Turkiya Qirgʻizistonni ehtimoliy davlat toʻntarishidan ogohlantirdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli 25 iyul kuni Alaniyada boʻlib oʻtgan namoyish chogʻida qirgʻizistonlik hamkasbi bilan aloqaga chiqib, mamlakatdagi Gulan tarafdorlariga munosabatni oʻzgartirish, unga aloqador maktablarni yopishni talab qilganini, aks holda “Turkiyaning Bishkekka munosabati oʻzgarishi mumkinligi”dan ogohlantirib oʻtganini aytib oʻtgan edi.
Chovushoʻgʻlining mazkur bayonotidan soʻng Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi unga javob yoʻllab, “Qirgʻiziston mustaqil davlat ekanligi va nima yaxshiyu nima yomon ekanini oʻzi hal qila olishini” maʼlum qildi.
Qirgʻiziston TIV tomonidan bildirilgan raddiyadan soʻng Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Metin Qilich Chovushoʻgʻlining “Gulan tarafdorlari haqidagi ogohlantiruvi” Qirgʻiziston tomonidan notoʻgʻri tushunilgani” haqida maʼlum qilgan va “Aynan Turkiya Qirgʻizistonning mustaqilligini birinchi boʻlib tan olganini va Aynan Turkiya Qirgʻizistonning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar uchun aʼzolik badallarini toʻlab kelayotganini”, aytib oʻtgandi.
Endi esa Mavlud Chovushoʻgʻli Fathulloh Gulan tarafdorlari tomonidan Qirgʻizistonda ham davlat toʻntarishiga urinish amalga oshirilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
“Agar Qirgʻizistonda davlat toʻntarishi yuz bersa, buni Gulanning tarafdorlari amalga oshirgan boʻladi. Ular Qirgʻiziston uchun eng katta xavf”,- dedi Chovushoʻgʻli “CNN Turk” telekanaliga bergan intervьyusida.
Turkiston:
Qirgʻizistonning taʼlim siyosati va tizimi ham izdan chiqqan. Fathulloh Gulanning tashabbusi ostida Qirgʻizistonga juda katta ilm tarqatuvchi muassasalar, madrasalar kirib keldi. Bu ilm muassasalari Qirgʻizistonning taʼlim tarqatish siyosatining bir boʻlagi boʻlib shakllanib oldi desak ham boʻlaveradi. Lekin ular ilm tarqatish asosida faoliyat olib borishadi. Ilm esa, saqofat va aniq fanlarga ajratiladi. Turklarning bu oʻquv muassasalarining Qirgʻiziston xavfsizligi uchun hozirda jiddiy bir xatarli joyi yoʻq. Chovushogʻli “Sabat”chilar saqofatda ilmoniylikni tarkatishyapti, demoqchi boʻlsa, Turkiyaning davlat taʼlim siyosati ham oʻsha ilmoniylikka asoslangan.
Qirgʻiziston oʻta zaif mamlakatlardan biridir. Bu zaiflik tashqi siyosatda qoʻrqoqlik singari qabul qilinadi. Kufr davlatlari oʻzlarining tashqi siyosatlarida oʻzidan zaif davlatlarni oʻz yoʻllariga yurgizish, ularni mumkin qadar oʻz manfaatlari tomon koʻproq jalb qilish haqida fikrlashadi. Bu kapitalistik mabdaning buzuq tabiatidan boʻlib, uni musulmonlar tatbiq qilishsa ham farqi yoʻq, ular ham xuddi kofirlar singari bir birlariga qarshi harakatlana boshlashadi.
Endi Turkiyadan ham xavfsirab yashay boshlaymiz. Chunki ularning aygʻoqchilari Gulan tarafdorlari nomidan buzuqi ishlarni qilish haqida bosh qotira boshlashadi. Chovushogʻlining bayonotiga qaraganimizda, provokatsiyaga harakat qilishsa kerak, degen xulosaga kelishimiz mumkin. “Sabat” yoki boshqa Turklarning ilm muassasalari shu kungacha biror marotaba muammo tugʻdirgan emas. Aksincha, ularga qarshi har qanday harakat va taʼqiqlar Qirgʻiz millati ichida boʻlinish va muammo keltirib chiqarishi mumkin.
Biz Gulanni yoki “Sabat” singari Turk tashkilotlarining tarafdorlari emasmiz. Biz ularni oqlamoqchi ham boʻlayotganimiz yoʻq. Lekin har bir ishga sharʼan toʻgʻri, xolis va siyosiy manfaatlarimizdan kelib chiqib javob qaytarishimiz kerak. Payogʻambarimiz (sav)
“الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ لاَ يَظْلِمُهُ وَلاَ يُسْلِمُهُ”
“Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi va uni (zolimga) tashlab qoʻymaydi…” deganlarida, yaxshi yomon farqi yoʻq, barcha musulmonlarni nazarda tutgan. Shuning uchun kufr sistemasining mexanizmlaridan biri boʻlgan Turkiya yoki boshqa biror hukumat, biror musulmonga yoki islomiy tashkilotga zulm qilishni rejalashtirayotgan boʻlsa, ularni kufrning changaliga tashlab, bir chetda turish mumkin emas. Hatto musulmon birodarimiz oʻlimga mahkum boʻlgan holatida ham, uni kufr tomonidan oʻldirilishiga yoʻl berilmaydi. U birodarimiz faqat islomiy mahkamaning buyrugʻi va hukmi bilan sharʼiy mahkamada oʻldirilishi vojib boʻladi.
Qirgʻiziston hukumatiga murojat qilib, eslatib oʻtamiz:
Tashqi kuchlarning bosimi bilan musulmonlarga taziyq va tahqirlash ishlarini toʻxtatinglar. Oʻz yurtimizdagi musulmon fuqorolarga suyaning. Ular har vaqtdagidan ham kuchliroq boʻlib borishayapti. Kufr sizlarni shu quvvatdan mahrum qilmoqchi. Ular sizning islomiy muhitga tayanib, bu kuchdan foydalanib qolishingiz mumkinligidan oʻta xavotirdalar. Islomiy yoki hatto saqofiy va ilmiy muassasalaringizni ham yoʻq qilib, millatni johil va savodsiz manqurtlarga aylantirishmoqchi. Bu ularga nima beradi? Qoʻzgʻalonlar, bir birimizga qarshi koʻr-koʻrona urushlar, millatchilik robitalarini kuchayishi, tengrichilik va hokazo kufrning maqsadlarini roʻyobga oshirishiga keng yoʻl ochib beradi. Shuning uchun sizlar musulmonlarga qarshi olib borayotgan har bir harakatlaringiz bilan oʻz tomirlaringizga bolta urayotgan boʻlasiz.
Sizlar ham (hukumat va elita) bizlarning birodarlarimizsiz. Sizlarni ham, biz vaqti kelganda kufrning changaliga tashlab bermaymiz. Balki sizlarning ichlaringizda Umar va Xolid ibn Valid R.A.lar singari kelgusida islomiy yetakchi va sarkardalar bordir. Lekin biz sizlarni shu kundagi holatinglarga qarab, sizlarni amru maruf va nahiy munkar qilamiz. Qoʻllaringda turgan vaqtinchalik salohiyatdan foydalanib Musulmonlarga zulm qilmanglar.