بســـــم الله الرحمن الرحيم
ITOAT
Islomdagi “itoat”ni tushunishimiz uchun itoat qilinayotgan shaxs va u talab qilayotgan buyruq juda ahamiyatli. Ba‘zi o‘rinda itoat qilish shart bo‘lsa, ba‘zi o‘rinlarda itoat qilmaslikni Alloh Taolo buyurgan, masalan; berilgan buyruq Islomning ziyoniga bo‘lsa. Mu mavzu‘ni tafsiloti quyidagicha:
““Itoat asosiy ish bo‘lib, u sababli davlatda tartib-intizom vujudga keladi. U davlat va Ummatda ommaviy tartib-intizom mavjudligiga dalolat qiladigan eng muhim ko‘rinishlardan biridir. Shuning uchun ham Qur‘on ko‘plab oyatlarda itoatga undab keldi. Vahiy kelib turganiga, mo‘‘jizalar va risolat bo‘lib turganiga, Rosululloh shaxsan o‘zi borligiga va bularning hammasi itoatni vujudga keltirish uchun yetarli ekaniga qaramay Qur‘on itoatga undab keldi. Qur‘on buyurib kelgan itoat shunday itoatki, uning asosiga davlat va Ummat vujudi quriladi. U shu vaqtning o‘zida itoat xulqini bayon qilish hamdir. Oyatlar itoat vojib bo‘ladigan paytda itoat qilishga qattiq buyurib keldi. Buyurganda ham unga majburlaydigan va uni musulmon xususiyatlaridan biri qilib qo‘yadigan tarzda buyurdi. Itoat qilish joiz bo‘lmagan paytda itoat qilishdan qaytardi. Qaytarganda ham itoat qilmaslikka majburlaydigan va bunday paytda itoat qilishni musulmon o‘zini yiroq tutishi lozim bo‘lgan narsa deb e‘tibor qilishga undaydigan tarzda qaytardi. Shuning uchun biz Qur‘on itoat xususiyatini vujudga keltirayotgan paytda shunday deb aytayotganini ko‘ramiz:
“Alloh va payg‘ambarga itoat qilingiz!” [Oli Imron: 32]
“Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!” [Toha: 90]
“Quloq solib, itoat qilinglar” [Tag‘obun: 16]
“Kim Alloh va uning payg‘ambariga itoat etsa, uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritadi” [Niso: 13]
“Kimki payg‘ambarga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi” [Niso: 80]
“Kimda-kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in‘omlariga sazovor bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lurlar” [Niso: 69]
Alloh bu oyatlarda mutlaq itoatga buyurdi, itoat muqayyad bo‘lmay keldi. Biz Rosululloh ning hokimlar va voliylarga har qanday holatda itoat qilishga buyurayotganini, faqat agar gunohga buyursagina itoat qilmaslik lozimligini aytayotganini ko‘ramiz. Ibn Abbosdan Nabiy ning shunday degani rivoyat qilindi:
“مَنْ كَرِهَ مِنْ أَمِيرِهِ شَيْئًا فَلْيَصْبِرْ عَلَيْهِ فَإِنَّهُ لَيْسَ أَحَدٌ مِنَ النَّاسِ خَرَجَ مِنَ السُّلْطَانِ شِبْرًا فَمَاتَ عَلَيْهِ إِلاَّ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً”
“Kim amiridagi biron narsani yoqtirmasa unga sabr qilsin. Zero kimki sultondan bir qarich chetga chiqib shu holda o‘lsa johiliyat o‘limi bilan o‘libdi”. Muslim rivoyati. Rosululloh amirga itoat qilmaslikni jamoatdan ajralib qolish deb hisobladilar. Abu Rajo Utoridiy hadis rivoyat qilib dedi: Men Ibn Abbos dan Nabiy ning shunday deganini eshitdim:
“مَنْ رَأَى مِنْ أَمِيرِهِ شَيْئًا يَكْرَهُهُ فَلْيَصْبِرْ فَإِنَّهُ مَنْ فَارَقَ الْجَمَاعَةَ شِبْرًا فَمَاتَ فَمِيتَتُهُ جَاهِلِيَّةٌ”
“Kim amiridan o‘zi yoqtirmaydigan biron narsani ko‘rsa sabr qilsin. Zero kim jamoatdan bir qarich ajrab o‘lsa johiliyat o‘limi bilan o‘libdi”. Muslim rivoyati. Musulmonlar Nabiy ga bay‘at berishgan narsalardan biri itoat edi. Junoda ibn Abu Umayya rivoyat qiladi:
“دَخَلْنَا عَلَى عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ وَهُوَ مَرِيضٌ قُلْنَا أَصْلَحَكَ اللَّهُ حَدِّثْ بِحَدِيثٍ يَنْفَعُكَ اللَّهُ بِهِ سَمِعْتَهُ مِنَ النَّبِيِّ قَالَ: دَعَانَا النَّبِيُّ فَبَايَعْنَاهُ فَقَالَ فِيمَا أَخَذَ عَلَيْنَا أَنْ بَايَعْنَا عَلَى السَّمْعِ وَالطَّاعَةِ فِي مَنْشَطِنَا وَمَكْرَهِنَا وَعُسْرِنَا وَيُسْرِنَا وَأَثَرَةً عَلَيْنَا وَأَنْ لاَ نُنَازِعَ الأَمْرَ أَهْلَهُ قَالَ: إِلاَّ أَنْ تَرَوْا كُفْرًا بَوَاحًا عِنْدَكُمْ مِنَ اللَّهِ فِيهِ بُرْهَانٌ”
“Biz Uboda ibn Somitning oldiga kirdik. U kasal edi. Biz: Alloh sizga shifo bersin, Nabiy dan eshitgan biron hadisni aytib bering, Alloh u sababli sizga naf yetkazsin – dedik. U bunday dedi: Nabiy bizni da‘vat qildilar. Biz u kishiga bay‘at berdik. Bizdan bay‘at olar ekan, xursandchilikda ham, xafachilikda ham, og‘ir kunlarimizda ham, yengil kunlarimizda ham quloq solib, itoat etishga, o‘zimizdan afzal ko‘rishimizga, ishni egasidan talashmasligimizga bay‘at berishimizni aytib: faqat agar ochiq kufrni ko‘rsangiz va sizda bu haqda Allohdan aniq hujjat bo‘lsa, (shundagina talashishingiz mumkin), dedilar”. Buxoriy rivoyati. Demak oyat va hadislar itoatga buyurib keldi. Lekin bu itoat Islom doirasida bo‘lishi lozim. Shuning uchun boshqa hadislar Allohga osiy bo‘linadigan o‘rinda itoat qilishdan qaytarib keldi. Nabiy dedilar:
“لاَ طَاعَةَ لِمَخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ”
“Xoliqqa osiy bo‘linadigan o‘rinda maxluqqa itoat qilinmaydi”. Ahmad rivoyati. Nofe‘ Abdulloh dan, u Nabiy dan shunday deganini rivoyat qildi:
“السَّمْعُ وَالطَّاعَةُ عَلَى الْمَرْءِ الْمُسْلِمِ فِيمَا أََحَبَّ وَكَرِهَ مَا لَمْ يُؤْمَرْ بِمَعْصِيَةٍ فَإِذَا أُمِرَ بِمَعْصِيَةٍ فَلاَ سَمْعَ وَلاَ طَاعَةَ”
“Musulmon kishi, modomiki biron gunohga buyurilmas ekan, yoqtirgan va yoqtirmagan narsasida quloq solib, itoat qilishi vojib. Endi agar biron gunohga buyurilsa quloq solib, itoat qilmaydi”. Buxoriy rivoyati.
Biroq Alloh buyurgan bu itoat ommaviy tartib-intizom o‘rnatish lozim bo‘lgan paytda bo‘ladi. Ammo bu itoat Islom ziddiga bo‘lsa yoki Alloh yo‘lidan boshqa yo‘l foydasiga xizmat qiladigan bo‘lsa, bunday holatda Islom itoat etishdan qattiq qaytardi. Shu bois Alloh Taolo bizni ayrim itoatlardan ochiq qaytarib, shunday dedi:
“Ey mo‘minlar, agar kitob berilgan kimsalarning ba‘zi bir guruxlariga bo‘yinsunsangiz, ular sizlarni iymonga kelganingiz-dan keyin yana kofirlikka qaytaradilar” [Oli Imron: 100]
“Va Biz qalbini Bizni zikr qilishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi-nafsiga ergashgan va qilar ishini bilmagan kimsalarga itoat etmang!” [Kahf: 28]
“Er yuzidagi kimsalarning juda ko‘plariga itoat qiladigan bo‘lsangiz, sizni Allohning yo‘lidan ozdirurlar” [An‘om: 100]
“Bas siz kofir kimsalarga bo‘yinsunmang!” [Furqon: 52]
“Bas, (ey Muhammad) yolg‘onchi kimsalarga itoat etmang!” [Qalam: 8]
“Va ulardan biron gunohkor yo ko‘rnamakka itoat qilmang!” [Inson: 24]
“(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo‘r kimsaga itoat etmang!” [Qalam: 10]
Bu oyatlarning hammasi o‘z sifatlari bilan ajralib turuvchi muayyan shaxslarga itoat etishdan qaytarmoqda. Bu oyatlarni kuzatadigan bo‘lsak ularda aytilayotgan itoat Islom ziddiga ekanligi va Islom yo‘lidan boshqa yo‘lga xizmat qilishi ayon bo‘ladi. Alloh Taolo bularni bizga dillarimizda itoat ommaviy tartib-intizomni vujudga keltirish sari yo‘naladigan bo‘lib shakllanishi uchun, Islom davlati vujudiga zarar bo‘ladigan o‘rinlarda itoatdan yiroq bo‘lishimiz uchun bayon qildi. Shuning uchun musulmon odam Allohning itoat qilish haqidagi amriga labbay deb bo‘ysunar ekan, Alloh kimga itoat etishdan qaytargan bo‘lsa unday kimsalarga itoat etishdan qaytishi vojib.”” (“islomiy shaxsiya” 2-chi kitobidan).