Ruminiyada AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimi ishga tushdi

588
0

Amerikaning NATO davlatlari uchun raketaga qarshi tizimi payshanba kunidan Ruminiyada ishga tushdi.

 Qurollanish ustidan nazorat masalalari bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi Frenk Rouz ishtirokida 12 may kuni Deveseldagi bazada “Idjis” raketaga qarshi mudofaa tizimining tayyorligiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

 Pentagon rahbarining Yevropadagi vakili Robert Bellning ta‘kidlashicha, Deveselda tizimning harakatga tayyorligi va uning NATO boshqaruviga o‘tkazilishi e‘lon qilindi.

 NATO matbuot xizmatiga ko‘ra, marosimda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ishtirok etdi.

 13 mayda esa, Polshadagi Redzikovo aholi punktida aynan “Idjis” mudofaa tizimining qurilishiga tosh qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.

  Ikki baza ham AQSh va NATOning Yevropaning raketa qarshi mudofaa tizimini kengaytirish bo‘yicha 2- va 3-bosqich dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

 Endilikda Moskva ham avval ta‘kidlaganidek, AQSh va Yevropaning mudofaa tizimini kengaytirish rejasiga javoban ish tutishi mukinligi taxmin qilinmoqda.

Turkiston: 

Rossiya G‘arb olami bilan sovuq urush holatini paydo qila olmasligi ma‘lum. Chunki unda na mafkuraviy na siyosiy va na iqtisodiy quvvat bor. Ilgari xuddi shunday vaziyatdan foydalanib, AQSh Polshaga o‘zining aloqa tizimiga zarba beruvchi, harbiy eshalon tuzulma bazasini olib kirib, joylashtirib olgan edi. Rossiya harbiy ekspertlarining ta‘kidlashlaricha, shu kundagi vaziyatda, AQSh Rossiyaning harbiy aloqa tizimlarini bir soat mobaynida falaj holatiga solib qo‘ya oladi. Demak Rossiya AQShga aloqador harbiy quvvatlarga qarshi yurish qilib yuborishi amri mahol ish.

AQSh, Rossiyaning hozirdagi siyosiy karaxt holatidan har tomonlama foydalanib, unga qarshi Yevropadagi harbiy ishtirokini yanada kuchaytirib olayapti. Ya‘ni Rossiyaning Yevropaga nisbatan nafrati va tahdidi AQShning harbiy mustamlakachilik manfaatlariga qo‘l kelayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.