Birlashgan Arab Amirliklari energetika vaziri Suheyl al-Mazrui boshchilik qilayotgan delegatsiya 13 aprel kechqurun Qirg`izistonga etib keldi. Ularni iqtisodiyot vaziri Orzibek Ko`joshev kutib oldi.
Arab delegatsiya 28 kishidan iborat bo`lib, tarkib BAA asosiy vazirlik va idoralar hamda yirik tadbirkor va investorlardan tashkil topgan.
Tashrif Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaevning 2014 yil dekabrida BAA qilgan rasmiy safari chog`ida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida Qirg`iziston yuqori rahbariyati, bir qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Qirg`iziston-BAA iqtisodiy forumini o`tkazish ham rejalashtirilgan.