Maktabdan mehnat muhojirligiga tayyorgarlik

487
0

 Qirgʻiziston maktablarida boʻlgʻusi mehnat muhojirlari darajasini yaxshilash uchun yuqori sinf oʻquvchilari uchun texnik taʼlim darslarini kiritish moʻljallanmoqda. Bu haqda Qirgʻiziston migratsiya xizmati rahbari oʻrinbosari Almazbek Asanbayev matbuot-anjumanda aytib oʻtdi.

 Uning aytishicha, ushbu dastur Qirgʻiziston taʼlim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilmoqda. “Pul topgani xorijga koʻpincha maktab bitiruvchilari ketishi hisobga olinsa, ular biror kasbga ega boʻlmaganliklari ularga pand beradi. Shuning uchun yuqori sinflar oʻquvchilari oʻrganadigan biror texnik mutaxassislik boʻlishi kerak”,- dedi Asanbayev.

 U ishlash uchun misol qilib Yaqin Sharq davlatlarini keltirdi. Bu davlatlarda kichik tibbiy xodimlar yetishmaydi.

 “Bizning mehnat muhojirlarimizning yarmi yoshlar va ulardan 14 foizi qizlar ekanligini hisobga olib, biz qizlar bunday davlatlarda hamshira boʻlib ishlay olishlari uchun ularni hamshiralik ishiga oʻqitishni taklif qilmoqdamiz. U yerda hamshiralarning oyligi 1500-2000 dollarni tashkil qiladi. Shifokorlar kabi bilimli, madaniyatli odamlar orasida ishlash idish-tovoq yuvishdan ancha yaxshiroqdir”,- deb aytdi Asanbayev.

 Asanbayev vazirlik mehnat muhojirlarini Qirgʻizistondan ishga bunday joʻnatish yoʻnalishi rivojlantirilayotganini aytdi.

 “Bu ishchi kuchining marketingi deb ataladi va biz uning yordamida nafaqat anʼanaviy Rossiya, Qozogʻiston bilan, balki Yaponiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaqin Sharq davlatlari – Bahrayn, Qatar, BAA bilan ishlamoqchimiz”,- deb oʻz soʻzlarini yakunladi Asanbayev.

Turkiston: 

Bu voqeʼga moslashuvchi pissimistik fikrlash boʻlib, yuqoriga intilishni inkor qiluvchi reaktsion maqsaddan kelib chiqqan. Albatta mavjud olamiy sistema Qirgʻiziston kabi mustamlaka davlatni rivojlvnishi uchun sharoit yaratib bermaydi. Lekin shunga qaramay, kullikka rozi boʻlish pozitsiyasini egallash toʻgʻri emas. Insoniyat doim yuqoriga intilib yashash kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.