Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga ko‘ra, joriy oy boshida Qorabog‘ mintaqasida yuzaga kelgan keskinlik Armanistonning tinchlikni istamayotganini, aksincha muammo yechimi yo‘lidagi harakatlarga to‘siq qo‘yayotganini isbotladi.
Aliyev o‘tgan shanba kuni vazirlar yig‘ilishida bunday dedi: “Yaqinda sodir bo‘lgan qonli to‘qnashuvlar yana bir karra Armanistonning tinchlikni istamayotganini, aksincha, muzokara jarayonini muvaffaqiyatsizlikka uchratishni ko‘zlab, bosqinchilik siyosatida qattiq turganini isbotladi”.
Aliyev Armanistonning – har safar muzokaralarda sezilarli yutuqqa erishay, deb turilganda – nizoli mintaqada provokatsiya keltirib chiqarayotganini ta‘kidladi. U o‘tgan yilning dekabr oyida Germaniyaning Pirna shahrida Armaniston prezidenti Serj Azatovich Sargsyan bilan o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlari deyarli natija bermaganini ma‘lum qildi.
Shuningdek, Aliyev ayni masalada ozar armiyasi arman tomoni bilan bo‘lgan bu safargi to‘qnashuvlarda yuksak tayyorgarlikni namoyon qila olganiga va o‘z pozitsiyasini mustahkamlaganiga diqqatni qaratdi.
O‘z navbatida, shanba kuni arman mudofaa vazirligi ham Yerevanning nizoli mintaqaga harbiy texnika va qo‘shinlar yuborganini inkor qildi. Armaniston mudofaa vaziri sekretari Artsrun Ovannisyan Rossiyaning “TASS” axborot tagentligiga “2-6 aprel kunlari Qorabog‘ bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi nizo chizig‘ida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar mobaynida Qorabog‘ qurolli kuchlari ishga solindi, xolos. Armaniston mintaqaga hech qanday harbiy qism yoki texnikani kiritgani yo‘q”, deya bildirdi. Biroq shunday bo‘lsa-da, mudofaa vaziri sekretari “ko‘plab ko‘ngillilar” Qorabog‘ga borishganini, ulardan “ko‘pchiligi”, ayniqsa, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun borganlar hozirda “o‘z uylariga qaytayotganlarini” e‘tirof etdi.
Ma‘lumki, Tog‘li Qorabog‘ viloyatiga egalik qilish bilan bog‘liq Ozarbayjon-Armaniston o‘rtasidagi mojaro 1988 yil boshlangan. 1991 yilda esa Qorabog‘ aholisining ko‘pchiligini tashkil qiluvchi armanlar mintaqani Ozarbajoydan ajralib chiqqanini va o‘zlari tomonidan boshqariladigan avtonom boshqaruvga asos solishganini e‘lon qilishgan edi. (Rossiya Segodnya).
Roya gezetasi sharhi:
Bu janglar 2016 yil 2 aprelda tog‘li Qorabog‘ mintaqasida Armaniston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘i bo‘ylab deyarli to‘satdan alanga oldi… Xulosa chiqarish mumkinki, rus nufuzi Armanistonda g‘oyatda barqaror bo‘lib keldi. Armanistonda ruslarning yirik harbiy bazalaridan biri bor. Bu bazada rus armiyasining 102 diviziyasi turibdi va unda 5000 rus askari joylashtirilgan. Rossiya kambag‘al Armaniston davlatiga grantlar, qarzlar va resurslar bilan yordam ko‘rsatib kelmoqda. Rossiya ilgari ham va Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin ham Armanistonga tog‘li Qorabog‘ mintaqasida Ozarbayjon bilan bo‘lgan nizo davrida yordam ko‘rsatib kelgan edi. Rossiya 1994 yilda ikki taraf o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishda vositachilik ham qildi. Ana shu vositachilik Armaniston foydasiga bo‘lgan edi. Chunki Armaniston va uning to‘dalari Qorabog‘ mintaqasida ozarlar yashaydigan mintaqani butunlay bosib oldi. Ozarbayjonning bu mintaqa g‘arbi va janubidagi, balki sharqidagi boshqa yerlaridan ham 9 %i bosib olindi. Shuning uchun Rossiya bu oxirgi urushni to‘xtatishdan manfaatdor hisoblanadi.
Amerikaning yana alanga olgan bu urushdagi roli esa parda ortidan bo‘ldi. Uni pardasiz deyish ham mumkin. Masalan “Misriyyul Yavm” sayti 2016 yil 31 martda quyidagi xabarni tarqatdi: “Ozarbayjon prezidenti 2016 yil 30 martda Vashingtonda Amerika tashqi ishlar vaziri Kerri huzurida Armanistondan o‘z kuchlarini Tog‘li Qorabog‘dan “darhol” olib chiqib ketishini talab qildi. Bu mintaqa tevaragida ikkala mamlakat o‘zaro nizolashib kelmoqda. Vashington bu nizoni hal qilishga ancha yillardan beri urinib keladi. Kerri Ozarbayjon prezidentini AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan payshanba va juma kunlari o‘tkazilgan yadroviy xavfsizlikka oid xalqaro sammit chog‘ida alohida qabul qildi. Aliyev Kerri huzurida jurnalistlarga “Biz AQSh hukumatining Armaniston bilan Ozarbayjon o‘rtasida davom etayotgan nizoni hal qilishdagi sa‘y-harakatlaridan mamnunmiz” dedi. Aliyev qo‘shimcha qilib: “Bu nizo Xavfsizlik Kengashining arman kuchlarini yerlarimizdan darhol va hech bir shartlar qo‘ymay olib chiqib ketishga chaqiradigan qarori asosida hal qilinishi lozim” dedi. Kerri ham o‘z navbatida “Tog‘li Qorabog‘dagi hal qilinmay kelayotgan bu nizo uchun uzil-kesil yechim muzokaraviy yechim bo‘lishi zarur”ligiga chaqirdi”.
Shuning uchun ozar prezidentining bu janglar alanga olishidan uch kun oldin Vashingtondan turib, Amerika tashqi ishlar vaziri Kerrining yonida turib bergan bayonotlari Rossiyaning Kavkaz mintaqasida bu urushni alanga oldirayotgan Amerikaning o‘zi ekanligiga shubhaga hech qanday o‘rin qoldirmaydigan darajada ishora qilib turibdi. Bu esa Rossiyaning Armaniston va Kavkazdagi manfaatlariga tahdiddir. Chunki bu mintaqa Rossiya uchun o‘ta nozik hisoblanadi… Ya‘ni Amerika bu urushni “portlatish” bilan Rossiyaning qoq biqiniga qattiq zarbalarni aniq yo‘llamoqda… (Hizb ut-Tahrirning 2016 yil 9 apreldagi savolga javobidan olindi).
Roya gazetasining 2016 yil 13 aprel chorshanba kungi 73-sonidan