Terrorizm masalasi va uning haqiqiy aybdorlari

779
0

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati o‘zining rasmiy saytlari orqali Terrorizm masalasi bo‘yicha konferentsiya tashkil qilishini e‘lon qildi. Konferentsiyada asosan terrorning belgilari va mohiyati, terrorizmning og‘ir natijalari va talofatlar, Terror hodisalarining xaqiqiy aybdorlari, tashlanishi kerakli bo‘lgan qadamlar va asl yechimlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati 2016 yil 22 aprel kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida joylashgan “Xo‘jatepe” Madaniyat Markazida bo‘lib o‘tadigan konferentsiyaga barcha musulmonlarni taklif qiladi.

“Terror masalasi hayotimizning qoq markazida. Portlagan bombalar, harobaga aylangan shaharlar, o‘ldirilgan insonlar, o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘layotgan oilalar, bularning barchasi bizning yurtlarimizda bo‘lib o‘tmoqda. Zulmga duchor bo‘lgan ham bizning xalqimiz. Xo‘sh, bir o‘ylab ko‘rdingizmi?! Terror nima uchun bizning diyorlarimizda amalga oshirilmoqda va nima uchun hech oxiri ko‘rinmayapti? Nima uchun G‘arb davlatlarida (onda-sonda o‘zlarining qo‘llari bilan amalga oshirilganlarini hisobga olamaganda) terror yo‘q ekan, bizning o‘lkalarimizda hech to‘xtamayapti?! Terrorning ko‘ringan va ko‘rinmagan taraflari bor. Ko‘ringan tarafiga barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz. Biz sizga uning ko‘rinmagan taraflarini ko‘rsatmoqchimiz. Aytilayotgan jihatlarini emas, aytilmayotgan jihatlari haqida gapirmoqchimiz. Aynan shu maqsadda Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati sifatida “Terrorizm masalasi, haqiqiy aybdorlar va asosiy yechim” nomli konferentsiya tashkil qilmoqdamiz. Bu anjumanda siz eshitishga o‘rganib qolgan, bir biriga o‘xshash, tekshirilib natijasi chiqmagan yechimlarni emas, balki voqeiga mos, haqiqatga tayangan, va natijali yechimlarni eshitasiz. Ha birodarlar, 22 aprelda o‘tkaziladigan anjumanimizga sizlar ham ishtirok eting. Keling, jonimizga ozor bergan, birodarligimizni so‘ndirgan, bizlarni zayif va chorasiz holga tushirgan terror masalasini birgalikda hal qilaylik”, deyiladi video lavha orqali qilingan taklifnomada.

Konferentsiya vaqti: 04/22/2016 – Juma

Soat: Istambul vaqti bilan 20.00

Manzil: Xo‘jatepe madaniyat markazi – Anqara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.