بسم الله الرحمن الرحيم
MEN TARAFKAShLIK QILMAYMAN, MEN ISLOM FARZANDIMAN!
Imom Ahmad “Musnad”ida Ubay ibn Kaʼb (r.a)dan rivoyat qiladi: “Rasululloh(s.a.v)ning huzurlarida ikki kishi nasabini aytib, ularning biri: “Men falonchining oʻgʻli falonchiman, sen kimsan, onang oʻlgur?” – dedi. Shunda Rasululloh(s.a.v) dedilar: “Ikki kishi Muso(r.a)davrida nasl-nasabini aytibdi. Ularning biri: “Men falonchining oʻgʻli falonchiman” – deb, toʻqqiz avlod ajdodini sanabdi-da: “Sen kimsan, onang oʻlgur?” – debdi. U esa: “Men falonchining oʻgʻliman, u esa Islomning oʻgʻli”, – debdi. Ul zot(s.a.v) dedilar: “Shunda Alloh Muso(a.s)ga: “Bu ikki nasabini keltiruvchiga ayting”, – deb buyuribdi: “Sen, ey toʻqqiz ajdodigacha nasabini keltiruvchi, doʻzaxga kirasan va ularning oʻninchisi boʻlasan. Sen esa, ey ikkita nasab keltiruvchi, jannatga kirasan va u yerda ikkalasidan keyin uchinchisi boʻlasan”. Sahih hadis. Ahmad rivoyat qilgan, Bayhaqiy “Shaʼb” nomli kitobida: “Uning isnodi sahih”, degan.
Bu hadisi sharifning maʼnosini bevosita zikr qilishimizdan ilgari, insonning paydo boʻlishi haqida nususlarda koʻp takrorlanadigan narsalarni eslashimiz lozim. Zero, Alloh bizga inson farzandini bir asl, yaʼni tuproqdan yaratganini bildirdi. Binobarin, asl yaralish xususida bir insonning boshqa insondan farqi yoʻq. Zero, hammasi tuproqdan yaralganidan keyin bu sohada afzallikka oʻrin yoʻq. Darhaqiqat, hech bir oila yoki sulola yoʻqki, ularning asli tilladan, kumushdan yoki temirdan boʻlsa. Barcha insonlar Odam (r.a)dan, Odam (r.a) esa tuproqdan yaralganlar. Shunga qaramasdan, kishi insonlar orasida shakl, boʻy, rang va hokazolarda tafovut va farq borligini mulohaza qiladi. Mana shu tafovut va farq insonlarning ayrimlari oʻzlarini yuqori tutishi va kerilishiga yetarli asos boʻla oladimi?
Javobi shuki, bu farqni Alloh bir qancha hikmatlarga dalil qilgan, ularning ahamiyatlisi esa ikki muhim hikmatdan iborat:
Birinchisi: Bu farq Parvardigorning buyuk qudratining oyat-alomati va U Azza va Jallaning yaratish va tadbir qilishda tanho ekanligiga dalil boʻlishi uchun Alloh Taolo “Rum” surasida shunday deydi:
وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَاخْتِلاَفُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَانِكُمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لاَيَاتٍ لِلْعَالِمِينَ
– „Uning oyatlaridan (yana biri) – U zot osmonlar va yerni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xil qilib qoʻyganidir. Albatta bunda barcha olamlar uchun oyat-ibratlar bordir“. [30:22]
Bu oyat Alloh Taoloning mana bu qavlidan keyinroq kelgan:
وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ إِذَا أَنْتُمْ بَشَرٌ تَنتَشِرُونَ
– „(Allohning qudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlaridan (biri) – U zot sizlarni (yaʼni otangiz Odamni) tuprqdan yaratgani, soʻngra sizlar basharga aylanib (er yuziga) taralishlaringizdir“. [30:20]
Shunga binoan, inson yaralishning aslida ham, tabiatida ham alohida oʻrin egallaydi. Alloh Taolo bu maxluqda juda koʻp sir-asror va ajoyibotlarni mujassam etib, eʼtiborni ularga qaratib shunday deydi:
وَفِي الأَرْضِ آيَاتٌ لِلْمُوقِنِينَ وَفِي أَنفُسِكُمْ أَفَلاَ تُبْصِرُونَ
– „(Ey insonlar), yerda (undagi togʻu toshlar va vodiy-daralarda, dengizlar va daryolarda, hayvonot va nabotot olamida) hamda oʻzlaringizda (ushbu hayotga kelib-ketishingizdan tortib, vujudlaringizdagi har bir aʼzoyingizda, balki har bir hujayrangizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, oʻz oʻrniga joylashtirilganida va oʻz zimmasidagi Yaratuvchi buyurgan vazifani quloq qoqmasdan ado etib borishida Allohning qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir“. [51:20-21]
Zero, inson jismining tuzilishida, aʼzolarida, ularning vazifalari va tarkibiy shakli; hazm qilish, oʻzlashtirish, harakatlanish, nafas olish, qon aylanishi; bezlar, ichki sekretsiya bezlari, aʼzolarning oʻsishi va ishlashi – inson bular va bulardan boshqa oʻzining asl yaralishi va tabiati toʻgʻrisida bilgan va bilmagan koʻp narsalar borki, ular aqllarni lolu hayron qoldiradigan ayjoyibotlardir. Inson oʻzi haqida fikr yuritib, chuqur oʻylansa, Yaratuvchining qudrati va buyukligidan dalolat beruvchi ajoyibotlarga yuzlanadi. Shoir quyidagi misralarini juda toʻgʻri aytgan:
Seningcha oʻzing kichik jismsan,
Ammo senda katta olam mujassam.
Ikkinchisi: Insonlar orasida shakl, rang, boʻy va hokazolarda mavjud farq va tafovutdan kelib chiqadigan ikkinchi hikmat bashar farzandlari bir-birini tanishi va birini ikkinchisidan ajratishdadir. Alloh Taolo eʼtiborni shunga qaratib deydi:
يَاأَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ
– „Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (doʻst-birodar boʻlishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qoʻydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirogʻingiz taqvodorrogʻingizdir. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir“. [49:13]
Bu oyatda ham, Alloh odamlar orasidagi farqdan kelib chiqqan hikmatni zikr qilgan oldingi oyatda ham – Haq Taboraka va Taolo insonlarning haqiqiy afzallik tomonini koʻrsatadi. Zero, Alloh Taolo afzallik Islom tarozusida odamlar orasida mavjud ushbu tafovutga borib taqalmasligi, balki faqat Islom tarozusidagi taqvo va yaxshilikka borib taqalishi haqida xabar beradi:
إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ
– „Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirogʻingiz taqvodorrogʻingizdir“. [49:13]
Ammo kofir ota-bobolar, murtad rahbarlar va yer yuzida fasod tarqatgan yetakchilar bilan faxrlanishning hammasi botil narsa boʻlib, inson oʻz tasavvurlari, fikrlari va amallari asosida egri harakatlanishini namoyon etadi.
Asosiy mavzuimiz boʻlmish Kaʼb rivoyat qilgan hadisga kelsak, bizga Ubay ibn Kaʼb oʻsha botilning turlaridan biri Rasululloh(s.a.v)ning huzurlarida yuz bergani haqida xabar beradi. Zero, u zotning huzurlarida ikki kishi tortishib, biri ikkinchisiga nasabining aslligini roʻkach qilib gerdaygan edi. Shunda Rasululloh(s.a.v) bu fursatni gʻanimat bilib, uni bu va bunga oʻxshash botil narsalar bilan faxrlanishdan qaytaradigan dars qilib talqin qildilar. Va u ikki kishiga Muso(r.a)zamonlarida bani Isroildan ikki kishi tortishib, janjallashganini gapirib berdilar. Ulardan biri kufr ahlidan boʻlmish buyuk ota-bobolari bilan faxrlanib, ajdodlarining toʻqqiz avlodini sanab keltiradi. Ikkinchi kishi esa solih faqih kishi boʻlib: “Men falonchining oʻgʻli falonchiman, u esa Islomning oʻgʻli”, deb oʻz nasabini keltiradi. Rasul(s.a.v) huzurlarida nasab talashgan ikki kishining ota-bobosi musulmon boʻlgani oʻz nasabini Islomga daxldor qiladi, kofir ota-bobolari bilan maqtangani esa bu ishini tark qiladi. Soʻngra Rasululloh(s.a.v) xabar beradilarki, Alloh Taolo Muso(a.s)ga vahiy qilib, kofir ota-bobolari bilan maqtangan kishiga: “Sen, ey toʻqqiz ajdodigacha nasabini keltiruvchi, doʻzaxga kirasan va ularning oʻninchisi boʻlasan”, deyishni, nasabini Islomga taqagan ikkinchi kishiga: “Sen, ey ikkita nasabini keltiruvchi, jannatga kirasan va u yerda u ikkisidan keyin uchinchisi boʻlasan”, deyishni buyurdi.
Rasululloh(s.a.v) tarafkashlikka qarshi kurashda qattiq turib, shunday dedilar: “Qasamki, oʻlib ketgan ota-bobolari bilan maqtanadigan qavmlar albatta tiyilgaylar. Aks holda ular yo jahannam oʻtinidan biridir, yoki Alloh nazdida burni bilan qumaloq dumalatadigan qoʻngʻizdan koʻra arzimas boʻladi. Alloh sizlardan johiliyat qoldiqlarini va ota-bobolar bilan faxrlanishni ketkazdi. Shubhasiz, kishi taqvodor moʻmin yoki badbaxt fojir boʻladi. Insonlarning hammasi Odam(r.a)farzandlaridir, Odam(r.a)esa tuproqdan yaralgan” (Termiziy va Abu Dovud rivoyati).
Tarafkashlik halok qiluvchi kasallik, qalblarni bulgʻab, kir qiladi va bitta jamiyat vakillari orasida adovat va nafratni qoʻzgʻaydi, gohida jang va qon toʻkilishigacha olib boradi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, bu koinotda tarafkashliklar rivojlandi, natijada musulmonlar jamoasi boʻlinib, islomiy Ummatni parchalovchi zaharga aylandi. Musulmonlar Parvardigorlarining Kitobi va Paygʻambarlarining sunnatida tarafkashlik(millatchilik, vatanparastlik) juda qattiq qoralangani haqida kelgan narsalarga ham, tarafkashlik yanchib, tor-mor qilib tashlagan boshqa millatlar(masalan: gitlerchilar)ga keltirgan narsalarga ham eʼtibor berishmadi. Axir Islomiy xalifalik yemirilishining asosiy sabablaridan biri tarafkashlik boʻlgan emasmi?! Masalan, Turon harakati turkiylar tarafini oldi. Shu bilan u Islomiy xalifalikni agʻdarish balosi qilib ishlatildi-da, bu ishni amalga oshirgan yovuz murtadlardan iborat tarafkashlikning qora roʻyxatiga qoʻshildi.
Ummat ayni paytda tarafkashlik balosidan qiynalmoqda. Mana sizga vatanparastlik. U ham mustamlakachilik mustamhkam oʻrnatgan narsa hamda tarafkashlik shakllaridan biridir. Uni toʻgʻri deb bilgan har bir inson oʻz vatani-yurtiga berilib ketmoqda. Bunisi misrlik, unisi suriyalik, ana unisi marokashlik, toʻrtinchisi iroqlik va hokazo. Bunday vatanparastlik musulmonlarga keltirgan narsa zaiflik, parchalanish va guruh-toifalarga boʻlinishdan oʻzga narsa emas. Islomda odamni irqi va rangiga qarab ajratish harom. Bu ish johiliyatning sassiq tarafkashligi hisoblanadi. Jubayr ibn Mutʼimdan rivoyat qilinishicha, Paygʻambar(s.a.v)shunday deganlar:
“لَيْسَ مِنَّا مَنْ دَعَا إِلَى عَصَبْيَّةٍ، وَلَيْسَ مِنَّا مَنْ قَاتَلَ عَلَى عَصَبِيَّةٍ، وَلَيْسَ مِنَّا مَنِ مَاتَ عَلَى عَصَبِيَّةٍ”
“Tarafkashlik (millatchilik, vatanparastlik, irqchilik)ka chaqirgan odam bizdan emas. Tarafkashlik qilib urushgan odam bizdan emas. Tarafkashlik qilib oʻlgan odam bizdan emas” (Abu Dovuddan). Jundub ibn Abdulloh rivoyat qilishicha, Paygʻambar(s.a.v)shunday deganlar:
“مَنْ قَاتَلَ تَحْتَ رَايَةِ عَمِّيَّةٍ، يَدْعُوْ عَصَبَيَّةً، أَوْ يَنْصُرُ عَصَبِيَّةً، فَقَتْلَةٌ جَاهِلِيَّةٌ”
“Tarafkashlik(millatchilik, vatanparastlik, irqchilik)ka chaqirib, amakichilik (qarindosh-urugʻchilik) bayrogʻi ostida urushgan yoki tarafkashlik qilib yordam bergan odamning urushi johiliyat urushidir” (Muslimdan).
Paygʻambar(s.a.v)sahobalariga odamlar ustidan hukm chiqarishning eng toʻgʻri miqyosini oʻrgatib, ulardan keyingi musulmonlarga ortiq-kamlik faqatgina Allohga itoat qilish va taqvo bilan oʻlchanishini bayon qildilar. Kim Allohning nazdida mukarram boʻlsa, oʻsha haqiqiy mukarramdir. Paygʻambar(s.a.v)hamma odamlarni Islomga chaqirdilar. Odamlar toʻda-toʻda boʻlib Islomga kirdilar. Islomga Salmon Forsiy ham kirib, dastlabki sahobalardan, Paygʻambar (s.a.v)ning yaqinlaridan biriga aylandi. Hatto Paygʻambar(s.a.v)uning haqida: “Salmon bizdan, Oli Baytdan”, dedilar. Umar ibn Xattob uni Madoinga voliy etib tayinladi. Islomga qora tanli habash Bilol ham kirib, Paygʻambar (s.a.v)ga yaqin dastlabki sahobalardan biriga, Paygʻambar (s.a.v)ning muazziniga, muazzinlar imomiga aylandi. Islomga Suhayb Rumiy ham kirib, Paygʻambar (s.a.v)ga yaqin dastlabki sahobalardan biriga, molu jonini Alloh yoʻlida nisor aylaganlarning imomiga aylandi. Gap shundaki, u Makkada musulmon boʻlib, hijrat qilmoqchi boʻlganida odamlar unga moling bilan ketmaysan, molingni tashlab, oʻzing ketsang, ketaver, deb ketishiga monelik qilishdi. Suhayb ulardan molini berib qutuldi. Shunda Alloh Taolo uning haqida mana bu oyatni nozil qildi:
وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَشْرِي نَفْسَهُ ابْتِغَاءَ مَرْضَاةِ اللَّهِ وَاللَّهُ رَءُوفٌ بِالْعِبَادِ
– „Odamlar orasida Alloh rizoligini istab oʻz jonini sotadigan (yaʼni, Alloh uchun jonini fido qiladigan) zotlar ham bor. Alloh bandalariga gʻamxoʻr-mehribondir“. [2:207]
Islomga yahudiy Abulmunzir Ubay ibn Kaʼb ham kirib, yodlash bobida ham, tafsir qilish bobida ham Qurʼonning mohir qorilaridan biriga aylandi. Har ikki shayx Anas (Alloh u kishidan rozi boʻlsin)dan chiqargan hadisda Paygʻambar(s.a.v)Ubay ibn Kaʼbga:
“إِنَّ اللهَ أَمَرَنِيْ أَنْ أَقْرَأَ عَلَيْكَ: }لَمْ يَكُنِ الَّذِينَ كَفَرُوا{ قَالَ: وَسَمَّانِيْ لَكَ؟ قَالَ: نَعَمْ” قَالَ فَبَكَى
“Alloh meni senga “Bayyina” surasini oʻqib berishimni buyurdi”, dedilar. Ubay: “Sizga mening nomimni aytdimi?”, deb soʻradi. U zot: “ha”, deb javob berdilar. (Bu sharafdan xursand boʻlib ketgan) Ubay yigʻlab yubordi.
Hatto rahbariyatdagilar ham bir birlariga tarafkashlik qilishlar harom ekanini sahobai kiromlar juda yaxshi bilishgan. Anas dan rivoyat qilinishicha, misrlik bir kishi Umar ibn Xattob ning oldiga borib, shunday dedi: “Ey amirul-moʻminin sizdan birov zulmdan panoh soʻrasa, panoh berasizmi? Men Amr ibn Osning oʻgʻli bilan musobaqa oʻynab, uni yutgan edim, meni qamchi bilan urib, men ulugʻlarning oʻgʻli boʻlaman, dedi”. Shunda Umar Amrning oʻgʻli bilan birga kelishini buyurib, xat yubordi. Ular kelishdi. Umar : “Misrlik qani?”, deb soʻradi. U kelgach, qamchini olib, “Sen ham ur”, dedi. U qamchi bilan urar, Umar esa, “ulugʻlarning oʻgʻlini ur”, derdi. Anas aytadiki, Allohga qasamki, u urar, bizga esa uning urishi yoqardi, urishni bas qilavermagach, toʻxtatsaydi, deb qoldik. Keyin Umar misrlikka, Amrning kalboshiga ham qamchi sol, degan edi, u, ey amirul-moʻminin, meni uning oʻgʻli urgan edi, undan qasosimni oldim, dedi. Shunda Umar Amrga: “Onalaridan hur tugʻilgan odamlarni qachondan buyon sizlar qul qilib ola qoldinglar?”, dedi. Amr: “Ey amirul-moʻminin, men bilmay qolibman, menga xabar berishmagandi”, dedi.
Aslida esa Islom Ummati – uning tarqoqligiga chek qoʻyib, yirtigʻini yamaydigan, sinigʻini tuzatib, barchani adolat va yaxshilik bilan dunyoyu oxirat saodatiga yetaklaydigan bitta davlat – xalifalik davlati fuqarosi boʻlishi lozim. Alloh Taolo aytadi:
}وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ{
– „(Ey Muhammad alayhis-salom), darhaqiqat, Biz sizni barcha odamlarga faqat rahmat (yaʼni, Allohning rahmati-jannatiga yetaklaguvchi) qilib yubordik“. [21:107]
Allohdan Xalifalik tongi tezroq otishini soʻrab qolamiz, toki insoniyatning barchasi uning nuriyu yaxshiligi bilan baxtli hayot kechirsin.
Gʻarib.