Binali Yildirim: Suriya oʻtish jarayonida Asadning oʻrni boʻlishi mumkin
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Istanbulda xorijiy OAV (ommaviy axborot vositalari vakillari) va chet tilida xabar tarqatadigan mahalliy OAV vakillarini qabul qildi. Yigʻilish 2 soatga yaqin davom etdi. Yildirim yigʻilishda Suriya oʻtish jarayonida prezidenti Bashar Asadning ham oʻrni boʻlishi mumkinligini, lekin mamlakatning kelajagida esa aslo oʻrni yoʻqligini bildirdi.
Reyters va Frans-Press axborot agentliklari tarqatgan xabarlarda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning jumladan shunday soʻzlari keltiriladi:
– Amerika Qoʻshma Shtatlaridan Gulanni ekstraditsiya qilish jarayonini tezlashtirishni talab qildik.
– AQSh bizning dushmanimiz emas, balki strategik hamkorimizdir.
– Turkiya kelajak 6 oy ichida Suriya masalasida yanada faol rol oʻynaydi.
– Suriyaning etnik asosda boʻlinib ketishiga yoʻl qoʻymaymiz. Bu Turkiya uchun juda muhim ahamiyatga ega.
– Asadning oʻtish jarayonida oʻrni boʻlishi mumkin, lekin mamlakatning kelajagida esa aslo uning oʻrni yoʻq.
– Eron, Koʻrfaz davlatlari, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya davlatlari Suriya masalasiga yechim topish uchun hamkorlik qilishi mumkin.
Turkiya bosh vazirining oʻrinbosari Nuriddin Chanikli ham kelgusi kunlarda Turkiya-Suriya munosabatlari rivojlantirilishini bildirdi.
Chanikliga koʻra, kelgusi kunlarda Turkiya va Suriya oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyati paydo boʻladi va bu Suriya xalqi va hukumati bilan amalga oshiriladi.
Turkiston:
AQSh boshchilik qilayotgan olamiy kufr sistemasi Rossiya, Eron, Turkiya, Saudiya kabi mamlakatlar bilan yashirin bitim ostida harakat olib boryapti. Ular Suriya hududidagi tinch aholini va boshqa jangchi quvvatlarni bombardimon qilishlarida ham, AQSh chizib bergan yoʻnalish xaritasi boʻylab harakatlanishyapti.
Maqsadlari ham bir va oʻzaro muvofiqlashtirilgan. Yaʼni, “Shomda borayotgan islomiy, mabdaʼiy, inqilobiy, mafkuraviy ommaviy yoʻnalishga barham berish koʻzda tutilgan”. Kufr sistemasi inqilobni, qurolli qoʻzgʻalonga aylantirib olish uchun juda qattik matbuot kurashi olib bordi. Endi bu qurolli qoʻzgʻalonchilarga oʻzi barham bermoqchi. Lekin ularning muammolari shundaki, qurolli qoʻzgʻalonlchilarni bahona qilib, tinch aholi vakillarini bir qismini muhojirlarga aylantirib, chet mamlakatlarga chiqarib yuborgan boʻlsa, yana bir qismini qirib yuborayapti. Lekin shunga qaramasdan, Suriya xalqini inqilobiy islomiy ruhini sindira olishmadi. Jenevadagi shartnomalarning barchasi muvoffaqqiyatsizlikka uchradi. Yaʼni ular Suriyadagi islomiy muhitni sindirib, musulmonlarini oʻz tomonlariga ogʻdira olishmadi.
Ular Shom xalqini mafkuraviy, inqilobiy ruhini sindira olishmagani bois Suriyani bir necha boʻlaklarga boʻlib, har biri mazkur boʻlingan qimslarni otaliqqa olish orqali bosib olishmoqchi boʻlishayapti. Shuningdek, Ular bu hududlarda oʻzlari vayron qilgan shahar va qishloqlarni qaytadan tiklab berish bilan musulmonlarni avvalgi ishonchlarini qozonib olishga harakat qilishmoqchi.
Hozirda kufr olami mafkuraga qarshi harbiy kuch ishlatib yana bir marta magʻlub boʻlganiga guvoh boʻlib turibmiz. Shu kunlarda hatto Xitoy ham bu kufr karvoniga qoʻshilish ishtiyoqida ekanini bildirib, Asadni himoya qilish tashabbusi bilan oʻrtaga chiqdi. Bu ham yuqoridagi fikrimizni quvvatlaydi. Chunki Xitoy Suriyada inqilobiy harakatlar boshlanish vaqtida u yerga juda katta loihalar boshlagan va investitsiya yotqizgan eng yirik davlatlardan biri edi.
Kufr olami Suriyani oʻlja singari boʻlishtirib olish haqida fikrlashyapti. Lekin ularning bu harakatlari oʻzlari uchun oʻta xavfli vaziyatlar paydo qiladi. Chunki kufr olami Shom musulmonlarini oʻta xorlab yuborishdi. Ular endi makkorlik qilib yana avvalgidek hamkor holatiga qayta olishmaydi. Saudiya, Turkiya, Eron singari islomiy yurtlar Islomni niqob qilib, kufrning bu yurtdagi qadamlarini yana ham mustahkamlab berishga harakat qilishmoqda. Lekin endi ularning makrlarining ish berishi juda qiyin. Zulm haddan tashqari kuchayib ketdi. Islomni niqob qilib olgan islomiy oʻlkalardagi hukumatlar esa, zulmni oldini olish oʻrniga zolimlar bilan hamkorlik qilishyapti. Endi kufr olami Shomga yigʻilishsa, u yerda Islom bilan kufr oʻrtasida haqiqiy kurash boshlanadi. Ular uchun Afgʻonistondagi achchiq magʻlubiyatlari bir “holva” boʻlib qoladi insha Alloh.