Irqchilikni yoʻq qilishda kapitalizmning ojizligi va Islomning muvaffaqiyati
9 iyul shanba kuni Nьyu-York Tayms gazetasi oʻzining bosh maqolasida Dallas amaliyotiga izoh sifatida “Amerikada qachon irqchilik tugaydi?”, degan savolni oʻrtaga tashladi. Gazeta – ikki afroamerikalikning politsiya tomonidan oʻldirilishi aks etgan videolavhalardan bu ish goʻyo oddiy qotillikdek boʻlib qolgani koʻrinib turibdi, deya qora tanli fuqarolarning politsiya qoʻlida qotillik va zoʻravonlikka duch kelayotganiga ishora qildi.
Unda qoʻshimcha qilinishicha, 2014 yil AQShning Missuri shtati Fergyuson shahrida oq tanli politsiya zobitining qurolsiz qora tanli oʻsmir Maykl Braunni otib oʻldirishi ortidan bu alamli haqiqat milliy masalaga aylandi, chunki buning oqibatida irqiy tartibsizliklar kelib chiqdi. Keyin politsiya tomonidan amerikalik qora tanlilarga qarata oʻq uzish hollari davom etdi. Oʻtgan payshanba Minnesota shtatida oʻldirilgan qora tanli kishi, shu yili politsiya qoʻli bilan oʻldirilayotgan qora tanli fuqarolarning 123chisi hisoblandi.
Yozuvchi Maykl Daysonning Nьyu-York Tayms gazetasida chop etilgan maqolasida ikki qora tanli kishining oʻldirilishi norozilik namoyishlarini keltirib chiqargani, namoyishda politsiyachilarga qarshi snayperdan oʻq uzilib, ulardan bir nechtasi oʻldirilgani haqida yozdi. Daysonga koʻra, afroamerikaliklar 320 milliondan ziyod amerikalikning salkam qirq millionini tashkil qiladi.
Bu voqea 2016 yil 5 iyul kuni Internetda Luiziana shtatida bir politsiyachining qora tanli Alton Stirling ismli kishi yerda yotganiga qaramay, besh marta oʻq uzgani aks etgan videolavha tarqatilishi ortidan boshlandi.
Oradan hech qancha vaqt oʻtmay, bu safar Minnesota shtatining Minneapolis shahrida Filando Kastil ismli yana bir qora tanli kishining politsiyachi tomonidan otib oʻldirilgani aks etgan video tarqaldi. Politsiya Filandoni oʻz mashinasida ayol kishi va bitta yosh bola bilan ketayotganda toʻxtatadi va unga qarata oʻq uzadi, qurbonning hamroh ayoli esa oʻzining mobil telefoni orqali videoga tushirib, uni Feysbuk orqali jonli tarzda uzatib turadi…
Bu ikki hodisadan oldin ham oq tanli politsiyachilar tomonidan qora tanli shaxslarning otib oʻldirilishi hodisasi koʻp boʻldi. Bu esa AQShning Illinoys, Luiziana, Minnesota, Florida, Michigan, Vashington, Texas va Pensilьvaniya shtatlarida gʻazabnok odamlar tomonidan norozilik namoyishlari oʻtkazilishiga turtki boʻldi, Nьyu-Yorkdagi Manxetten rayonida ham yuzlab odamlar norozilik bilan chiqishdi… namoyish koʻcha harakatiga halaqit bergandan soʻng politsiya ulardan oʻn nafarini hibsga oldi.
Namoyishlar katta boʻlmagan va unda qatnashgan odamlar soni oʻnlab va yuzlabdan nariga oʻtmagan boʻlsa-da, biroq uning geografik jihatdan keng koʻlamda boʻlgani odamlar gʻazabi, ayniqsa, qora tanli shaxslar gʻazabi ortib borayotganini koʻrsatmoqda.
Luiziana va Minnesota hodisalaridan soʻng, aniqrogʻi, 2016 yil 6 iyul kuni Texas shtatining Dallas shahrida yuzlab amerikaliklar oq tanli politsiyachilar tomonidan qora tanli shaxslarning oʻldirilishi davom etayotganiga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazdi. Biroq namoyishda kutilmagan hodisa roʻy berdi: bir snayper besh nafar politsiyachini otib oʻldirdi, olti nafarini yaraladi. Politsiya robot yordamida bomba portlatib, snayperni oʻldirdi. Keyinchalik snayper AQSh quruqlik qoʻshinining zaxiradagi harbiy xizmatchisi sifatida Afgʻonistonda xizmat oʻtagan “birinchi klass oddiy askari” rutbasiga ega 25 yoshdagi qora tanli Mika Xavьer Jonson ekani xabar qilindi.
Amerikadagi irqchilik va diskriminatsiya holatlari ustida kuzatuv olib borgan bir hisobotda aytilishicha, AQSh armiyasida irqchilik yaqqol namoyon boʻlib bormoqda, bu jamiyatda hukmron boʻlgan irqchilik natijasidir. Garchi AQSh konstitutsiyasida odamlarni rangi, jinsi, dini va boshqasi… bilan diskriminatsiya etilishi taqiqlangan boʻlsa-da, biroq irqchilik aksar amerikaliklarning ich-ichlariga singib kegan, ular oq tanli bilan qora tanlini albatta ajratishadi… Bu yurtda oq tanlilarning alohida rivojlangan toza kvartallari bor, qora tanlilarni ham oʻz koʻchalari, alohida kvartallari bor, u yerdagi sharoitni uchinchi olam davlatlaridagi eng past sharoit deyish mumkin… oq tanlilarning maktablari alohida, qora tanlilarniki alohida, oq tanlilarning universitetlari alohida, qora tanlilarniki alohida… AQSh qamoqxonalaridagi mavjud mahbuslarning 80 %dan ziyodi qora tanlilarni tashkil qiladi.
AQSh prezidenti Obama Varshava sammitida bunday “nafratli, jirkanchli hujumlar”ni qoraladi va “bu hujumlarni hech narsa bilan oqlab boʻlmasligi”ni taʼkidladi. AQShdagi bayroqlar 12 iyulga qadar yarim tushiriladi.
Obama harbiy qurollarning erkin savdosini cheklash tashabbusiga ishora qilib, “Harbiy qurollarning odamlar qoʻlida boʻlishi, afsuski, shu turdagi dahshatli qonli hujumlarga sabab boʻlmoqda va kelasi kunlar ichida bu haqiqatni hisobga olishimizni zimmamizga yuklamoqda”, dedi.
Shuningdek, Amerika prezidenti “jinoyatchilikka qarshi kurash tizimida hamon yashirinib kelayotgan irqchilik asosida ajratish muammosini hal etuvchi siyosiy choralar koʻrishga” ahd qilganini bildirdi.
Amerika konstitutsiyasida amerikalik fuqarolarning jinslari, ranglari va dinlaridan qatʼiy nazar, qonun oldida teng ekanliklari qayd etilgan. Biroq shunga qaramay, bu yurtda aksincha holat kuzatilmoqda. Chunki sudьyalar ham, prokurorlar ham, huquq-tartibot organlari ham, hammasi irqchilik botqogʻiga botgan. Bu holat hech qanday dalil talab qilmaydigan darajada maʼlum. Yurtdagi qora tanlilar, lotinamerikaliklar va boshqa oq tanli boʻlmagan millatlar oʻzlariga politsiya xodimlari tomonidan qonun tatbiq qilinayotgan paytda doim repressiya va irqchilikka duch kelmoqdalar.
Odamlar oʻrtasidagi munosabatda jinsiga, rangiga, tiliga va hatto turmush saviyasiga qarab ajratish, diskriminatsiya qilish maʼnosidagi irqchilik Amerikani ichkaridan kemirmoqda. Aytmoqchi, bu faqat Amerikagagina xos holat emas. Insonni inson birodariga qarshi gijgijlovchi bunday qattol marazdan butun kapitalistik davlatlar aziyat chekmoqda. Mana, yaqinda oʻtkazilgan soʻrovda Britaniyaga ushbu ofat qay darajada kirib borgani, Germaniya ham Suriya qochqinlari oqimi ortidan qay darajada ekani maʼlum boʻldi.
Qonunlar va konstitutsiyalarning oʻzi jamiyatdagi illatlarni, shu jumladan, irqchilikni muolaja qilolmaydi. Bashariyat oʻzining Xoliqi amrlariga toʻla-toʻkis taslim boʻlib, ularni qabul qilib, itoat etmagunicha, bu muammolarni aslo yechib boʻlmaydi. Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُواْ رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالاً كَثِيرًا وَنِسَاء وَاتَّقُواْ اللَّهَ الَّذِي تَسَاءلُونَ بِهِ وَالأَرْحَامَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا
“Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan koʻp erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qoʻrqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda oʻrtaga nomi solinadigan Allohdan qoʻrqingiz va qarindosh-urugʻlaringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz)! Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi boʻlgan zotdir” [Niso 1]
Yana bunday deydi:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ
“Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (doʻst-birodar boʻlishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qoʻydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirogʻingiz taqvodorrogʻingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir” [Hujurot 13]
Ushbu oyatlardagi nido va xitob har bir insonga qilingan boʻlib, ularni Allohning diniga kirishga va Islom aqidasini qabul qilishga chaqirmoqda. Islom aqidasi Allohga imon keltirib, Islomni qabul qilgan kishining qalbini bunday marazlardan poklab tozalaydi. Bu maʼnoni Rosululloh A ham taʼkidlaganlar. Abu Dovud oʻzining “sunan”ida Abu Hurayra Gdan Rosululloh Aning bunday deganlarini rivoyat qiladi:
“إنَّ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ قَدْ أذْهَبَ عَنْكُمْ عُبِّيَّةَ الْجَاهِلِيَّةِ وَفَخْرَهَا بِالآباءِ، مُؤْمِنٌ تَقِيٌّ، وَفَاجِرٌ شَقِيٌّ، أنْتُمْ بَنُو آدَمَ، وآدَمُ مِنْ تُرَابٍ، لَيَدَعَنَّ رِجَالٌ فَخْرَهُمْ بِأقْوَامٍ إنَّمَا هُمْ فَحْمٌ مِنْ فَحْمِ جَهَنَّمَ، أَوْ لَيَكُونُنَّ أهْوَنَ عَلَى اللهِ مِنَ الْجِعْلاَنِ الَّتِي تَدْفَعُ بِأنْفِهَا النَّتْنَ”
“Alloh Azza va Jalla sizlardan johiliyat kibrini, ota-bobolari bilan faxrlanishni ketkazdi. Moʻmin taqvoli, fojir esa badbaxtdir. Sizlar Odam farzandlarisiz, Odam esa tuproqdandir. Kishilar yo qandaydir qavmlar bilan faxrlanishni (zero, ulur jahannam olovi koʻmirlaridandir) tark qiladilar yoki Alloh nazdida burni bilan tezak titib yuruvchi hayvondan ham xor boʻladi”.
Hotim Abu Ajamiya