Islom davlati tiklanishidan oldin va keyin eritib tozalash amaliyoti haqidagi savolga javob

494
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمْ

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fikriy)

Mustafo Movad (Mustapha El Mawed)ning Islom davlati tiklanishidan oldin va keyin eritib tozalash amaliyoti haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Boshqaruv qo‘lga olinganidan keyin eritib tozalash amaliyoti amalga oshirilishi kayfiyati haqidagi tasavvuringiz qanday? Bu amaliyot ommaviy saqofatlantirish halqalari yoki ma‘ruzalar orqali bo‘ladimi yoki ommaviy axborot vositalari va ta‘lim programmalari orqali bo‘ladimi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

Savolingizga javob berishdan oldin “uyushma” kitobchasidan eritib tozalash amaliyoti mohiyatini bayon qiladigan ba‘zi satrlarni e‘tiboringizga havola qilaman: “… guruh o‘z navbatida mabdaiy hizbga aylanib, ikki jihatdan tabiiy ravishda o‘sa boshlaydi: birinchisi – mabdani to‘la, ongli ravishda qabul qiladigan hujayralarni paydo qilish orqali o‘z hujayralarini ko‘paytirish; ikkinchisi – butun Ummatda mabda haqida umumiy ongni yuzaga keltirish. Mabda haqidagi ushbu umumiy ongdan fikrlar, ra‘ylar va e‘tiqodlarning – Ummatda yakdillik suratida bo‘lmasa-da – jamoiy ravishda birxillashuvi hosil bo‘ladi. Bu bilan Ummatning maqsadi, aqidasi hamda hayot haqidagi ko‘zqarashi birxillashadi. Shunda hizb Ummatni eritib, uning qoloqlashishiga sababchi bo‘lgan yoki qoloqligi davrida paydo bo‘lgan kir va fasodlardan tozalaydigan doshqozonga aylanadi. Ummatni bunday eritib tozalash ishiga hizb boshchilik qiladi. Bu uyg‘onishga sabab bo‘ladigan amaliyot mashaqqatlidir. Shuning uchun bu ishni o‘z fikrati bilan yashayotgan, hayotini fikratiga bag‘ishlagan va bosadigan har bir qadamini anglaydigan hizbgina bajara oladi”.

Shunday qilib demak Hizb Ummatni eritib tozalash amaliyotini amalga oshiradi. Bu amaliyotni eng yaxshi tarzda amalga oshirish uchun Hizb o‘z imkoniyatidagi barcha vositalar va uslublarni ishga soladi… Hizb hozir bu eritib tozalash amaliyotini imkoniyatidagi uslublar va vositalar bilan amalga oshirmoqda… Alloh izni bilan davlat tiklanganidan keyin esa Hizb eritib tozalash amaliyoti bilan shug‘ullanishni Alloh izni bilan davom ettiradi… Lekin farq quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  1. a) Davlat tiklanganidan keyin Islom tatbiq etiladi. Buning esa hech shubhasiz eritib tozalash amaliyotining tezlashishiga kuchli ta‘siri bo‘ladi. Chunki tatbiq etiladigan nizom va bu nizom bo‘yicha yuritiladigan boshqaruv ishlari Hizb amalga oshiradigan eritib tozalash amaliyoti bilan uyg‘un-hamohang bo‘ladi… Hozirgi voqelik esa buning tamoman teskarisidir. Chunki hozir kufr nizomlari tatbiq etilmoqda va musulmonlar Ummatga dushman bo‘lgan hokimlar tomonidan boshqarilmoqda. Bu esa eritib tozalash amaliyotida muvaffaqiyat qozonishni ancha qiyinlashtiradi.
  2. b) Hizbning odamlarga yetib borishiga yordam beradigan vositalar va uslublar hech bir cheklovsiz imkoniyatda bo‘ladi. Chunki davlat zimmasiga Islom asosiga qurilgan siyosiy hizb-partiyalarning ish olib borishi uchun keng yo‘l ochib berish vazifasi shar‘an lozim bo‘ladi. Balki davlat zimmasiga bu siyosiy hizblar ishlarini qo‘llab-quvvatlash vazifasi ham lozim bo‘ladi. Shuning uchun demak telekanallar, radiolar, inernet tarmog‘i, masjidlar, turli yig‘inlar, siz savolda aytib o‘tgan barcha vositalar va uslublar hech bir to‘siqsiz yoki qiyinchiliksiz mana shu siyosiy hizblar tasarrufi ostida bo‘ladi. Bu esa Alloh izni bilan hech shubhasiz eritib tozalash amaliyotini tezlashtiradi va uning takomillashishiga va muvaffaqiyatiga olib keladi.

Tabiiyki Hizb o‘zining hamma ishlarini: markazlashgan saqofat berishni, jamoiy saqofat berishni, fikriy va siyosiy kurashni, Ummat manfaatlarini tabanniy qilishni davom ettiradi…

  1. v) Davlatning Islomni tatbiq etishi butun Ummatda Islom haqida va‘yi omning vujudga kelishiga kuchli hissa qo‘shadi. Mabda borasidagi bu va‘yi omdan Ummatda fikrlar, ra‘ylar va e‘tiqodlar birligi hosil bo‘ladi… Bu esa eritib tozalash amaliyotini, binobarin Ummatning uyg‘onishini tezlashtiradi…

Shunday qilib bu sohadagi ish davlat tiklanganidan keyin – uning tiklanishidan oldingidan ko‘ra – Alloh izni bilan osonroq va tezroq bo‘ladi…

Umid qilamanki bu mavzu Alloh Subhanahu izni bilan yetarli ravishda tiniq bo‘lgan bo‘lsa kerak.

20 rajab 1437h

27 aprel 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.