Hukumat Islom va musulmonlarga qarshi kurashda “sopini o`zidan chiqarmoqchi”

649
0

 Rossiya iqtisodiy jihatdan nochorlashib, Markaziy Osiyo respublikalari ustidan bo`lgan siyosiy va iqtisodiy ta”siri kamaya boshlagach, AQSh bu mintaqada, xususan, Qirg`izistonda o`zining siyosiy va saqofiy ta”sirini kengaytirish sari jiddiy qadamlar tashlay boshladi. Bu harakatida AQSh asosiy e”tiborini Ummat ongida shakllanib borayotgan Islomni ibodat va ahloq dini deb emas, balki o`z tuzumiga ega bo`lgan mabda sifatida qabul qilishni yoyilib borishiga yo`l qo`ymaslikka qaratib kelmoqda.

 AQShning bu maqsad sari tashlagan qadamlaridan biri, 12 aprel kuni Bishkek shahrida ochilgan “Diniy vaziyatni tadqiq qilishi markazi” bo`ldi. Mazkur markaz xalqaro va diniy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish orqali jamiyat ichida Islom dinini sof holda namoyon bo`lishiga yo`l qo`ymaslik va bu maqsad yo`lida faoliyat olib borayotgan islomiy tashkilotlar oldiga to`siq qo`yishdan iborat. Bundan tashqari Mudofaa kengashi ko`rsatmasi bilan 2012-2020 yillarga mo`ljallangan diniy sohadagi davlat siyosatini belgilash bo`yicha ishlab chiqilgan Kontsepsiyani amalga oshirish yo`lida jamiyat ichida “mo`”tadil islom” tushunchasini keng yoyish, sof Islomga chaqirgan diniy tashkilotlarni terrorchi va ekstremistga chiqarish bo`yicha jiddiy harakatlar boshlab yuborildi va bu yo`lda masjid imomlari va jamiyat ichida nufuzga ega bo`lgan ulamolar xizmatidan foydalana boshlandi.

 Imomlar maktab va o`quv yurtlari o`quvchi va talabalari bilan uchrashuvlar uyushtirib, kufr rejasi asosida ishlab chiqilgan va ularning o`lchoviga ko`ra mo`”tadillikka to`g`ri kelmaydigan islomiy harakatlarni yoshlarga yomonotliq qilib ko`rsatish yo`lida harakatlarini boshlab yuborishdi.

 Shunday uchrashuvlardan biri 13 aprel kuni Bishkek shahar Lenin tumanidagi 77-sonli o`rta maktabda bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda “Nur-ul Haramayn” masjidi imom hatibi Yusup hoji Saypiyev o`quvchilar bilan uchrashib, tushintirish lektsiyasini o`qidi.

 “Albatta, kelajak yoshlarning qo`lida, shu sababli yoshlarimiz to`g`ri Islomni bilishlari kerak”, – dedi Yusup hoji Saypiyev.

 To`g`ri, o`sib kelayotgan yosh avlod Islom dini haqida to`g`ri va to`liq ma”lumotga ega bo`lishi zarur. Biroq, bu to`g`rilik mustamlakachi davlatlar va amaldagi hukumat tomonidan emas, balki Alloh va payg`ambari tomonidan belgilab berilishi kerak! Hukumat qarichiga mos keladigani to`g`ri-yu, mos kelmaydigani noto`g`ri bo`lmaydi. Alloh taolo aytadi:

  “Ey iymon keltirganlar! Islomga to`lig`icha kiring. Va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq dushmandir” (Baqara: 208)

 Shunday ekan masjid imom hatiblari va jamiyat ichida nufuzga ega bo`lgan ulamolar yoshlar bilan bo`lgan uchrashuvlarda Islom haqida to`liq ma”lumot berishlari, Islom dini ibodat va ahloqdangina iborat bo`lgan din deb emas, balki hayotning barcha sohalariga javob beradigan, o`z tuzumiga ega bo`lgan mabda sifatida tanitishlari lozim, aks holda payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam tomonidan qoldirilgan merosga xiyonat qilgan bo`lishadi.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, ulamolar payg`ambarlarning merosxo`ridir. Payg`ambarlar dinor yoki dirham meros qoldirmaydi. Balki ular ilmni meros qoldirishadi. Kim mol-dunyo o`rniga ilmni olsa, hammadan ziyoda taqsimni qo`lga kiritibdi”,- dedilar. (Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.