʻlib uchrashgan prezident Afgʻonistondagi Karzay boʻldi. Amerika hozir Hindistondagi hukumat oʻziga malay boʻlgani uchun Pokistondan koʻra koʻproq Hindistonga ishonmoqda. Holbuki Pokistondagi hukumat ham Amerikaga malaydir. Lekin Amerika bu Islomiy yurtda har qanday lahzada har qanday oʻzgarish yuz berishi mumkinligidan qoʻrqmoqda. Pokiston ahli oʻzgarish yasashga harakat qilayotgan ekan Amerika Pokistonga uzoq vaqtgacha ishonib qololmaydi… Shunday qilib Hindiston Amerikaga malay Modi davrida Afgʻonistonda u yerdagi Amerikaga malay rejim foydasiga xavfsizlik jihatidan faol rol oʻynamoqda”. Hozir esa bunga iqtisodiy hamkorlik ham qoʻshildi. Bundan maqsad xavfsizlik boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish va Amerikaning Afgʻonistondagi nufuzini himoya qilishdir.
Ikkinchi: Eron-Hindiston-Afgʻoniston loyihasi:

Hindiston va Eron Chaxbexarga Hindiston orqali chiqish yoʻli gʻoyasini birinchi marta 2003 yilda muhokama qilgan edi. Oʻsha paytda ikkala mamlakat bu portni birgalikda rekonstruktsiya qilishga kelishib olgan edi. 2004 yilda esa hind shirkatlari assotsiatsiyasi Eronning inshootlarni rekonstruktsiya qilish portlar va yuk tashish tashkiloti bilan oʻzaro kelishuv memorandumi (MoU)ni imzoladi. Lekin bu amalga oshmadi. Lekin 2015 yil mayda, Eronning yadroviy programmasi borasida keng qamrovli mushtarak ish olib borish rejasidan ikki oy oldin hind transport vaziri Nitin Gadkari Chaxbexar borasida oʻzaro kelishuv memorandumini imzolash uchun Eronga bordi. Ana shundan keyinoq Chaxbexar kelishuv loyihasini tamomiga yetkazish uchun Nьyu-Dehlida Eron, Afgʻoniston va Hindistondan vakillar toʻplandi. 2016 yil 23 mayda bu uch davlat oʻrtasida kelishuv imzolandi. U Eron uzoq sharqidagi Chaxbexar portini rekonstruktsiya qilib uni Hind okeanidagi bir savdo koridoriga aylantirish uchun tuzildi. Maqsad uchala davlat oʻrtasida tovar ayirboshlashni koʻpaytirishdir. Bu esa Erondan yadroviy programmaga oid kelishuv imzolanishi ortidan jazo choralari olib tashlanganidan keyin yuzaga kelardi. Hindiston bosh vaziri Modi Tehronda “oʻzining mamlakati Chaxbexar portini rekonstruktsiya qilish uchun 500 million dollar qiymatidagi kredit loyihasiga mablagʻ ajratishini” aytib bunday dedi: “… Biz olam bilan bogʻlanishni istaymiz, lekin uchala davlatning bir-birimiz bilan oʻzaro bogʻlanishimiz birlamchi masaladir… bu albatta tinchlik va farovonlik koridori boʻladi… u iqtisodiy aloqaga taʼsir qiladi”. Eron prezidenti Ruhoniy esa quyidagilarni aytdi: “Bu kelishuv faqat iqtisodiy kelishuvgina boʻlib qolmay, balki siyosiy va iqlimiy (regional) kelishuv hamdir. Lekin u hech qaysi mamlakatga qarshi qaratilmagan. Bu kelishuv mintaqada barqarorlik va tinchlik oʻrnatishga hissa qoʻshishi mumkin”. Ruhoniy Modi bilan 12 oʻzaro tushunish memorandumini imzoladi. Bu memorandum boʻyicha Hindiston Tehronga 6,5 milliard dollar berishi kerak. Eron oʻziga qarshi joriy qilingan xalqaro sanktsiyalar sababli bu pullarni qaytarolmaydi. (Frans Press agentligi 2016 yil 25 may). Frantsuz axborot agentligi buni sharhlab quyidagilarni qoʻshimcha qildi: “Bu kelishuv dengizlarga chiqish yoʻliga ega boʻlmagan Afgʻonistonga dengiz portidan foydalanish imkonini beradi. Bu kelishuvdan Eron orqali Afgʻonistonga oʻtadigan temir yoʻlini yotqizish loyihasi ham oʻrin olgan. U Hindistonning Xitoyga qarshi bir strategik gʻalabasi hisoblanadi. Hindiston Chaxbexardan 100 km. uzoqdagi Gvadar portiga sarmoya yotqizayotgan Xitoy bilan raqobatlashmoqchi”. Bu Eron prezidentining ochiq aytgan soʻzlaridan koʻrinib turibdi. Chunki u bu loyihalarning faqat iqtisodiy emas, balki siyosiy loyihalar ham ekanligini va Xitoyga qoʻshni mintaqadagi regional vaziyatga aloqasi borligini aytdi. Eron prezidenti bu loyihalarning biron mamlakatga qarshi qaratilmaganini ham aytdi. Lekin ularning bir mamlakatga qarshi qaratilgani zohiri va mafhumidan tushunilib turibdi! Chunki Eron prezidenti ularning faqat iqtisodiy emas, balki siyosiy va regional loyihalar ekanligini ham tan oldi. Hind bosh vaziri esa uchala davlat oʻrtasidagi bogʻlanishni, yaʼni uchalasi oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirish zarurligini va bunga sabab shu uch davlatga taalluqli gʻoyalar ekanini koʻrsatib oʻtdi.
Bu Hindiston-Eron loyihalaridan maqsad Oʻrta Osiyo respublikalariga kirib borish ekanligi ham eʼlon qilindi. Chunki Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif “Chaxbexar portini rekonstruktsiya qilishga oid Eron Islom respublikasi bilan Hindiston oʻrtasidagi bu strategik loyihani – bu portning Oʻrta Osiyoni Xitoy bilan bogʻlaydigan temir yoʻl, quruqlik va savdo yoʻllarini kuchaytirishda oʻziga xos roli borligi uchun – tezroq amalga oshirishga” chaqirdi. (Eroniy olam sahifasi 2016 yil 17 aprel). Hind tashqi ishlar vazirligi ham “bu kelishuv Chaxbexar portidan foydalanishni sezilarli ravishda yaxshilab, Afgʻonistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshadi va yaxshiroq regional bogʻlanishga yoʻl ochadi. Undan Hindiston va Afgʻoniston bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasidagi aloqalar ham oʻrin olgan” deb bildirdi. (Diplomatiya 2016 yil 18 aprel). Bu Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning 2016 yil 24 mayda oʻtkazilgan matbuot konferentsiyasida aytgan soʻzlaridan ham aniq tushunilib turibdi. Chunki u bunday dedi: “Chaxbexarda birgalikda sarmoya yotqizishimiz Hindistonni ishonchli yoʻl orqali Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan bogʻlashimiz imkonini beradi”. (Quartz India 2016 yil 24 may). “Hind hukumati yaqinda Chaxbexar portiga 100 million dollar qiymatida sarmoya yotqizish loyihasini maʼqulladi”. (Eroniy olam 2016 yil 2 iyun). Chaxbexar portining Ammon dengizida va Hind okeanida strategik ahamiyatga ega ekanligi hamda uning Oʻrta Osiyo davlatlari va Afgʻoniston uchun eng qulay yoʻl ekanligi aytilmoqda.
Uchinchi: Xitoy-Pokiston loyihasi:

Xitoy prezidenti Si Tszinьpin 2015 yil 20 aprelda Pokistonga kelib bu mamlakat bilan bir qator kelishuvlarni imzoladi. Kelishuvlarda qiymati 46 milliard dollar boʻlgan loyihalarni amalga oshirish koʻrsatilgan. Bu loyihalardan Pokistondagi Gvadardan Xitoy gʻarbidagi Shinjon (sharqiy Turkiston)gacha yotqiziladigan 3 ming km.li yoʻllar tarmogʻi oʻrin olgan. Bundan tashqari temir yoʻllar va quvurlar ham yotqiziladi. Bu loyihalar Xitoyning Hind okeaniga va uning ortidagi joylarga kirib borishini taʼminlaydi (Reyter). “Reyter” Pokiston parlamentidagi mudofaa komissiyasi raisi Mushohid Husayn Sayyidning quyidagi soʻzlarini keltirdi: “Pokiston hozir Xitoy uchun asosiy ahamiyatga ega. Shuning uchun bu muvaffaqiyat qozonishi kerak va biz uni muvaffaqiyat qozonadi deb bilamiz”. Baʼzi muxbirlar bunday yozishdi: “Bu Xitoyning Markaziy Osiyo va uning janubidagi iqtisodiy taʼsirini kuchaytirishga intilishlaridagi katta oldinga siljish hisoblanadi. Bu mablagʻ Qoʻshma Shtatlar Pokistonda sarflayotgan mablagʻdan ancha koʻpdir”. Oʻsha kuni Pokiston vaziri Ehson Iqbol Frans Pressga bunday deb bildirdi: “Albatta bu sarmoya yotqizishlar ulkan va haqiqiy loyihalardir. Ularning Pokiston iqtisodiga katta taʼsiri boʻladi”. Xitoy prezidenti esa Pokiston axborot vositalariga quyidagilarni aytdi: “Xitoy va Pokiston xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish uchun xavfsizlikka oid xavotirlar borasida harakatlarni birlashtirishga muhtojdir”. Xitoyning Pokistonda sarmoyalar yotqizishi boʻyicha 50 kelishuv imzolandi. Ulardan 30 kelishuv iqtisodiy koridorga taalluqlidir. Navoz Sharif esa quyidagilarni aytdi: “Sining Pokistonga kelishi ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalar tarixidagi bir burilish nuqtasi hisoblanadi. Xitoy bilan doʻstlik Pokiston tashqi siyosatidagi tamal toshidir”. Pokiston vaziri Husayn Mamnun esa quyidagilarni bildirdi: “Bu loyihadan 3 milliardga yaqin odam foyda koʻradi. Pokiston Xitoyga Gvadar portidan kelgusi qirq yil davomida foydalanishi uchun cheklangan huquqlarni berdi”. Yangi iqtisodiy koridorni himoya qilish uchun yangi kuchlardan 13000 harbiydan iborat bir armiya diviziyasi tuzildi. Xitoy esa Pokistonga maxfiy yadroviy yordamni koʻrsatadi va raketalarni beradi. Xitoy Pokistonga 2750 km. masofaga uchadigan yadroviy qudratga ega ballistik raketalarni ham beradi. Pokiston bosh vaziri yaqinda “Xitoy iqtisodiy koridori ustidan shaxsan oʻzi nazorat qilishini, bu koridor mintaqadagi millionlab aholining taqdirini oʻzgartirib yuborishi mumkinligini va bu iqtisodiy koridor butun mintaqani tezkor yoʻllar va temir yoʻllar tarmogʻi orqali bogʻlashini…” aytdi. (Pokiston rasmiy axborot agentligi, 2016 yil 12 iyul).
Bu iqtisodiy ish Xitoyni oʻzining Pokiston bilan boʻlgan aloqalariga ahamiyat berishga tortadi. Chunki Pokiston shunga zoʻr berib intilyapti va Xitoyni mana shu iqtisodiy loyihalar bilan qiziqtirishga harakat qilyapti. Pokiston Xitoyning shu loyihalarga ulkan mablagʻlarni sarflashiga erishib uni shu burchakda band qilib qoʻymoqchi. Bu bilan Pokiston oʻz xoʻjayini Amerikaga xizmat koʻrsatgan boʻladi. Chunki Amerika Xitoyni qurshov va iskanjaga olib uni oʻzi bilan raqobatlashishiga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilmoqda. Amerika Xitoyni Janubiy Xitoy dengizi ustidan nazorat oʻrnatishdan imkoni boricha yiroqlatib, band qilib qoʻyishga harakat qilyapti. Bu ish Amerika uchun muhimdir. Chunki Amerika Xitoyning Janubiy Xitoy dengizi ustidan nazorat oʻrnatishga boʻlgan urinishlariga toʻsiq qoʻyishda bor kuchini sarflab kelyapti. Chunki Xitoy oʻz nazoratini oʻrnatsa orollarni kengaytirib ularda aerodromlarni va portlarni quradi. Shundan keyin Xitoyning orollardan iborat arxipelag ustidan hukmron boʻlib olishi tabiiy boʻlib qoladi. Maʼlumki bu arxipelagda 250ga yaqin orol bor. Amerika Xitoyni bu bilan band boʻlib qolishdan yiroqlatib uni qiziqtiradigan loyihalar sari burib yubormoqchi. Xitoy oʻzi uchun hech bir qiymati yoʻq orollardan koʻra foydaliroq deb bilishi uchun loyihalar ana shunday qiziqtiruvchi boʻlishi kerak! Shuning uchun demak hindlarning Bxarata porti va 60 mil masofada bir-biriga yaqin ikki porti sari yoʻnaltirilgan Hindiston-Eron-Afgʻoniston loyihalari muqobilida Pokistonning Gvadar porti sari yoʻnaltirilgan Pokiston-Xitoy loyihalari Xitoyni shu mintaqada band qilib qoʻyadi… Maʼlumki Pokistondagi Gvadar porti va Erondagi Chaxbexar porti mintaqa uchun strategik geografik va geosiyosiy ahamiyatga ega. Ikkala portdan har biri xalqaro dengiz yoʻliga va neft savdosiga nisbatan ham ahamiyatga ega. Janubiy Osiyo boʻyicha ekspert Adam V Larki mazkur loyihalar bitimlarining siyosiy tabiatini bunday deb koʻrsatib oʻtdi: “Xitoyning Gvadardagi roli hajmi va maqsadini Hindistonning Chaxbexardagi roliga albatta solishtirib boʻlmaydi. Lekin amerikaliklar Hindistonning Xitoyning kengayish fikriga toʻsiq qoʻyganidan xursand boʻlishmoqda”. (Qoʻshma Shtatlar Chaxbexar porti boʻyicha Hindiston bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimni qoʻllab-quvvatlamoqda. Chunki bu bitim Xitoy bilan Pokiston oʻrtasidagi Gvadar loyihasini qamalga oladi. Firstpost.com, 2016 yil 26 may). Shunday qilib demak Amerika Xitoyga Pokiston bilan tuzilgan mana shu loyiha orqali taʼsir oʻtkazmoqchi. Chunki 46 milliard dollar sarf-xarajat ketadigan Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori loyihasi amalga oshsa u Xitoy uchun bamisoli yurak oʻrnida boʻlib qoladi. Bu esa Xitoyning bu loyihadan osonlik bilan voz kechmasligini anglatadi. Natijada Xitoy bu loyiha bilan band boʻlib qolib, Janubiy Xitoy dengizi kabi yanada ahamiyatliroq boʻlgan boshqa mintaqalarga qoʻli boʻshamay qoladi…
Amerika bu mintaqadagi davlatlarni Xitoyga qarshi gijgijlashga ham harakat qilmoqda. Ana shu davlatlardan biri Filippindir. Filippin Xitoy bilan talashayotgan nizoli orollar boʻyicha xalqaro sudga murojaat qildi va bu sud Filippin foydasiga hukm chiqardi. Gollandiyaning Gaaga shahridagi doimiy xalqaro arbitraj sudi 2016 yil 12 iyulda bir qaror chiqarib unda quyidagilarni eʼlon qildi: “Xitoyning toʻqqiz nuqta chizigʻi ichkarisidagi dengiz mintaqasidagi resurslar ustidan tarixiy huquqi borligini talab qilishi qonuniy asosga ega emas. Xitoy Filippinning baliq ovlash, neft qazib olish, sunʼiy orollarni qurish ishlariga aralashish orqali hamda xitoylik ovchilarni ana shu mintaqada ov qilishdan man qilmaslik orqali Filippinning cheklangan iqtisodiy mintaqasidagi suverenitet huquqini poymol qildi”. Xitoy bu eʼlon qilinishi bilanoq darhol oʻzining rasmiy axborot agentligi “Sinьxua” orqali quyidagilarni taʼkidladi: “Xitoy bu sud qarorini qabul qilmaydi va tan olmaydi”. Xitoy tashqi ishlar vazirligi ana shu eʼlondan keyin “Bu hukm asossizdir, u majburiyat yuklaydigan hech qanday kuchga ega emas” deb bildirdi. Balki vazirlik: “Bu Xitoy bilan nizoni hal qilish ham emas, Janubiy Xitoy dengizida tinchlik va barqarorlikni saqlash ham emas, aksincha iflos maqsaddir” deb bildirdi. Shundan keyin Xitoy prezidenti Si Tszinьpin “Oʻzining mamlakati xalqaro sud hukmiga tayanadigan hech qanday taklifni yoki ish yuritishni aslo qabul qilmasligini” bildirdi. Shunda Amerika darhol bu sud qarorini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi va oʻzining davlat departamenti vakili Jon Kirbi orqali “Bu qaror Xitoy va Filippin uchun qonuniy jihatdan uzil-kesil va majburiy qarordir, u Janubiy Xitoy dengizidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga erishish borasidagi mushtarak maqsadga katta hissa qoʻshadi”, deb taʼkidladi va “Hamma tomonlarni bu qarorga amal qilishga va provokatsiya mazmunidagi bayonotlarni berishdan yoki provokatsiya ishlarni amalga oshirishdan tiyilishga” chaqirdi. (DPA, AFP, 2016 yil 12 iyul).

Toʻrtinchi: yuqoridagi narsalardan savolda kelgan masalalar javoblari quyidagi tarzda aniq boʻladi:

a) Hindiston, Eron va Afgʻoniston oʻrtasida hamda Pokiston va Xitoy oʻrtasida yuzaga kelgan iqtisodiy ishlar faqat iqtisodiy ishlar boʻlib qolmay, balki ulardan siyosiy maqsadlar ham koʻzlangan. Ayniqsa Xitoydan tashqari bu davlatlarning barchasi Amerika siyosatiga tobe boʻlgani uchun bu ishlardan siyosiy maqsadlar ham koʻzlangan.

b) Amerika Hindistonga Xitoyga qarshi turish rolini berdi. Amerika Hindistonning yadroviy qudratini kuchaytirishga harakat qilganidek hind iqtisodini kuchaytirishga ham harakat qilmoqda. Chunki shunda Hindiston ana shu rolni oʻynay oladi. Amerika Hindistonni Eron bilan quvvatlamoqda va unga Eronda sarmoya yotqizish eshiklarini ochib bermoqda. Amerika Eron iqtisodini kuchaytirishga ham harakat qilmoqda. Chunki shunda Eron yuz tuban qulamaydi va oʻziga bu mintaqada Amerika tomonidan yuklangan rolni oʻynashda davom etaveradi. Amerika oʻzining Afgʻonistondagi nufuzini himoya qilish uchun Hindistonga Afgʻonistonda rol oʻynash vazifasini topshirdi. Eron ham Amerikaning Afgʻonistondagi nufuzini mustahkamlamoqda. Shu maqsadda Hindiston va Eron Amerika bosib olgan Afgʻoniston iqtisodini qoʻllash va unga dengiz portiga chiqish yoʻlini ochib berish uchun harakatga keldi.

v) Amerika Pokistonni Xitoy bilan aloqalarni kuchaytirishga ragʻbatlantiryapti. Chunki shunda Xitoyni Janubiy Xitoy dengizi ustidan oʻz nazoratini oʻrnatish ishlarini kengaytirishdan yiroqlatadigan loyihalar bilan qiziqtiradi. Ayni vaqtda Amerika bu dengiz havzasidagi davlatlarni Xitoyga qarshi gijgijlab, Xitoyga muammolarni va qiyinchiliklarni tugʻdirmoqda. Bu muammolarning oxirgisi Gaaga xalqaro arbitraj sudi tomonidan chiqarilgan siyosiylashgan qarordir.

g) Amerika Oʻrta Osiyo mintaqasini ham nishonga olmoqda. Chunki Amerika bu mintaqani Pokiston bilan hamkorlik qilishga tortishga harakat qilmoqda va Xitoy quradigan iqtisodiy koridor orqali dengiz portiga chiqish manfaatlari bilan bu mintaqani qiziqtirmoqda. Chunki bu bilan Amerika bu mintaqa hokimlarini oʻzining malayi Pokiston manfaatlari bilan bogʻlab qoʻyishga erishadi va ana shundan keyin ularning Pokiston bilan boʻlgan aloqalaridan hamda ularning Pokistonda manfaatlari borligidan foydalanib ular bilan bogʻlanishga erishadi. Natijada ularni sotib oladi. Bu bir tomondan shunday. Boshqa tomondan esa uchlik (Eron, Hindiston va Afgʻoniston) loyihasidan koʻzlangan maqsadlardan biri Oʻrta Osiyoga kirib borishdir. Buni eronlik va hind masʼullar ochiq aytishdi. Amerikaga malay bu davlatlar orqali Oʻrta Osiyoga kirib borish esa hech shubhasiz Amerika manfaatlariga xizmat qiladi. Chunki bu bilan u yerdagi rus nufuzini siqib chiqarish uchun Amerikaning bu mintaqadagi nufuzi mustahkamlanadi.

Beshinchi: oxirida shuni aytamizki, bu mintaqa yuzlab yillar davomida Islomiy Xalifalik davrida Islom boshqaruvi ostida boʻlib kelgan edi. Bu mintaqadagi Ipak yoʻli va barcha savdo yoʻllari, portlar Xalifalik davlati nazorati ostida edi. Savdogarlardan asosiy koʻpchiligi musulmonlar boʻlib, ular u yer, bu yerdan savdo mollarini olib borishar hamda Islomga daʼvatni yetkazishar edi. Buning natijasida millionlab odamlar Islomga kirgan edi. Ular keyinchalik koʻpayib yuzlab millionlarni tashkil qiladigan boʻldi. Yaqinda bu mintaqa Alloh izni bilan yana oʻsha holiga, balki undan ham yaxshiroq holga qaytadi. Oʻshanda hokimiyatda qolishlari, oʻzlarining chirigan fasod rejimlarini va tor milliy manfaatlarini saqlab qolishlari evaziga Amerikaga xizmat qilayotgan, Amerika buyruqlarini bajarayotgan malaylar qolmaydi. Ertangi kun esa uni kutayotgan uchun yaqindir.

“Alloh Oʻz ishida gʻolibdir. Lekin odamlarning koʻplari (buni) bilmaydilar” [Yusuf 21]

16 shavvol 1437h

21 iyul 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.