Putin dunyodagi barcha muammolar yechimiga oid fikrlarini bildirdi

530
0

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin, RFning xorijiy davlatlardagi elchilari va maxsus vakillari oldida qilgan chiqishida, o‘zaro kelishuv va hamkorlikka tayyor turish – jahondagi barcha mavjud muammolarning yechimi bo‘lib xizmat qiladi, degan fikrni bildirdi.

 “Aynan hamkorlik, umumiy xohish-istak va o‘zaro bir to‘xtamga kelishga tayyor bo‘lish – har qanday murakkab muammolarning, ular yer sharining qaysi nuqtasida paydo bo‘lmasin, kaliti bo‘lishi lozim. Hozirda, ziddiyatli holatlar kuchayib borayapti. Iqtisodiy va gumanitar sohalardagi xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar zaiflashish o‘rniga, aksincha kuchaymoqda. Dunyoning yangi-yangi mintaqalarini qamrab olayapti. Ishonchim komilki, vaziyatlarning xavfli tus olishi, ularning boshqarib bo‘lmas darajada rivojlanishini muloqot va o‘zaro hamkorlik asosida bartaraf etish mumkin. Jahon hamjamiyati esa, yanada adolatli xalqaro tartibni shakllantirish tomon harakatlanishi kerak. U, yagona va bo‘linmas xavfsizlik qoidalari va umumiy mas‘uliyat tushunchalari negizida ishlab chiqilishi lozim”,- degan Vladimir Putin.

Turkiston:

Rossiya xalqaro siyosatda yetakchi davlatlar safidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu ish uni BMTning xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishi bilan yakuniga yetadi.

Yuqorida Putin, xalqaro siyosatda yetakchi davlatlarni Rossiya bilan bamaslahat ish olib borishga chaqirayapti. Shuningdek, unga qarshi iqtisodiy va siyosiy sanktsiyalar ham noto‘g‘ri demoqchi. Putin dunyo hamjamiyatini va xalqaro siyosatni Islom olami tomon burulishga va butun kufr olamini shu tomonga qarab birdamlikda harakatlanishga chaqirayapti.

Turkiyadagi qo‘poruv amaliyotlarining keti uzilmay davom etaverishi oqibatiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Buning rqibatida, Rossiyadan Turkiyaga hijrat qilgan Tagir Minibayev Turklar tomonidan qo‘lga olindi. Uni Ruslarga qaytarib berib yuborish ishlari olib borilayapti va u oxirgisi emas. Erdogan, Putinni oldida zaiflik qildi. U yuzlagan musulmonlarni qurbon qilgan qo‘poruv amaliyotlarida ruslarning qo‘li bor ekanini bila turib, mazlumlikdan panoh izlab qochib kelgan muhojir birodarlarini berib yubormoqchi bo‘layapti. Putin turklarni Islom va musulmonlarga qarshi yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.