Xilofat davlatining madhiyasi

842
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Xilofat davlatining madhiyasi

Muayyan bir guruh boshqa bir guruhdan, bir davlat boshqa davlatdan ajralib turishi uchun hayqirib aytiladigan shior qabul qilish muboh ishlardandir. Musulmonlar jangda boshqa davlatlar bilan yo‘liqqan paytlarida baland ovozlarda aytiladigan shior tanlab olganlar. Bu narsa Rasululloh ning davrlarida u kishining roziliklari bilan qo‘llangan. Chunki Xandaq va Qurayzada “ho mim. g‘olib bo‘lolmaydilar” shiorini tanlagan bo‘lsalar, Banu Mustalaqda “Ey muzaffar, o‘ldir, o‘ldir” shiorini… tanlab olganlar va hokazo.

Bundan tashqari, Alloh Subhonahu insonga bir qancha xususiyatlar ato etib, uni shu xususiyatlar bilan yaratgan. Masalan, eshitish, ko‘rish, so‘zlash… singari. Bular esa mubohlik to‘g‘risidagi umumiy dalillar ostiga tushadi. Demak, u xohlaganday ko‘radi, eshitadi, gapiradi, hayqiradi. Lekin ularning birortasiga oid maxsus dalil vorid bo‘lgan bo‘lsa, unga rioya qilinadi.

Shuning uchun Islomiy davlat baland ovozlarda aytiladigan, boshqa davlatlardan ajratib turadigan bir shior tanlab olishi joiz. Uni boshqa davlatlar bilan bo‘lgan aloqalarida qo‘llaydi. Ya‘ni, xalifaning tashrifi chog‘ida yoki davlatlar rahbarlari tashrif buyurgan paytlarda kuy chalib aytiladi. Shuningdek, odamlar uni umumiy yig‘inlarida, madrasalarida, eshittirishlarida va hokazolarida jo‘r bo‘lib aytgan holda, o‘zaro aloqalarida ham foydalanishlari mumkin.

Endi bu madhiyaning qanday aytilishiga kelsak, ya‘ni baland ovozdami, past ovozdami yoki ohang bilanmi, ohangsizmi… bularning hammasi joiz. Negaki musulmonlar o‘zlari olib chiqayotgan ishlarga qarab shiorlarini ta‘sirli ovozlarda xirgoyi qilardilar.

Davlatning madhiyasi bo‘lishi kerakligi tabanniy qilindi. Kerak bo‘lgan paytda undan foydalaniladi, xalifaning boshqa davlatlar rahbarlari bilan bo‘ladigan rasmiy uchrashuvlarida kuy qilib aytiladi. Ummat ham muayyan yig‘inlari, uchrashuvlarida undan foydalanadi. Alloh izni ila TO‘G‘RI YO‘LDAGI IKKINChI XALIFALIK DAVLATI tiklangan paytda uning madhiyasida quyidagilar e‘tiborga olinadi:

  1. Rasululloh ning to‘g‘ri yo‘ldagi ikkinchi Xalifalikning qaytib kelishi va “Uqob” bayrog‘i – Rasululloh ning bayroqlari qaytadan ko‘tarilishi to‘g‘risidagi bashoratlari ro‘yobga chiqqani zikr qilinishi.
  2. Rasululloh ning Xalifalik tiklangan paytda yer o‘z xazinalarini chiqarib tashlashi, osmon o‘z barakotlarini yog‘dirishi, yer jabru zulmga to‘lib toshgandan keyin adolatga to‘lishi to‘g‘risidagi bashoratlari zikr qilinishi.
  3. Musulmonlar yurtlari Xalifalik bayrog‘i ostiga qo‘shilgandan keyin olam uzra yaxshilikning taralishi va futuhot-g‘alabalar, eng avvalo ziyorati uchun qasd qilib boriladigan uchta masjid: Masjidul Harom, Masjidun Nabaviy, – yahud vujudi ildizi bilan qo‘porib tashlangandan keyin – Masjidul Aqso zikr qilinishi.
  4. Ummat – Alloh iroda qilganidek – insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga aylangani bilan yakunlanishi. Uning eng ulug‘ g‘oyasi Alloh Subhonahuning rizosiga erishishdir. Shunday ekan, uni O‘z Fazli, Rahmati va oliy Firdavs jannati bilan mukarram qilsin.
  5. Unda “Allohu Akbar” takbirlarining takrorlanishi. Chunki takbirning Islomda ham, musulmonlar hayotida ham o‘ziga xos ta‘siri bor. Shu bois, u ularning g‘alabalarida, bayramlarida takror-takror aytiladi, ta‘sirga ega har bir yig‘inlarda ularning tilidan tushmaydi.

Mazkur narsalar asosida bu kitobning ilovasiga orzu qilingan madhiya va uning qay shaklda bo‘lishi kirgiziladi. U – Alloh izni ila – qulay paytda e‘lon qilinadi. (“Xalifalik davlati jihozi” kitobidan).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.