Madrasalarni roʻyxatdan oʻtkazish taklif qilinmoqda

925
0

Madrasalarni roʻyxatdan oʻtkazish taklif qilinmoqda

Qirgʻizistonda kundan kunga kuchayib borayotgan islomiy muhit nafaqat rasmiy hukumatni, balki unga homiylik qilib Islom diniga qarshi kurashish uchun mablagʻ ajratayotgan kufr yetakchilarini ham tashvishga solib qoʻymoqda. Shu sababli ham bu davlatlar qirgʻiz hukumatidan jamiyatda islomiy fikr va koʻrinishlarni surib chiqarishni talab qilishmoqda. Rasmiy hukumat esa Islom va musulmonlar ustidan nazorat qilishni turli idora va markazlarga topshirib qoʻymoqda. Shu sababli ham duch kelgan idora yoki markaz musulmonlar fikr va qadriyatlariga qarshi oshkora kurashni boshlab yubordi.

Maʼlumki, oʻtgan haftada shahar sanepidnazorat markazi tungi vaqtlarda masjidlarda chaqirilgan azon tovushi aholini bezovta qilayotgani toʻgʻrisida koʻplab arizalar kelib tushayotgan bahonasi bilan 19 iyuldan boshlab Bishkek shahrida tungi vaqtlarda ovoz kuchaytirgichlar orqali azon aytishga taqiq qoʻygan edi.

Bugunga kelib esa prezident qoshidagi din ishlari boʻyicha komissiyasi madrasalarni roʻyxatdan oʻtkazish taklifini koʻtarib chiqdi. Mazkur komissiyaning maʼlumotiga koʻra, mamlakatda 72 madrasa faoliyat yuritadi. Biroq ularning birortasi ham rasmiy roʻyxatdan oʻtib, tegishli sertifikat olgan emas.

Shu sababli komissiya diniy bilim berish sohasida standartlar ishlab chiqib, ularni roʻyxatdan oʻtkazish taklifi bilan chiqdi. Buning uchun Ishenali Arabayev nomidagi davlat universiteti bilan birgalikda standartlarni ishlab chiqish va sertifikatlash boʻyicha loyiha tayyorlanmoqda. Mazkur loyiha natijasida mamlakatdagi diniy bilim beruvchi mahkamalarni tartibga solish rejalashtirilayotgani xabar qilinmoqda.

Madrasalarni roʻyxatdan oʻtkazishdan maqsad esa ularning faoliyatlariga chek qoʻyishdan iborat. Din ishlari boʻyicha komissiya madrasalar oldiga ular bajarishi mumkin boʻlmagan shartlarni qoʻyadi. Shartlar bajarilmagach esa madrasalar faoliyati tugatiladi. Bunday tajriba allaqachon Oʻzbekiston va Tojikiston sinovidan oʻtib boʻlgan.

Oʻzbek hukumati uzoq yillardan beri Islom va musulmonlarga qarshi adovat bilan olib borayotgan kurashi natijasida bugungi kunda faqat rasmiy hukumat, xususan, prezident Karimov talablariga mos kelgan sanoqli madrasalar qoldi xolos. Tojik hukumati ham 2013- yili taʼlim vazirligidan maxsus ruxsat olish bahonasida mamlakatda faoliyat qilayotgan oltita madrasadan beshtasini faoliyatini vaqtincha toʻxtatib qoʻygan edi. Oʻtgan haftada esa “madrasalardagi taʼlim shartlari ustav talablariga toʻgʻri kelmaganligi sababli” faoliyati qayta tiklanishiga ruxsat berilmadi.

Bugunga kelib bunday qismat Qirgʻizistondagi madrasalarini ham kutib turibdi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodga islomiy taʼlim va fikrlar berishi mumkin boʻlgan, yoshlarni halol va haromni farqiga boradigan qilib tarbiyalaydigan madrasalar yopilishi ortidan esa jamiyatda buzuqchilik avj oladi. Rasmiy hukumatni ham, uni mablagʻ bilan taʼminlab kelayotgan kufr davlatlarini ham asl maqsadlar shundan iborat.

Agar bizlar hukumatning bu ishiga ham huddi gʻoyriislomiy bannerlar ilinishi va masjidlarda ovoz kuchaytirgich orqali azon aytilishiga taqiq qoʻyilishi kabi eʼtiborsiz boʻladigan boʻlsak, kufr yana bir maqsadini toʻsiqlarsiz amalga oshirib oladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.