Deputat Kanibek Imanaliyev da‘vatga va diniy asosdagi siyosiy partiyalar faoliyatiga taqiq qo‘yish taklifini ilgari surib chiqdi.
“Ata Meken” fraktsiyasidan Jogorku Kenesh deputati Imanaliyev diniy vaziyatni izga solish uchun ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi va tegishli qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Imanaliyev jamoat joylari, o‘quv muassasalari va davlat idoralarida da‘vat ishlarini olib borishga taqiq qo‘yish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqdi. Qonun loyihasiga muvofiq, kasalxona, qamoqxona, internet va ijtimoiy muhofaza idoralarida mazkur mahkamalarning ruxsati bilangina da‘vat qilish mumkin bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, dinni yoyish uchun uyma-uy yurib da‘vatga chaqrish ham taqiqlanadi.
Odamlarni dinga da‘vat qilishga diniy tashkilotlar binolari va boshqa ruxsat berilgan joylardagina ruxsat beriladi. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladi. Imanaliyev tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga havola qilindi.
Turkiston:
Imanaliyev Islom Karimov rejimi hozirda olib borayotgan dinga qarshi siyosatini Qirg‘izistonga olib kirishni taklif qilayapti. Bu taklif kufr olami oldida Imomaliyevni martabasini bir oz ko‘tarishi mumkin, lekin Qirg‘iziston musulmonlari hozircha bu jirkanch loihani ustilariga tatbiq qilishlariga yo‘l bermaydi.
Buning uchun avval O‘zbekistondagidek kuchli avtoritar rejim va kuchli davlat mavjud bo‘lishi shart. Hozir bu shartlarning har ikkisi ham Qirg‘izistonda mavjud emas. Zaif Qirg‘iz rejimini tashqi kuchlar yordami bilan musulmon fuqorolarni bostirib turishni re‘jalashtirishayotgan bo‘lishsa, mustaqillik yo‘q ekani oshkor bo‘lib qoladi. Bu ham fuqorolar urushiga olib borishi mumkin bo‘lgan sharoitlardan hisoblanadi.
Qirg‘iziston islomiy jamoalari va islomiy elita vakillari ham bir necha bo‘laklarga bo‘linib ketyapti. Yuqoridagi qonun taklifi “Tablig‘” jamoasini yo‘q qilib yuborish maqsadini ko‘zlayapti. Demak, qaysidir siyosiy qatlamga bu islomiy jamoa xalaqit berayapti. Yoki yana davatchilarga qarshi ilgarigi tashqi kuchlarning bosimi boshlandi.
Nima bo‘lganida ham, kufrning Qirg‘izistonda tomir ortib, o‘rnashib, buzuqichilik amaliyodlarini rivojlantrib borishi Qirg‘izistonda da‘vatchilar tomonidan to‘sib turilibdi. Kufr olami bu (da‘vat) to‘sig‘ini olib yuborishdan juda manfaatdor. Ular bu kabi Islom va musulmonlarga qarshi qonunlarni taklif qilish va bu qonunlarni tatbiq qilish bilan Qirg‘izistonda vaziyat o‘ta keskinlashib ketishini ham juda yaxshi bilishadi. Lekin bu keskinlik ham ularga qandaydir manfaatlar olib kelishidan umid qilishyapti. Balki, ular Qirg‘izistonda islomiy norozilik qo‘zg‘alonlarini paydo qilishni qasd qilishayotgandir. Chunki bu kabi jirkanch qonun loihasi, bu kabi zaif va iqtisodiy holi tang mamlakat uchun hozirgi vaziyatda hech qanday yaxshilik olib kela olmaydi.
Da‘vat musulmonlarning yashashlaridan maqsad bo‘lgan asosiy ish hisoblanadi. Ular to‘sib yuborishni yoki cheklab qo‘yishni qasd qilishayotgan da‘vat Payg‘ambarimiz (Sollollohu alayhi vassallamning) va u kishining ashoblari RAlarning yashashlarining va shahodat keltirib o‘lishlarining asosi bo‘lgan. Chunki hatto islomiy davlat ostida ular olib borgan Jihod ham da‘vatning tariqatidan biri bo‘lib, faqat da‘vat uchun edi.
Birodarlar, kufr bizning mamlakatimiz ichiga bostirib kirib olib haddidan oshayapti. Biz hozirdan es hushimizni yig‘ib olmasak, ular bizlarni birin ketin bo‘g‘ib yuborishni maqsad qilishayapti. Kufr olami vakillari bizni bir-birimizni kamsitadigan va bir-birimizga zulm qiladigan qilib qo‘yishni maqsad qilishgan. Dunyoning juda ko‘p birchaklarida shu uslub asosida ish olib borishayapti. Ular ma‘lum bir qatlamga qarshi kurashishayotgandek ko‘rinishayotganlari bilan, aslida Islom va musulmonlarga qarshi kurashishayapti. Faqat bu maqsadlarini yashirmoqchi bo‘lishadi.
Musulmon birodarlar, bir birimizga qarshi kurashishimiz, kufrga quvvat bag‘ishlaydi. Biz kim bo‘lishimizning farqi yo‘q, deputatmi, ulamo yoki muftiymi. Ular bizni, bugun da‘vatdan to‘sishyapti, ertaga namozdan, ro‘za va boshqa ahkomlardan to‘sishadi. Buni biz qo‘shni O‘zbekistonda va Xitoy qo‘l ostidagi Uyg‘uristonda ko‘rib turibmiz.