Matbuotning roli

460
0

Matbuotning roli

Dunyoda insonlarga nisbatan ikki standartli koʻzqarashning paydo boʻlishida va uni yashirin holatda saqlab turilishida matbuotning roli.

Maʼlumki, kufr sistemasi dunyoda ikki yoki undan ham koʻproq standartli koʻzqarash va munosabatlar paydo qilib olgan. Suriyadagi qirgʻinlar, ayollar va bolalarning qatliomm qilinayotganini butun dunyo koʻrib turipti. Lekin “butun dunyo hamjamiyati bu qirgʻinbarotga IShID yoki boshqa “islomiy terrorchi”lariga qarshi kurashyapti, bularni yoʻq qilishmasa boʻlmaydi”, degan fikr ustuvorligi mavjud. Begunoh bolalarning oʻlimini esa, “bu vahimalarni yoʻq qilish uchun arzigulik qurbonlik”, deb tushunib qolinyapti. Hatto islomiy yurtlarning siyosatchilari ham, bu qirgʻinlarda qandaydir islomiy harakatlar aybdor deb bilishadi. Bu fikrni aynan olamiy kufr matbuoti yetakchilik qilib kelayotgan globallashgan axborot markazi paydo qilyapti. Hozirda “Islomiy radikalizm va terrorizmdan kelayotgan xavf xatarlarni oldini olish muammosini hal qilishimiz kerak” deyishib, dunyoning har bir mamlakatida shu muammoni koʻtarishyapti.

Bu globallashgan matbuot tizimi olamiy kufr sistemasining qoʻlidagi eng quvvatli quroli boʻlib hisoblanadi. Kufr sistemasi matbuot tizimini manapoliya qilib oldi. Butun axborot vositalarini oʻz manfaati va dunyoqarashi asosida chegaralab, shu chegara ichida erkin faoliyat olib borishlariga ruxsat beradi. Hatto kufr axborot tizimining birortasi ham Suriyadagi qatliom haqiqatini izohlab, matbuotdan chiqara olmaydi. Faqat AQSh Rossiyaga qarshi matbuot urushi ochgandagina, unga qarshi shu Suriyadagi qirgʻinbarotlar material sifatida ishlatilishi mumkin.

Islom olamining, yaʼni musulmonlarning manfaatlari yoʻlida ishlatilishi mumkin boʻlgan rasmiy matbuot tarmogʻi yoʻq. Birorta bir islomiy matbuot sayti paydo boʻlib, musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan zulmlarni yorita boshlashi bilan, uni terroristik yoki ekstremistik deb, yopib yuborishayapti. Vaholangki ular bor haqiqatni koʻrsatishmoqchi boʻlishgan axborot vositalaridir. Norasmiy barcha islomiy saytlarni ham terroristlar roʻyxatiga kiritishadi.

Yosh bolalarning hammasi begunoh hisoblanishadi. Lekin mavjud olamiy boshqaruv sistemasi oʻz farzandlariga shu darajada kuchli eʼtibor qaratishadiki, hatto u bolalarning oʻz xonalari mavjud boʻlmasa va bolalarga xos alohida sharoitlar yaratib berilgan boʻlmasa, ota onalarini javobgarlikka tortishlari mumkin. Lekin, ularning farzandlariga shu sharoitlarni yaratib berish imkoniyatlarini paydo qilib bergan kim?! Mustamlaka davlatlardan oqib kirib kelayotgan energetik va boshqa xom ashyolar emasmi! Oʻsha koʻchalarda och qolib, tosh ustida uxlab, ota onalari oʻlgan yetimlarning haqqi emasmi!

Lekin kofirlardan umid qilishimizning oʻzi ahmoqlik. Biz ham oʻz matbuot markazimizni barpo etishimiz kerak. Mayli kichikroq, zaifroq va rasmiy boʻlmagan holatda boʻlsa ham. Biz musulmonlar, avval kofirlarning ustimizda olib borishayotgan nayranglarini tiniq tushunib olishimiz lozim. Ular Islomga qarshi urush ochishgan. Faqat Islom va musulmonlardan qoʻrqishayotganini yashirish maqsadida bu urushni roadikallarga, terroristlarga, ekstremistlarga qarshi urush, deb yolgʻon aytishyapti. Bu yolgʻonlariga bizni ishontirish uchun butun matbuot mashinasini ishga solishdi. Hatto ulardan ozuqalanadigan bizlarning matbuot tarmoqlarimiz ham, siyosatchilarimiz ham ular tomoniga oʻtib olishdi. Ikki gaplarining birida, “terrorizm xavfini oldini olishimiz kerak” deyishadi. Lekin Suriyadagi bolalarning oʻlib borayotgani haqida biror maqola yozish u yoqda tursin, faqat tarqatib qoʻyishni ham ekstremizm deb baholashadi.

Bizning islomiy matbuot tarmogʻimiz butun dunyo musulmonlarini toʻgʻri tomonga yoʻnaltirish asosida ish olib borishga qaratilishi kerak. Kufrning ikkiyuzlamachi va ikki standartlikka asoslangan boshqaruv sistemasining makrlarini fosh qilib, ularga sof islomiy, mabdaiy dunyoqarashlarini qaytadan shakllantirishga harakat olib borishimiz vojib. Bu ish odamlarga matbuot orqali, kufrning matbuotining iflos harakatlarini va yolgʻon bayonotlarini fosh qilish bilan va ularni oʻrniga shariatga muvofiq adolatli va rost bayonotlar tarqatish bilan amalga oshadi.

Ummatga shuni aytamizki, kofirlar yuz minglagan farzandlarimizni qirib yuborishyapti. Biz Allohning oldida albatta bu ishlardan soʻralamiz. Islomiy yurt hokimiyatlarini bu urush holatidagi kufr mamlakatlarga boʻlgan munosabatlarini shariatga muvofiq olib borishga undamaganimiz uchun, Musulmonlar armiyalariga sharʼiy majburiyatlarini eslatib, kufrga qarshi yoʻnalishga undamayotganimiz uchun, olimlarimizni ummatning kufr (dorul harb)ga qarshi muomilasi qanday boʻlishi kerakligini bayon qilib berishmayotganiga qarshi muhosaba qilmaganimiz uchun hisob beramiz.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, kufr olami matbuot vositasida bizlarni uxlatibgina qolmay, terrorist, ekstremist, radikal degan atamalar bilan atab, musulmonlarni maʼlum qismini shunga ishontira oldi. Endi ular oʻz navbatini kutib, “terroristlarni qatl qilayapti”, deb xotirjam yashashayapti. Yuz minlagan yosh goʻdaklarning qatl qilinishini kufrning matbuoti eʼlon qilmayapti. Biznikilar esa, faqat kufrning matbuotiga tayanib qolishgan. Ular bergan matbuot bilan dunyoni koʻrishadi, saqofatlanishadi, taʼsirlanishadi. Biz esa ummatni kufrning matbuot va saqofat changaliga tashlab qoʻydik.

Abdurrazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.