Britaniyada chiqadigan «Sunday Times» gazetasida sobiq bosh vazir Toni Blerning maqolasi chop etildi. Maqolada u «Islomiy Davlat» tashkilotiga nisbatan qilinadigan muomalada yangi strategiya ishlab chiqishga chaqirgan. Blerga ko`ra, bugun dunyo yuz tutayotgan haqiqiy xavf zo`ravonlik emas, balki shu zo`ravonlikka sabab bo`layotgan ekstremistik ideologiyadir. U – aynan mana shu real muammo bilan shug`ullanmaslik «terrorizmni yo`q qilishdagi barcha sa”y-harakatlarning muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi»ni anglatadi, deya gapini davom ettirdi.
Bler «Biz islomni rad etish holatida yashamoqdamiz» nomli maqolasida «ko`pchilik musulmonlar ergashayotgan tinchlikparvar islom ta”limotlari bilan asl aqidadan toygan islomiy ekstremizm o`rtasini farqlash lozim»ligini ta”kidladi.
Biroq sobiq bosh vazir «islom dunyosidagi hodisalarni rad etish holati»ga chek qo`yish lozimligini aytdi. U «So`nggi ellik yil islom dunyosidagi ko`p o`zgarishlarga guvoh bo`ldi. O`z navbatida, bu o`zgarishlar ushbu dinning davlat va siyosatdagi roliga, boshqa dinlar oldidagi pozitsiyasiga nisbatan ko`z-qarashlarni o`zgartirib yubordi. Bu esa yangi dunyo printsiplariga mutlaqo zid o`zgarishlardir», deya qo`shimcha qildi.
Toni Blerga ko`ra, islomiy ekstremizmga hamda aqida nomidan sodir etilayotgan zo`ravonliklarga javobgar bo`lgan bunday islomiylikka qarshi turish lozim.
Muallif ekstremizm va uning oqibatlariga qarshi turish yo`llarini izohlar ekan, buni dunyo davlatlari o`rtasidagi razvedka hamkorligini yaxshilash orqali amalga oshirish kerakligini, bu esa ba”zi hollarda ayni hamkorlikni amalga oshirishga to`sqinlik qilayotgan huquqiy cheklovlarni chetlab o`tishni talab qilayotganini bildirdi. (Bi-Bi-Si arabiy).
Roya gazetasi sharhi:
Toni Bler so`zlarini diqqat bilan kuzatgan kishi shuni guvohi bo`ladiki, Bler nazdida asl masala Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi turish emas, balki u aytgan «zo`ravonlik amaliyotlariga sabab bo`layotgan ekstremistik ideologiya»dir. U «ekstremistik ideologiya» deb, Islomga hayotning barcha sohasini o`z ichiga olgan mabda sifatida qarashni, ya”ni odamlar ishlarini boshqarish ham Islomga muvofiq bo`lishi kerak, shuningdek boshqa aqidalar, saqofatlar va dinlar ustidan hukm chiqarishda ham mana shu Islom mabdasi miqyos qilib olinishi lozim, degan ko`z-qarashni nazarda tutyapti. Bu narsani isbotlashga uning «So`nggi ellik yil islom dunyosidagi ko`p o`zgarishlarga guvoh bo`ldi. O`z navbatida, bu o`zgarishlar ushbu dinning davlat va siyosatdagi roliga, boshqa dinlar oldidagi pozitsiyasiga nisbatan ko`z-qarashlarni o`zgartirib yubordi. Bu esa yangi dunyo printsiplariga mutlaqo zid o`zgarishlardir», deya aytgan so`zlari kifoya qiladi. Demak, Toni Bler asl muammo deb, Islomning rolini, uning siyosat bilan bog`liqligini nazarda tutyapti. Ya”ni Islom ahkomlarining Payg`ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq etilishi, insonlar ishlari Islom bilan boshqarilishi Bler uchun real muammodir. Uning bu so`zlariga Avstriya kantsleri Verner Faymanning mana bu bayonoti mos keladi. U «Die Presse» gazetasining o`tgan yakshanba kungi sonida bunday dedi: «Islom dini muammo emas, balki mana shu dinni buzayotgan ekstremistlar muammodir». Keyin «din har bir insonga xos narsa. Din siyosatda qandaydir rol o`ynagan paytda, ijtimoiy demokratiya doim qattiq tanqidlarga nishon bo`ladi», deya qo`shimcha qildi. U «Islomiy tomondagi radikal kuchlarni nazorat qilib borish zarur»ligiga e”tiborni qaratdi. Fayman shuningdek, «Evropadagi ijtimoiy demokratiya dinga amal qilib, uni mahkam ushlagan kishi bilan din va siyosat o`rtasini bog`lovchi kishini ajratadi», deya ta”kidlab, «Dinni siyosat bilan bog`lash erkinlikka ham, demokratiyaga ham aloqasi yo`q»ligiga ham e”tiborni qaratdi.
Roya gazetasining 2016 yil 30 mart chorshanba kungi 71-sonidan