Rossiya Suriyaning – u “terrorizm” deya atagan – Islom sari yo‘nalishini o‘zi uchun zarba, deb hisoblamoqda
Moskva: Suriyadagi vaziyatni izga solish bizning manfaatimizdan bo‘lgani uchun unga e‘tiborni qaratamiz
O‘tgan yakshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova – Rossiya Suriya bo‘hronini hal etishda eng avvalo o‘z manfaatlaridan kelib chiqib qadam tashlayotganini bildirdi.
Zaxarova matbuot konferentsiyasida bergan bayonotida – Suriyadagi vaziyatni izga solish “Rossiya uchun printsipial ahamiyatga ega” ekanini, chunki “Suriyani terrorizm o‘chog‘iga aylantirish urinishi bir zarbadir, jumladan bu Rossiyaga qaratilgan zarba”, deb aytib o‘tdi.
U Suriyadagi shaharni minalardan tozalash ishlarida Rossiya rolini g‘oyat muhimligini aytib, “Bu – u yerda yodgorliklar borligi uchungina emas, balki Suriyani normal hayotga qaytarish uchun hamdir”, deya ta‘kidladi.
Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Suriya bo‘hroni bilan bog‘liq regional va xalqaro muammolarni – xalqaro terrorizmga qarshi kurashga ahamiyat qaratish bilan birga – o‘zining milliy manfaatidan kelib chiqqan holda hal etadi.
U shuningdek, xalqaro maydondan Rossiyani chetga surishga urinishlar bo‘layotganiga qaramay, u xalqaro qaltis masalalarni hal etishdagi yetakchiligini doim saqlab qolajagini ta‘kidlar ekan, “Shubhasiz, biz chetga chiqib qolganimiz yo‘q va bu aniq ko‘rinib turibdi. Chunki biz faqatgina bizga qarshi turmagan hamkorlarimiz bilan emas, balki bizni chetga chiqib qolganimizni e‘lon qilganlar bilan ham muomalada bo‘lamiz”, dedi. (Rossiya Segodnya).
Roya gazetasining 2016 yil 13 aprel chorshanba kungi 73-sonidan