Rossiya va Turkiya aloqalarining tiklanishi ilk “samara”sini bera boshladi

460
0

Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarning tiklanishi ortidan bir qancha kelishuvlar amalga osha boshladi. Turkiya jumhuriyati bosh vazirligi jamoat diplomatiyasi muvofiqlashtiruvchisi tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, Putin Turkiyadan rozi bo‘la boshlagan.

“Terrorizmga qarshi kurash haqida bergan so‘nggi xabarlaringizni to‘liq ma‘qullayman”, deyiladi Putindan kelgan risolada.

Uchrashuvlardan va ikki rahbarning bir biriga yo‘llagan risolalaridan shu narsa ma‘lum bo‘ladiki, Rossiya bilan Turkiya o‘rtasidagi birinchi darajali muhim masala terrorizmga (Islomga) qarshi kurashish borasida hamkorlikni kengaytirishdir. Turkiyaning Rossiya bilan yaqinlashuvining natijasi asta-sekin Markaziy Osiyo va Rossiyalik musulmonlarga o‘z ta‘sirini o‘tkazishi kutilmoqda.

Kelishuv ilk “samara”sini Bursada berdi. Islomiy faoliyati tufayli Rossiyada tazyiq ostida qolgan Tagir Minibayev Turkiyadan boshpana topib, jurnalistika faoliyatini davom ettirayotgan edi. Kuni kecha u Bursada qo‘lga olindi. Hozirda uni Rossiyaga topshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Tagir Minibayev ilgari ham Istanbul migirantlar shu‘ba mudirligi tarafidan 1-2 oy muddatga qamab qo‘yilgan, so‘ngra sudning qaroriga ko‘ra yashash joyini tark etmaslik sharti bilan Bursaga yuborilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.