Ey islomiy armiyalar!

502
0

Halabdagi ayollar va goʻdaklarning qirgʻinga, ochlikka uchrayotgani ularni mudofaa qilishga kirishishingiz uchun kifoya qilmaydimi?!!!

Bir haftadan oʻtdi, Halab sharqida musulmonlar Asad va rus kuchlarining vahshiyona qamaliga duch kelmoqdalar. Taʼriflashga til ojizlik qiluvchi bu qamal ichida 300.000dan ziyod aholi bor, ularning 60 %i ayollar va bolalardir. Ulardagi mavjud tibbiy yordamlar, suv va yemish tobora tugab bormoqda. BMTga koʻra, oziq ovqat zapaslari bir necha haftaga yetishi mumkin, xolos. Tugab boʻlganda esa, bu shahar ham qonxoʻr rejim qamalida qolgan Madaya kabi boshqa shaharlar qatori ochlikka duch kelishi mumkin. Yordam ishchilaridan birining Britan radiosiga aytishicha – u Suriya ahlidan boʻlib, Halabda yashaydi – qamal boshlangandan buyon oziq ovqat shu darajada oz qolganki, beshta nonni oʻn kishidan iborat bitta oila ikki kunga yetkazib yemoqdalar… Buning ustiga, bir tomondan Asad kuchlari, ikkinchi tomondan rus kuchlari bombardimon qilib, ayollar, bolalar, emizikli goʻdaklarni tinmay qiryapti, shahar infratuzilmasini vayron qilishga, aholisini butunlay yoʻq qilishga urinyapti… BMTga koʻra, 23-24 iyul kunlari havo hujumi orqali Halab sharqida 4ta kasalxona va bitta donor markazi vayron etilgan. Soʻnggi kunlarda 12 soat orasida shaharda ishlab turgan bittayu bitta bolalar kasalxonasiga ikki marta havo hujumi qilingan, tugʻuruqxona ham havo hujumiga uchrab, bir necha qurbonlar va jarohatlanganlar boʻlgan.

Bugun Halabda musulmonlarning qahramon ayollari va bolalari oldida amri mahol tanlovlar vujudga keldi: yo shaharda qolib, qirgʻinga va ochlikdan asta sekin oʻlishga duchor boʻlish yoki shahardan qochib chiqishga urinib, Asadning snayperlari nishoniga duch kelish… Shunday boʻlsa-da, shuncha ayanchli mashaqqatlarga qaramay, mard muslimalar Halab koʻchalariga chiqib, mujohidlarni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlar qilmoqdalar, qonxoʻr rejim snayperlariga parvo qilmayaptilar, Ummatni himoya qilmoqchiliklarining ifodasi sifatida, “Ummat vakili sifatida Halab jangga kirdi”, deya yozilgan plakatlarni koʻtarib chiqmoqdalar, chunki islomiy armiyalar oʻz zimmalaridagi mudofaa burchlariga parvo qilmayapti! Halab bolalari qoʻrqmasdan koʻchalarga chiqib, rezina balonlarni yoqmoqdalar, qora tutun paydo qilib, dushman sodir etayotgan bombardimonlarga xalaqit berishga urinmoqdalar, chunki ularni mudofaa qilishga qasamyod qilganlar kazarmalarda biqsinib yotishni afzal koʻrishdi!

Shuning uchun biz har bir qoʻmondon, har bir zobit, har bir askarga bunday savollar beramiz: Ochlik va qirgʻin Halabida bolalar va emizikli goʻdaklar qirilayotganda siz nima qilyapsiz?! Nega ularni bu ahvolda tashlab qoʻydingiz?! Himoya qiluvchi armiyalar boʻla turib, shu bolalarning mudofaa ishlari bilan shugʻullanayotganlarini qanday qabul qilib boʻladi?! Alloh Subhanahu va Taolo gardaningizga farz yuklagan, u haqda qiyomat kuni albatta javob berasiz! Besh yildan buyon, hanuz muborak Shom zaminini qatli om sahnasiga aylanganini, bu sahnada minglab aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz jon berganlarini tomosha qilib, qimir etmadingiz! Besh yildan buyon, hanuz Suriyada opa-singillaringiz Asad koʻppaklarining tahqirlari sababli qilayotgan faryodini, nobud boʻlgan bolalari va qarindoshlari uchun yigʻlayotganlarini miq etmay eshityapsiz! Besh yildan buyon, hanuz suriyalik goʻdaklarning havo hujumlarida tiriklayin dafn etilayotganini yoki tirik qolish uchun mushuk va kuchuklar yeydigan miqdorda yemish yeyayotganini qimir etmay tomosha qilyapsiz! Ularga nusrat-yordam berishga eʼtiborsizlik qilganingiz uchun ertaga Haq Subhanahu va Taolo huzurida nima deb javob berasiz?! Biz sizni zudlik bilan shu aka-ukalaringiz va opa-singillaringiz chaqirigʻini qabul qilib, ularning xaloskorlariga aylanib, bu dunyoda kuch-qudratga, oxiratda Robbingiz rizosiga, goʻzal mukofotiga noil boʻlishingizga daʼvat qilyapmiz. Biz sizni Xalifalik davlatini barpo etishda Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishingizga chaqiryapmiz, chunki u Rosululloh Aning minhojlari asosidagi roshid Xalifalik davlatidir. Bu davlat yer yuzidagi barcha musulmonlarni, ularning zaifhollarini ozod etishingiz va mudofaa qilishingiz, shu orqali Islom himoyachilariga aylanishingiz uchun zudlik bilan islomiy armiyalarni oyoqqa turgʻizadi! Alloh Taolo bunday demoqda:

وَمَا لَكُمْ لاَ تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاء وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَـذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا

“Sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida va “Robbimiz, bizni egalari zolim boʻlgan bu shahardan ozod qil va bizga oʻz huzuringdan bir doʻst bergin, bizga oʻz huzuringdan bir nusrat-yordamchi qilgin”, deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat boʻlgan zaifhollar yoʻlida jang qilmayapsiz?!” [Niso 75]

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti mudirasi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.