Eron: Biz boʻlmaganimizda AQSh Afgʻonistonga kirolmasdi
Eron diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning bosh maslahatchisi Ali Akbar Velayati AQShning Afgʻoniston va Iroqqa bostirib kirishida Eronning roli haqida baʼzi maʼlumotlarni oshkor qildi. Velayatining taʼkidlashicha agar Eron boʻlmaganida AQSh Afgʻonistonga kirolmagan boʻlardi.
“Eron oʻsha paytda Birlashgan Millatlar tashkiloti bayrogʻi ostida Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan Tolibonga qarshi hamkorlikda kurash olib bordi. AQSh-Eron oʻrtasidagi muzokaralar oʻsha davrdagi bizning BMTdagi doimiy vakilimiz (hozirda Eron Tashqi ishlar vaziri) Muhammad Javad tarafidan olib borilgan edi. U paytda biz Panjsher vodiysida toliblarga qarshi Ahmad Shoh Masʼudni qoʻllab-quvvatlar edik. Afgʻonistonning katta qismi Tolibonning nazorati ostida edi. Bunday sharoitda Eron boʻlmaganda amerikaliklar Afgʻonistonga aslo kirolmagan boʻlardi. Ular Afgʻonistonga kirish fursatini qoʻlga kirutgunlarigacha oʻrtadagi muzokaralardan foydalandi. Lekin Afgʻonistonni qoʻlga kiritgandan keyin Eronni uchta yovuz mamlakatning biri sifatida koʻrsatishdi”, dedi Viloyati.
Viloyatiga koʻra, Saddam Husayn qulaganidan keyin ham, Iroq xavfsizligini vujudga keltirishga hissa qoʻshish maqsadida Eron va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtgan. Lekin amerikaliklar bu muzokaralarga rioya qilmay yana oʻz yoʻllarida davom etishgan.
“Amerikaliklar avval Eronning atom huquqlarini tan olib, sanktsiyalarni bekor qilishga doir bizga xabar yuborishdi. (AQSh Prezidenti Barak) Obamaning Eronga yuborgan maktubi bularni oʻz ichiga olardi. Lekin albatta keyinchalik ular aytganlariga amal qilishmadi”, dedi Xomanaiyning bosh maslahatchisi.
Velayatining maʼlum qilishicha, diniy rahbar Xomanaiy rasmiylar bilan oʻtkazgan soʻnggi uchrashuvida Eronnning kelishuvga sodiq qolganligini va qarshi tomon (AQSh) qoʻygan majburiyatlarni bajarganligini bildirgan.
Turkiston:
Islomni niqob qilib olgan mamlakat rahbarlari naqadar tubanlashib borishayapti. Eron, Saudiya, Turkiya…. kabi islomiy yetakchi davlatlar deb tan olingan mamlakat rahbariyatlari oxirgi vaqtlarda haqiqiy basharalarini ocha boshlashdi. Ular kufr manfaatini himoya qilish ustida oʻzaro musobaqalashishmoqda!
Avvallari Eron rahbariyati bosh boʻlib, yolgʻondan boʻlsa ham, “Amerikaga oʻlim. Allohu akbar” deb namoishlar uyushtirib, ommani qichqirtirib turar edi. Xoin Valayatiyning soʻzlari rost boʻlsa, Eron hukumati bosh boʻlib Amerikaga oʻlim deb qichqirishayotishgan bir vaqtda, davlat rahbariyati Amerika bilan yaqin hamkorlik olib borar ekan.
Hizb ut-Tahrir, Eronning islomiy inqilobidan keyin ham, avval ham, kufr xalqaro sistemasi bilan hamkorlik qilayotgani haqida aytib keladi. Ular odamlarni aldamoqchi boʻlishdi. Lekin Alloh ularni ichlaridagi kufrlarini va yashirin olib borayotgan harom ishlarini oshkor qilishni xohladi.
Kufr asosiga qurilgan xalqaro sistema buzulib borayapti. Unda kufr olami oʻz strotegiyalik yoʻnalishlarini oʻzgartira boshladi. Ilgari kufr mustamlakachilari islomiy yurtlar rahbariyatini vosita qilib, ularning qoʻllari bilan mamlakatlarga kufr siyosatini, saqofatini va iqtisodiy sistemasini olib kirib borar edi. Shuning uchun bu xoin rahbarlar oʻzlarini Islom himoyachilari qilib koʻrsatishga buyuruq olilishar edi. Chunki musulmonlardan iborat oʻz xalqlarini chalgʻitib turishlari uchun, ularga qalbaki boʻlsa ham islomiy obruy kerak edi. Hozirgi kufr strotegiyasiga koʻra, endi bu soxta siyosatchilarga ehtiyojlari qolmadi. Kufr Islomga qarshi ochiq maydonga chiqdi. U, Islom olami ichidagi hamkorlariga kufrni himoyasi uchun ochiq harakatlanishni taklif va talab qila boshladi. Butun molu dunyosi va hatto oila, farzandlarigacha butun bor-yoʻgʻini kufrga bogʻlab olgan bu yetakchilar ikki oʻt orasida qolishdi. Ular birin ketin kufrni ochiq olqishlay boshlashayapti.
Qirgʻiziston hokimiyati ham kufrni ochiq himoya qilib keladi. Endi hokimiyat Qirgʻiz diniy qatlami vakillarini ham, oʻzlaridan oʻrnak olishga majburlay boshlashdi. Haromni halol qilish uchun baʼzi imomlar fatvo chiqarishayapti. “Amirga itoʼat vojib” deb, bir qator harom amallar uchun yoʻl ochishga harakat qilishayapti.
Amir deb, Allohning yerdagi hukmlarini ijro qilib berayotgan odam eʼtibor qilinadi. Amirda oʻz xohishi bilan hukm qilish ixtiyori yoʻq. Shuning uchun har qanday amir ochiq haromga buyurganida unga itoat qilinmaydi. Muftiyot Amirlik emas. Unda hech qanday salohiyat yoʻq. Amir mavjud hokimiyatimiz boʻlishi mumkin. Lekin unda sharʼiy mahkama ham, idora ham, siyosat ham yoʻq. Hukumatimiz islomiy har qanday koʻrinishni oʻzidan uloqtiradi. Yaʼni u kufrini oshkor qiladi. U ilmoniylikni daʼvo qilib, Islomni ham, sharʼiy hukmlarni ham tan olmaydi. Shu yerda bir savol tugʻiladi, shariatni inkor qilgan hokimiyatga sharʼan itoat vojib boʻlishi mumkinmi? Yoʻq albatta! Unga faqat majburiy va vaqtinchalik itoat joiz boʻlib, unda ham nosharʼiy yaʼni harom ishlarga buyursa yoki farzlardan qaytarsa, itoat qilinmaydi.
Muftiyot ham, ulamo va imomlarimiz ham bu hukmlarni yaxshi bilishadi. Lekin ularning baʼzilari Allohdan koʻra insonlardan koʻproq qoʻrqadigan boʻlib qolishgan. Biz ularni Allohning qudratidan qoʻrqishga chaqirishdan toʻxtamaymiz. Aks holda bizlar ham yuqoridagi Eron siyosatchisi singari osiy va xoin boʻlib, oxiratda qoʻllarimiz qurigan holatda tirilib qolishimiz mumkin. Alloh saqlasin.