Putin Yevropa va AQShni Ukrainaga taʼsir qilishga chaqirdi

767
0

Putin Yevropa va AQShni Ukrainaga taʼsir qilishga chaqirdi

RIA “Novosti” axborot agentligi xabar qilishicha, prezident Vladimir Putin Qrimda teraktlarning oldi olinishiga izoh berib, Yevropa va AQSh Ukraina rahbariyatiga taʼsir qilish uchun aniq qadamlar qabul qilishi kerakligini aytdi.

“Oʻylashimcha, hammaga ayonki, bugungi Ukraina rahbariyati muammoni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish usullarini qidirmay, balki terrorga oʻtmoqda. Bu juda xavotirli holat”, -dedi Putin.

Avvalroq, 10 avgustda Putin Qrimda teraktlarni amalga oshirishga urinishni ahmoqona va jinoyatkorona aktsiya boʻlganini aytgandi va qoʻporuvchilikning oldini olishda ikki rossiyalik harbiyning oʻldirilishini eʼtiborsiz qoldirmaslikka vaʼda bergandi.

10 avgustda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrimda Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlangan teraktlarning oldi olinganini maʼlum qilgandi. Taʼkidlanishicha, “yarimorol infratuzilmasi va hayotiy taʼminotining muhim elementlari” nishonga olingan boʻlgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.