Bishkekka MDHga a‘zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishi munosabati bilan kelgan Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, yig‘ilish avvalida Qirg‘iziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov bilan alohida muzokara o‘tkazdi.
“Ala-Archa” qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat hukumat rahbarlari o‘zaro iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida jami 7 ta kelishuv imzolandi. Shulardan biri neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish masalasidir. Hujjatga muvofiq neft mahsulotlarini bojlarsiz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari Medvdev “Gazprom” davlat kompaniyasining Qirg‘iziston gaz transporti tizimiga sarmoya kiritish rejalari haqida ma‘lum qildi.
“Biz, bu masalani yetarlicha muhokama qildik va alaloqibat kelishib oldik. Hozir respublikaning tabiiy gaz ehtiyojini rivojlantirishga oid jiddiy rejalar mavjud. “Gazprom” shu maqsadda ishlamoqda, gaz transport, gaz taqsimlash sohasiga sarmoya kiritish rejalanmoqda”, – dedi Medvedev.
Medvedevning aniqlik kiritishicha, “Gazprom” Qirg‘iziston gaz transporti sohasiga 2030 yilgacha 100 mlrd rubl miqdorida sarmoya kiritishi mumkin. Uning uchdan biri yaqin ikki yilda soha loyihalariga yo‘naltiriladi.
Uning fikricha, “bu holat, respublikaning tabiiy gaz bilan ta‘minlanganlik darajasini sezilarli ko‘taradi”.
Turkiston:
Moskvadagi RusEnergy kompaniyasining hamkori va tahlilchisi Mixail Krutixin 2016 yilning boshida “ozodlik radiosi”ga, Rossiyaning iqtisodiy krizis sabablari va nima sababdan Rossiya o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajara olmayotgani haqida aytib bergan edi.
“Ta‘kidlab o‘tish joizki, Rossiyada o‘ta murakkab moliyaviy holat yuzaga kedib borayapti. Hukumat, mamlakatdagi barcha moliyaviy imkoniyatlarini ishga solib, byudjetni to‘ldirishga harakat qilayapti. Shu maqsaddan kelib chiqib, yirik loihalar to‘xtatilib ularni moliyalashtirish ishlari yo‘qqa chiqarilayapti. Avvalgi navbatda tashqari mamlakatlar bilan imzolangan loihalar to‘xtatiladi. Bu nafaqat Qirg‘izistondagi loihalar, balki barcha mamlakatlar bilan ishlab chiqilgan va moliyalashtirish kerak bo‘lgan loihalar to‘xtatiladi. Rossiya, barcha tashqi investitsiyasini to‘xtatishga majbur, negaki pul yo‘q, yetishmayapti. Mening o‘yimcha Bishkek ham, Rossiyaning shu vaziyatidan kelib chiqib hukm chiqarishi kerak”, degan edi Krutixin.
Shuningdek Krutixin, Ozodlikning muxbiriga, yaqin kelajakda Rossiyada reforma bo‘lishidan ham umid yo‘q ekanini ilmiy va voqe‘dan keltirib tushuntirib bergan edi.
Qirg‘iziston, “gazprom”dan yil sayin 1 milliard kub atrofida gaz sotib oladi. Bu “gazprom” uchun yiliga taqriban 2 milliard dollar kirim degani. Aytaylik bu pulning yarmi gazning tannarxiga sarf bo‘lganida ham, “gazprom” yiliga Qirg‘izistonning o‘zidan taqriban 1 milliard dollor atrofida foyda ko‘radi.
Medvedev Qirg‘iziston gaz infrastrukturasi uchun 2030 yili sarflashga va‘da berayotgan mablag‘ 100 milliard rubl, ya‘ni hozirgi kurs bilan hisoblaganimizda 1.6 milliard dollor bo‘lar ekan. Bu “gazprom”ning bizning o‘zimizdan bir necha yildan buyon olib kelayotgan daromadi emasmi? Investitsiyani negadir 14 yildan keyin olib kirar emish. Bu bizning tilda aytganda “aravani quruq olib qochish”, intelegantlar terminida esa, “siyosiy populizm” deb ataladi.
Krutixinning tahlili juda to‘g‘ri. Rossiya, nafaqat tashqariga, hatto ichki moliyaviy tarmog‘ida ham krizisga uchrab borayapti. Medvedev va Jiyanbekovlarning bir birlari bilan quchoqlashib, hamma ish joyida degandek ko‘rinishlari siyosiy populistik harakatlar. Ularning har biri o‘z mamlakati fuqorolarini mumkun qadar uzoqroq aldab turish uchun majbur kulishayapti. Ularga “kasalni yashirsang istmasi oshkor qiladi” deging keladi.