Nazarboyev Olmaotadagi otishmalarni terakt deb atadi

512
0

Nazarboyev Olmaotadagi otishmalarni terakt deb atadi

 Bugun, 18 iyul kunining birinchi yarmida Qozogʻistonning janubiy poytaxti hisoblanadigan Olmaota shahri markazidagi Almali tumani IIB binosi hamda MXX departamenti binosiga qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujum tufayli mamlakatda terrorchilikning eng yuqori “qizil” darajasi eʼlon qilindi. Shaharda kun davomida aksilterror amaliyoti oʻtkazildi. Amaliyot davomida otishma ijrochilari boʻlgan ikki kishi hibsga olindi. Shundan soʻng Asilterror markazi Olmaota shahrida oʻtkazilgan aksilterror amaliyot yakunlangani haqida xabar berdi.

 “Ayni vaqtda shaharda barqaror holat hukm surmoqda. Vaziyat huquq tartibot organlari nazorati ostida. Shaharning turli tumanlarida otishmalar davom etgani haqidagi xabarlar asossiz”,- deyiladi IIV xabarida.

 “Terrorchilarga qarshi oʻtkazilgan amaliyot yakunlangani munosabati bilan Olmaotadagi terrorchilik xavfining “qizil” darajasi “sariq”qa oʻzgartirildi”,- deyilgan Qozogʻiston xavfsizlik qoʻmitasi rasmiy xabarida.

 Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev xavfsizlik kengashining shoshilinch yigʻilishida Olmaotada boʻlib oʻtgan otishmalarni terakt deb atadi va halok boʻlganlarning hamda jarohatlanganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Prezident voqea yuzasidan keng miqyosli tergov olib borishni va shahardagi odamlar gavjum boʻladigan joylarda xavfsizlikni taʼminlashni tayinlandi.

 Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, otishmada 7 kishi nobud boʻlgan, 8 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.