“Ayni vaqtda barcha OAV egalari, mulkchilikning barcha shakllari Qozog‘istonni rivojlantirishda o‘z mas‘uliyatlarini tushinishlari kerak. Nima uchun “mulkchilikning barcha shakllari” deyapman? Hozir liberal bo‘lish vaqti emas, biz mamlakatni saqlab qolishimiz kerak. Hozir vaziyat murakkab, qozog‘istonliklar Qozog‘istonda Ukraina xodisalari bo‘lishini xohlashmaydi, men buni bilaman. Hamma eshitib olsin. Agar kimdir bu yerga ham olib kelmoqchi bo‘lsa, biz eng qattiq choralarni ko‘ramiz. Barcha bilib va eshitib olsin, keyin meni ogohlantirmagan deb aytib yurishmasin”,- dedi Nazarboyev kunning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish chog‘ida.
Shuningdek, Nazarboyev nima uchun axborot va kommunikatsiya vazirligi qayta tashkil etilayotganini tushintirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikni tarqatib yuborilishi xato bo‘lgan, shuning uchun ham qayta tashkil etilmoqda. Vazirlikka istalgan mulkchilik shaklidagi axborot fazosini, jumladan internet-resurslar va ijtimoiy tarmoqlarni eng o‘tkir muammolarni tezkorlik bilan aniqlash va ularga javob berish maqsadida monitoring qilish bo‘yicha vazifalar yuklatiladi.
Shu bilan birga yangi vazirlik davlat axborot siyosatini ishlab chiqish, barcha davlat organlarining axborot faoliyati va faolligini muvofiqlashgtirish va nazorat qilish, davlat axborot buyurtmasi va hukumat tomonidan ajratilgan mablag‘larning samaradorligini rejalashtirish va tahlil qilish bilan ham shug‘ullanadi.
“Biz sizlar bilan dinamik sur‘atlarda turli isloxotlar o‘tkazmoqdamiz. Yana bir bor takrorlayman bu – yangi murakkab global voqelikda millatning yashab qolish masalasi. Dunyo bizlarni kutib turmaydi. Biz gap sotib, mitinglar bilan band bo‘lib yurganimizda, dunyo oldinga o‘tib ketadi va biz abadiy orqada qolib ketaveramiz”,- dedi Nazarboyev.