Xalifalik ag‘darilishining 95 yilligi xotirasi

532
0

Xalifalik ag‘darilishining 95 yilligi xotirasi

Keling, bashariyatni kufr zulmatidan Islom nuriga olib chiqish uchun Islom quyoshi oldidagi bulutlarni tarqataylik

Rajab oyida musulmonlar Xalifalik davlatini yo‘qotganlariga to‘qson besh yil bo‘ldi. Rosululloh  imom Buxoriyning Abu Hurayra dan rivoyat qilgan hadisida

“وَإِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ”

“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, dedilar. Xalifa yo‘q bo‘lgan kundan boshlab, yeb to‘ymas ochofatlar o‘z tovog‘iga tashlangani kabi dunyoning barcha tomonidan musulmonlarga tashlanishdi, shariatimiz ahkomlarini to‘xtatib, boshimizga ne-ne balolarni yog‘dirishmadi… bir butun davlatimizni mayda davlatchalarga bo‘lib tashlashdi, boyliklarimizni talon-taroj qilishdi, qonlarimizni daryo qilib oqizishdi, ikki qiblamizning birinchisini, Rosululloh ning Isro va Me‘roj o‘rinlarini toptashdi, ularning zulm va qirg‘inlariga duchor bo‘lmagan musulmon qolmadi. Zulm, qiynoq va qatli omlar Birma va Markaziy Afrikadan tortib, boshqa yurtlarimizdagi barcha musulmonlarga yetdi.

Garchi kofir davlatlar o‘n to‘qqizinchi asrda fikriy urushni boshlab, musulmonlarga Islom fikrlarini buzib ko‘rsatish orqali o‘nlab yillar mobaynida Xalifalikka zarba berishgan bo‘lsa-da, Allohning fazlu karami ila, bugun Xalifalikni talab qiluvchi ovozlar baralla yangramoqda. Indoneziyadan to Malayziyaga, Pokistondan Turkiyaga, Shomu, Livanu Falastinda to Tunis va Sudanga qadar barcha islomiy yurtlarimiz Hizb ut-Tahrir a‘zolari olib borayotgan faoliyatlar va tadbirlarga guvoh bo‘ldi.

Misol uchun, Hizbning Istanbul va Anqarada o‘tkazgan ko‘p sonli ishtirokchilar qatnashgan konferentsiyasi, kechagi kamolchi ilmoniylardan qolgan-qutgan va Xalifalik barpo etish talablarini buzishga behuda urinayotgan kimsalarning halovatini buzdi. Hizb Falastin, Livan, Tunis va Sudanda ham qator tadbirlar, konferentsiyalar o‘tkazish bilan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish sari Ummatni harakatga keltirmoqda. Zotan, o‘z hokimiyatiga ega Xalifalik davlatisiz hayotda Islom bo‘lmaydi. Ushbu davlat Islom shariati bilan boshqarib, Alloh halol qilganki narsani halol, Alloh harom qilganki narsani harom qiladi, musulmon va g‘ayrimusulmon doxil o‘z fuqarosiga shar‘iy ahkomlar bilan g‘amxo‘rlik qilib, adolat, xavfsizlik va tinchlik ulashadi. Barcha insoniyat Islom nuri va hidoyati soyasidan bahra olib, xalqaro mustamlakachilik zo‘rlab o‘rnatgan repressiv rejimlar olovida jizg‘inak bo‘lishdan xalos bo‘ladilar. Islom Ummati ilgari bo‘lganidek, yana insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummatga, rabboniy risolaga ega Ummatga aylanadi. Bu Ummat buzuq va buzg‘unchi moddiy hazoratga tobelik g‘uborlarini egnidan qoqib tashlab, uning iflosligi va balolaridan butun bashariyatni xalos etishga kirishadi, ularni Islom adolati va rahmatiga burkaydi.

Biz Alloh Subhanahuning va‘dasiga chuqur ishonamiz va Uning va‘dasi haqdir:

﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا ۚ يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا ۚ وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ﴾

“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va‘da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va‘da)dan keyin kufroni (ne‘mat) qilsa, bas ular fosiqlardir”         [Nur 55]

Rosululloh  bunday marhamat qildilar:

“إِنَّ اللهَ زَوَى لِي الأَرْضَ فَرَأَيْتُ مَشَارِقَهَا وَمَغَارِبَهَا وَإِنَّ أُمَّتِي سَيَبْلُغُ مَلْكَهَا مَا زَوَى لِي مِنْهَا”

“Alloh yerni menga yig‘ib ko‘rsatdi, shunda uning kun chiqishidan kun botishigacha barcha joylarini ko‘rdim. Aniqki, Ummatim mulki menga yig‘ib ko‘rsatilgan joylargacha yetib boradi”.

Alloh va uning Rosulining so‘zlari haq-rost, kufr va uning ahli so‘zlari yolg‘ondir.

0hizb

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo‘limi raisi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.