O‘tib borayotgan haftada “Qozog‘iston xalq banki” boshqaruv kengashi raisi Umut Shayaxmetova jamiyatda Qozog‘iston uchun yot bo‘lgan madaniy ko‘rinishlar kirib kelayotganini, hijob kiygan va yuzlarini butunlay yopib yurgan qozoq qizlarini ko‘rganida juda ham xafa bo‘lib ketishini aytib o‘tgan edi.
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Shariat va fatvo bo‘limi boshlig‘i Muhammad Husayn Alsabekov Shayaxmetovaning so‘zlariga raddiya bildirib chiqdi.
“Hijob to‘g‘risida barcha gaplar aytib bo‘lingan va ayni vaqtda buni qaytarishga xojat yo‘q. Bu masalada Ulamolar kengashining fatvosi qabul qilingan. Hijob avrat joylarini berkitish uchun muslima ayollar ixtiyori bo‘yicha kiyiladi, tamom. Qiyin qilish emas, yengil qilish kerak. Mening o‘ylashimcha bu masalani ko‘tarish kerak emas. U musulmonlarning o‘zlariga taalluqli va har bir oila buni o‘zi xal qilishi mumkin”,- deya ta‘kidlab o‘tibdi Alsabekov.
Shuningdek, Alibasov musulmon odam o‘z pullarini bankka ishonishi kerak emas degan so‘zlarga izoh berib o‘tdi.
“Bizlarda banklar mavjud, ularda albatta foiz bo‘ladi, Islomda esa foiz olish taqiqlangan. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, uy sotib olish zarur bo‘lib qoladi. Bunday holatlarda shariat foizsiz kredit olishga ruxsat beradi”,- dedi Alsabekov.
Turkiston:
Insha Alloh ulamolarimiz asta sekin o‘z yo‘llarini Payg‘ambarimiz (sollollohu alayhi vassallam)ning yo‘llariga moslashtirib olishadi. Chunki, ularning Islomiy tuyg‘ulari hali so‘ngani yo‘q. Vaqtincha kufr sistemasining taziyqlari ularning ba‘zilarini biroz adashtirib yuborgan bo‘ldi. Lekin ularning deyarli barchasi o‘zida Islomiy tuyg‘u va kufrga nisbatan adovatni saqlab qolishgan.
Yuqoridagi birodarimiz Muhammad Husaynning gaplarida va uslubida jon bor. Ulamolar kufr gumashtalari chiqarayotgan fitnalariga javob berib yuravermay, mamlakatlarimizdagi barcha aloqa va munosabatlarimizning shar‘iy hukmlarini bayon qilib borishlari vojib. Bank sohalari, aroq ishlab chiqarilishiga bo‘lgan musulmonlarning muomilalari, yarim yalang‘och ayollarga va fohishaxona va (gey, lezbiyanka)larning hukumat tomonidan ochiq himoyasiga olinishiga bo‘lgan har bir musulmonning shar‘iy burchlari, yer va boshqa umumiy fuqorolarning mulklarini sotib yuborilishiga nisbatan shar‘iy hukmlar…. va hokazo, hayotimizning barcha jabhalaridagi muomilalarning shar‘iy hukmlari ochiq bayon qilinishi kerak.
Nega endi biz musulmonlar, kufr tomonidan olib borilayotgan barcha noshar‘iy harakatlar va tuhmatlarga shariatdan ularga uzur izlab, shar‘iy hukmlarni ularga moslab, burab, pastkashlik qilib, ulardan qo‘rqib yashashimiz kerak. Kufr hijobga osilayotganida biz bank sistemasiga, soqolga osilayotganida esa, biz aroq va soliq tizimiga zarba berishimiz kerak. Bu biz uchun himoyalanishimizdan ko‘ra yaxshiroq va oxiratimiz uchun manfaatli harakat bo‘ladi insha Alloh.