Yerevanda qurolli isyon boshlangani haqida eʼlon qilindi
Armaniston poytaxti Yerevan yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya polki binosini egallab olgan qurolli guruh mamlakatdagi vaziyatni oʻzgartirish daʼvosi bilan chiqdi.
TASS agentligining respublika politsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, guruh qurolli isyon boshlanganini eʼlon qilgan va Armaniston hukumatida isteʼfoga chiqishni talab etmoqda.
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati xabariga koʻra, hujum qiluvchilar bino ichidagi odamlarni garovga olgan. Hujum vaqtida 1 kishi halok boʻlgan va bir necha kishi jarohatlangan.
Ayni vaqtda hududga harbiylar yuborilgan. Isyonchilar vakillari bilan muzokara boshlangan.
Dastlabki xabarlarda guruh vakillari Qorabogʻ mojarosi ishtirokchisi, “Yangi Armaniston” jamoat qutqaruv jabhasi, radikal muxolif siyosatchi Jirayr Sefilyanni hibsdan ozod etishni talab qilayotgani aytilgandi. Hududga olib boruvchi yoʻllar yopilgan.