AQSh: Bizning Injirlik havo bazasidan chiqish niyatimiz yoʻq

831
0

AQSh: Bizning Injirlik havo bazasidan chiqish niyatimiz yoʻq

AQSh havo kuchlari bosh kotibi Dobira Jeyms Vashingtonda tashkil qilingan tadbirda Injirlik havo bazasi haqida oʻz fikr-mulohazalarini oʻrtoqlashdi. Jeymsga koʻra, Injirlik havo bazasidagi AQSh kuchlarini boshqa joyga koʻchirish rejasi yoʻq. Chunki Turkiyada yuz bergan baʼzi hodisalarga qaramay, barcha harbiy operatsiyalar odatdagidek davom etmoqda.

Oʻtgan dushanba kuni Injirlik Havo bazasi qoʻmondoni bilan uchrashganligini bildirgan Jeyms AQSh rasmiylari bazaga doir barcha masalalar bilan yaqindan tanishib chiqqanligini va muntazam kuzatib borayotganligini taʼkidladi. 15 iyul kuni davlat toʻntarishiga urinish ortidan Turkiyada barcha havo maydonlarining yopilishi tufayli Injirlik operatsiyalari ham bir necha kun toʻxtab qolgan edi, bazaga beriladigan elektr ham uzib qoʻyilgan edi. Chunki davlat toʻrtarilishiga qarshi chiqqan xalqni vahimaga solgan va ularga qarata oʻq uzgan samalyotlar Injirlik havo bazasidan havoga koʻtarilgan edi.

Biroq oradan hech qancha vaqt oʻtmay Injirlik yana ishga tushdi. U yerda joylashgan AQSh havo kuchlari Suriya qirgʻinini davom ettirishni boshladi. Injirlik havo bazasidan havoga koʻtarilgan AQSh samolyotlari Suriyaning Halab shahri shimolida 200 nafar tinch aholining oʻlimiga sabab boʻlgan hujumni amalga oshirdi.

Turkiyada yuz bergan davlat toʻntarishi tashabbusi ortidan mazkur tashabbusni qoʻllab-quvvatlaganligi aytilayotgan Injirlik havo bazasiga kutilmagan mehmon keldi. AQSh 3 havo kuchlari qoʻmondoni general-leytenant Timoti Ray bazadagi AQSh askarlarining ishlash sharoitlarini koʻzdan kechirish uchun Injirlik havo bazasiga keldi. Ray bu yerda xizmat qilayotgan AQSh harbiy bilan uchrashdi. Amerikaliklarning ish sharoitlarini ham koʻzdan kechirgan qoʻmondon turli sohalarda muvaffaqiyat qozongan askarlarni tabrikladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.