بسم الله الرحمن الرحيم
HAQIQAT KERAKMI, JIDDIYMISAN? (2)
Birinchi haqiqat Alloh Taoloning borligi; U butun Koinotning egasi boʻlib, aqlni asos qilish sharti bilan, unga egalik qilishda hech kim U Zotdan talashmaydi yoki sheriklikni daʼvo ham qilolmaydi, balki bu haqiqatni tan oladi va unga ishonadi. Chunki uning dalili oʻzida mujassam boʻlib, har bir oqil uni “aql koʻzi” bilan koʻrib turadi. Ammo uni inkor qilgan ahmoqlar tarixda boʻlgani kabi xozirda ham bor. Buni shunday tushunamiz: siz egalik qilayotgan uyni boshqa birov talashishi mumkin. Kachonki uy sizga qarashlik ekaniga hujjat keltirsangiz, shunda uni talashgan odam oʻzini ahmoqlik qilganini tan oladi, hech boʻlmaganda quruq daʼvosidan tiyiladi. Shunga oʻhshab Koinot egasini tan olmasdan, oʻzlari boshqa narsaga(m:but-sanamlarga) nisbat berganlarni naqadar ahmoq ekanini, ular bitta chivinni ham yarata olmasligini, hatto chivin ulardan torib olgan narsani ham saqlab qololmasliklarini, yaʼni ularning daʼvolari ahmoqlik ekanini aqliy dalil bilan Alloh Taolo bayon qilgan:
يَاأَيُّهَا النَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌ فَاسْتَمِعُوا لَهُ إِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا
وَلَوْ اجْتَمَعُوا لَهُ وَإِنْ يَسْلُبْهُمْ الذُّبَابُ شَيْئًا لَا يَسْتَنقِذُوهُ مِنْهُ ضَعُفَ الطَّالِبُ وَالْمَطْلُوبُ
“Ey insonlar, bir masal aytilgandir, bas unga quloq tuting: Aniqki, sizlar Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan butlar agar barchalari birlashganlarida ham bir chivin yarata olmaslar, agar chivin ulardan biron narsani tortib olsa, uni (oʻsha chivindan ham) qutqarib ola bilmaslar. (Demak oʻsha butlardan hojatini) ravo qilishni soʻraguvchi (mushrik) ham, soʻralguvchi (butlar) ham nochor-notavondir”. [22:73]
Yoki ilohlikni daʼvo qilgan podshoh Namrud Ibrohim alayhis-salomga: “Sen bizlarni daʼvat qilayotgan Parvardigoring qanday zot?” deganida Ibrohim paygʻambar aytdilar: “Parvardigorim oʻz bandalariga jon berib, jon olguvchidir”. Shunda Namrud: “Bu mening ham qoʻlimdan keladi”, deb ikki kishini keltirdi-da, birini oʻldirib, yana birini qoʻyib yubordi. Ibrohim alayhis-salom uning ahmoqligini koʻrgach, dedilar: “Mening Parvardigorim quyoshni sharqdan chiqaradi. Agar sen chindan ham qudrat egasi boʻlsang, uni gʻarbdan chiqargin-chi?!” Ana shundagina Namrud javob topolmay lol boʻlib qoldi, yaʼni Alloh Taoloning “hujjati” boʻlmish Yer kurrasini aylanishiga oʻzgartirish kiritishni talab qilib, uning daʼvosi ahmoqlikdan boshqa narsa emasligini dalillab bergan:
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِي حَاجَّ إِبْرَاهِيمَ فِي رَبِّهِ أَنْ آتَاهُ اللَّهُ الْمُلْكَ إِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّي الَّذِي يُحْيِي وَيُمِيتُ قَالَ أَنَا أُحْيِي وَأُمِيتُ قَالَ إِبْرَاهِيمُ فَإِنَّ اللَّهَ يَأْتِي بِالشَّمْسِ مِنْ الْمَشْرِقِ فَأْتِ بِهَا مِنْ الْمَغْرِبِ فَبُهِتَ الَّذِي كَفَرَ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ
“Alloh podshohlik berganidan hovliqib Ibrohim bilan Parvardigori haqida talashgan kimsaning (Namrudning) holi-xabarini bilmadingizmi? Qaysiki Ibrohim: “Parvardigorim tiriltirib, oʻldiradigan zotdir”, deganida, u: “Men (ham) tiriltiraman va oʻldiraman”, dedi. Ibrohim aytdi: “Albatta Alloh quyoshni Mashriqdan chiqaradi. Sen uni Magʻribdan chiqargin-chi?” Shunda bu inkor qiluvchi dovdirab qoldi. Alloh zolim kimsalarni hidoyat qilmaydi”. [2:258]
Yaratguvchini oshkora yoki zimdan tan olib, U Zot yoki Qoinot haqida hayolga kelgan gaplarni gapirish ham aqllik insonga toʻgʻri kelmaydi. Demak, yuqoridagi shartimizga koʻra bular haqida ham haqiqatlarni bilmoqchi boʻlsak, yaʼni Yaratguvchimiz boʻlmish Alloh Taoloning bizni va borliqni yaratishdan maqsadi nima?, qanday yashashimiz kerak va yurtimizda qanday tasarruf qilsak toʻgʻri boʻladi? va hokazo, bu savollarga aqlimiz javob berolmaydi. Chunki Alloh Taoloni aql asosida topgan boʻlsak ham, Uning boligiga shak shubhasiz ishonsak ham, Uning “Zoti”ni xis qilmaganimizdan, U Zot haqida hech qanday fikr bildirolmaymiz. Demak, U Zotni hujjatsiz “siyosatga aralashmaydi” yoki “bizni yaratib, hayvonlar yoki parandalar kabi oʻz holimizga tashlab qoʻygan” degan gaplar hayolparastik yoki boshqalarga toʻtidek yo maymundek taqlid qilishdan boshqa narsa emas. Bu ikkinchi bir haqiqat boʻlib, uni davomini keyingi bahsimizda davom ettiramiz.
Abu Zar.