Turkiya va Isroil o‘rtasidagi kelishuv AQSh va yahud vujudini mamnun qildi

454
0

Turkiya va Isroil o‘rtasida Amerika Qo‘shma Shtatlari tashabbusi bilan tuzilgan bitim Oq uy va uning arzandasi Isroil davlatini hursand qildi. Turkiya Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Feridun Sinirliog‘lu Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning maxsus vakili Yusuf Ciyechanover bilan Rimda uchrashib, “Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish” bitimini imzolashi ortidan AQSh hukumati bunga tasannolar bildirdi.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Turkiya va Isroil o‘rtasidagi bitimdan juda mamnun bo‘lganliklarini aytib, bu qadam yana boshqa bir qancha ijobiy qadamlarga olib kelishiga umid bildirdi.

“Biz Turkiya va Isroil o‘rtasidagi bitimdan juda mamnunmiz. Bu ijobiy qadam yana boshqa bir qancha ijobiy qadamlarga yo‘l ochadi degan umiddamiz”, dedi AQSh davlat kotibi.

Bu bitimdan eng ko‘p mamnun bo‘lgan Isroil hukumatidir. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan Rimda uchrashuv o‘tkazgandan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Turkiya bilan erishilgan bitim Isroil iqtisodiyotiga ulkan ta‘sir ko‘rsatishini bildirdi.

Turkiston:

Turkiya va Isroil o‘rtasidagi bitim Turkiya da‘vo qilgani kabi, Falastin xalqining manfaati uchun tuzilmaganligi kundek ravshan. Shuning uchun Falastin xalqini ham, musulmonlarni ham mamnun qilmadi. Aksincha, AQSh Davlat kotibi Kerri aytganidek, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yahud vujudini xursand qildi.

Moviy Marmara Shahidlaridan birining qizi Maryam Chingiz o‘zining shaxsiy Facebook sahifasi orqali Turkiya va Isroil o‘rtasida kelishuvdan keskin noroziligini bildirdi.

“Kechirasiz!” Isroil bilan bitim tuzishimiz kerak dedingizmi? Yo‘q, aslo. Og‘zingizdan chiqayotgan gaplarni kar quloqlaringiz eshitmayapti shekilli! G‘azodan qamalni olib tashlar emish, uzr so‘rar emish, tovon to‘lar emish va hokazo! Qotil Isroil hozirga qadar qaysi so‘zida turdi, qaysi shartlarga amal qildi?

Janoblar, siz kimdan so‘rab ish qilyapsiz? Bu yerda qon egalarining gapi o‘tadi. Men boshqa shahidlarning oilalari kabi uzr ham, tovon ham, bitim ham qabul qilmayman. Falastin xalqining qadr qimmati sotilmagani kabi, shahidlarimizning qoni ham sotilmaydi. Barcha musulmonlar va Turkiya xalqi yuqoridagi bitim qarshisida qo‘l qovushtirib o‘tiradi deb o‘ylayapsizmi?!”, deydi jumladan Maryam Chingiz.

Eslatib o‘tish joizki, 6 yil oldin 2010 yil 10 Iyunda Isroil qaroqchilari Moviy Marmara kemasiga qorong‘i tunda hujum qilib, 10 nafar musulmonni o‘ldirgan paytda “Falastin da‘vosi bizning da‘vomizdir, Moviy Marmaraning hisobi so‘raladi, men rahbar ekanman, Isroil bilan aloqalar tiklanmaydi” degan kimsalar bugun aloqa tiklashning “hikmatlari va ne‘matlarini” tushuntirishga harakat qilishmoqda. U kunda “Isroil terror davlati” deya jar solgan rahbarlar bugun “Isroil bizning do‘stimizdir. Isroilga muxtojligimizni qabul qilishimiz lozim”, deyishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.