ISLOM DEPUTATLARNING QO‘LLOVIGA MUHTOJ EMAS

507
0

بسم الله الرحمن الرحيم

ISLOM DEPUTATLARNING QO‘LLOVIGA MUHTOJ EMAS

Alloh Taolo insonni yaratib, uni aql ne‘mati bilan butan mahtuqotlardan mukarram qildi, farishtalarni unga sajda qildirib, bu aql na‘matini naqadar buyuk ne‘mat ekanini bildirib qo‘ydi. Lekin aql faqat Alloh Taoloni topishga va uning ne‘mati bo‘lgan Islomni bilish va o‘sha asosida yashash uchun bir vosita xalos. U Alloh Taologa qonun chiqarishda sherik bo‘lishiga olib bormasligi kerak. Alloh Taolo aytadi:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا إِلَهًا وَاحِدًا

 لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini hamda Masih binni Maryamni Parvardigor deb bildilar. Holbuki, faqat yagona Allohga bandalik kilishga ma‘mur (buyurilgan) edilar. Hech iloh yo‘q, faqat Uning O‘zi bordir. U zot ularning shirklaridan pokdir. [9:31]

Adiy ibn Xotam: “Ular rohiblarini Xudo qilib olmaganlar” dedi. Payg‘ambar(s.a.v):“Ularga haromni halol qilib, halolni esa harom qilib berishmaganmi axir. Mana shu ularni (ya‘ni rohiblarini) Xudo qilib olishlaridir” deb aytganlar.

Shuning uchun “qonun” chiqarishga o‘zini davogar deb bilish yoki kimdir birovni “qonun” chiqarishiga rozi bo‘lish kechirilmaydigan gunoh bo‘lib, bunday mo‘min tezda tavba qilishi kerak. Har qanday mo‘min ulamolardan ham hukm so‘rayotganda; “sizning fikringiz nima” deb emas, “menga shu voqelikka bo‘lgan Alloh Taoloning hukmini ayting” deb so‘rashi va unga taslim bo‘lishi shart, agar mo‘min bo‘lsa. Alloh Taolo aytadi:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

– „Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha-bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar“.  [4:65]

Alloh Taolo aytadi:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلاَ مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَنْ يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ

 مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلاَلاً مُبِينًا

– „Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukm qilgan – buyurgan vaqtida biron mo‘min va mo‘mina uchun (Allohning hukmini qo‘yib) o‘z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning payg‘am-bariga osiy bo‘lsa, bas, u ochiq yo‘ldan ozish bilan yo‘ldan ozibdi“,     [33:36]

Masalan: jum‘a vaqtida har qanday ishni tashlab, Allohni zikriga shashilinglar deb butun koinotni yaratgan Yaratguvchimiz buyurgan ayatini o‘qib, bilib turib bandalarga buni qilish uchun ruhsat beringlar deb aytish mo‘minning ishi emas. Alloh Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِي لِلصَّلَاةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ إِنْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

Ey mo‘minlar, qachon Jum‘a kunidagi namozga chorlansa (ya‘ni azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo‘lsangizlar, mana shu (ya‘ni Allohning zikriga — Jum‘a namozini o‘qishga shoshilish) o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir. [62:9]

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.