Islomiy davlat qanday davlat

577
0

بســـــم الله الرحمن الرحيم

Islomiy davlat qanday davlat

Hozirgi avlod Islomni to‘la tatbiq etgan Islomiy Davlatni ko‘rmadi. Shuning uchun hozirgi voqelik hukmronlik qilayotgan tasavvurga Islomiy Davlat boshqaruvining suratini keltirish musulmonlar oldidagi g‘oyat mushkul narsa bo‘lib qoldi. Odamlar boshqaruvni islomiy yurtlarga majburan kiritilgan buzuq demokratik tuzumlarning o‘lchovidagina tasavvur qila olishadi. Qiyinchilik faqat bundagina emas, balki eng og‘iri G‘arb saqofati bilan zaharlangan bu zehnlarni o‘zgartirishdir. Darhaqiqat, G‘arbning bu saqofati Islomiy Davlatga qarshi qaratgan quroli bo‘ldi. U bu qurol bilan Islomiy Davlatni butunlay yo‘q qiladigan qaqshatqich zarba berdi va bu davlatning farzandlariga o‘ldirilgan onalarining qoni oqib turgan qurolini ko‘rsatib, faxr bilan: “Men sizlarning g‘amingizni yemagani uchun o‘limga mahkum bo‘lgan onalaringizni o‘ldirdim va sizlar uchun shunday bir g‘amxo‘rlik tayyorladimki, uning soyasida baxtli hayot va abadiy ne‘mat lazzatlaridan bahramand bo‘lasizlar”, dedi. Musulmonlar quchoq ochib qotilga peshvoz chiqishdi. Vaholanki, onalarining qoni G‘arbning bu qurolidan haligacha arigani yo‘q. G‘arb ularga nisbatan yirtqich hayvonning ishini qildi – yirtqich o‘ljasini g‘aflatda qoldirib, chang soladi. U zarbadan o‘ziga kelganda kech bo‘ladi va yirtqich uni o‘rmonga eltib yeydi. Ular bugungilik kunda Ummat farzandlariga qanday vahshiyliklar qilishayotganini guvohi bo‘lib turibmiz.

Ularga malaylik qilishni tashlamagan, azrimas hayotga ko‘nikib qolgan ushbu zaharlangan aql egalari Islomiy Davlatni yo‘q qilgan va ular mahkam tutgan bu zaharli qurol hayotlarini xazon qilishini bilisharmikin?! Ular ko‘tarib yurgan millatchilik va dinni davlatdan ajratish fikrlari-yu, Islomga ta‘na toshlarini otuvchi ra‘ylar – ularga ushbu saqofat bergan zaharlarning bir qismi ekanini bilisharmikin?! “mo‘tadil” yoki “an‘anaviy” nomlar bilan Islomdan chalg‘itish maqsad qilingan urinishlar, shu asosida tashkil qilinayotgan tashkilotlar, yig‘inlar ham tarixda Islom davlatini yo‘q qilib, endilikda uni qaytib kelishini ortga surish uchun bo‘lgan G‘arbning jirkanj urinishlari bo‘lib, bu ishda imom-domlalardan foydalashishga urinishayotganini bilisharmikan?!

Yo‘q, ular bekorga urinishadi. Ummat do‘st-dushmanni ajratdi. Yoshlarimiz chalg‘imasliklari uchun va haq bilan botilni ajratishlari uchun Islomiy davlatni Rosululloh(s.a.v) qanday qurganini “Islom davlati” kitobimizdan va xozirgi kunda islomiy boshqaruv jihozi qanday bo‘lishini “Xalifalik davlati jihozi” kitobidan bilib olishlari mumkin. Quyida shu davlat konstitutsiyasi tayorlab qo‘yilganiga misol sifatidan undan ikki moddani keltiraman:

185-modda – Harbiy shartnomalar, shuningdek harbiy shartnomalar jumlasiga kiradigan siyosiy shartnomalar hamda harbiy baza va tayyoragohlarni ijaraga berish bitimlari qat‘an man qilinadi. Yaxshi qo‘shnichilik bitimlarini, iqtisodiy, tijoriy, moliyaviy, saqofiy va vaqtinchalik sulh bitimlarini tuzish joizdir.

186-modda – Islom Davlati Islom asosiga qurilmagan yoki Islom ahkomlarini tatbiq qilmaydigan tashkilotlarda ishtirok etishi joiz emas. Bunday tashkilotlar jumlasiga BMT, Xalqaro sud, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki kabi davlatlararo tashkilotlar hamda “Arab davlatlari birligi” kabi iqlimiy tashkilotlar kiradi. (Islmiy davlat “dustur(konstitutsiya) loihasi”dan).

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.