Bishkekda Azonga cheklov kiritildi

505
0

Bishkekda Azonga cheklov kiritildi

 Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan ShHTning navbatdagi sammitida ishtirok etib qaytib kelgach, Islom dini va qadriyatlariga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur sammit doirasida uzoq yillardan beri Islom va musulmonlarga qarshi adovat bilan kurashib kelayotgan Oʻzbekiston prezidenti I. Karimov bilan yopiq eshiklar ortida bir soatdan ortiq oʻtkazgan suhbati davomida Karimov Atambayevdan Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilib, buning evaziga baʼzi moddiy manfaatlarni vaʼda qilgan koʻrinadi.

 Bu uchrashuvning “dastlabki mevasi” oʻzini koʻp kuttirmadi. Dastlab rasmiy hukumat buyrugʻi asosida muftiyot Ramazon hayitini 10 kun oldin belgilab qoʻydi. Garchi Qirgʻizistonda hayit namozi oʻqiladigan kuni yangi shavvol oyi koʻrinmagan boʻlsada, musulmonlarni namoz oʻqishga majbur qildi. Prezident va muftiyot koʻrsatmasi bilan emas, balki paygʻambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning:

صوموا لرؤيته و أفطروا لرؤيته فان غمى عليكم فأكملوا العدد

“Oyni koʻrib roʻza tutinglar, uni koʻrib ogʻiz ochinglar! Agar sizlarga bulut boʻlib, toʻsilsa, unda sanoqni toʻldiringlar!”, buyruqlariga binoan shavvol oyining birinchi kuniga toʻgʻri kelgan 6 iyulda musulmonlarni hayit namoz oʻqishiga toʻsqinlik qilindi.

 Islom qadriyatlariga qarshi dastlabki keskin qadamini tashlagan Atambayevning zimdan bergan ishorasi ostida Qirgʻiziston musulmonlari ichida katta xurmatga ega boʻlgan sobiq muftiy Chubak hoji Jalilovni OAV orqali saboq berishiga taʼqiq qoʻyildi. Germaniya kantsleri Angela Merkelning Qirgʻizistonga uyushtirgan rasmiy safari oldidan esa Bishkek shahrining bir necha joylarida islomiy qadriyatlarni tahqirlovchi bannerlar paydo boʻldi. Merkel bilan boʻlgan uchrashuvdan soʻng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida esa Atambayev bunday bannerlarni butun mamlakat boʻylab joylashtirib chiqishga koʻrsatma berganini maʼlum qildi. Natijada bunday bannerlar mamlakatning bir qator viloyatlarida paydo boʻldi.

 Endi esa navbat masjiddagi ovoz kuchaytirigichlarga keldi. Ovoz kuchaytirgichlar orqali azon chaqirilishiga shu vaqtga qadar hech qanday eʼtiroz bildirmagan poytaxtliklarni Atambayev Toshkentga borib kelganidan soʻng Ozon sadolari “bezovta qila boshladi”.

 Bugun, 19 iyuldan boshlab Bishkek shahrida tungi vaqtlarda ovoz kuchaytirgichlar orqali azon aytishga taqiq qoʻyildi. Shahar sanepidnazorat markazining iddaosicha, goʻyoki kechqurun masjidlarda chaqirilgan azon tovushi aholini bezovta qilayotgani toʻgʻrisida koʻplab arizalar kelib tushayotgan emish. Shu sababli ham sanepidmarkazi shahardagi masjidlarda ovoz kuchaytirgich orqali azon chaqirilishiga taqiq qoʻydi, bu haqida barcha masjidlarga ogohlantirish yuborib bir hafta mobaynida qaror bajarilishini nazorat qilishini maʼlum qildi.

 Qirgʻiziston hukumati, xususan, prezident Almazbek Atambayev nima qilayotganini va xalqni qayoqqa qarab yetaklayotganini ham bilmay qolgan koʻrinadi. Hukumatning maqsadi nima? Aksar aholisi musulmonlardan iborat boʻlgan xalq ichida sunʼiy boʻlinish paydo qilish orqali tartibsizliklar keltirib chiqarishmi yoki musulmonlarning tuygʻu va qadriyatlari bilan oʻynashgan holda musulmonlar tomonidan boʻladigan biror aks natijani vujudga keltirishmi?

 Yoki dunyo boʻylab musulmon yurtlarida amalga oshirilayotgan urush va tartibsizliklar ortida kufr davlatlari turgani aniq boʻlgani holda rasmiy hukumat kufr davlatlari tomonidan beriladigan arzimas sadaqa pullarini qoʻlga kiritish ilinjida qoʻyilayotgan barcha talablarni soʻzsiz bajarishga tayyor holga kelib qoldimi?

A. Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.