Erdug’on: Biz terrorizmga qarshi hamkor emasmidik?

540
0

Ba’zi G’arb davlatlari Turkiyaga zid ravishda Suriyadagi demokratik ittifoqi partiyasi (PYD)ni terrorchi tashkilot safiga qo’shmaydi. AQSh ham mazkur davlatlar qatorida PYDni terrorchi tashkilot deb e’tibor qilmaydi, aksincha uni turli shaklda dastaklab keladi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on kurd ishchilar partiyasi (PKK) bilan uning Suriyadagi harbiy qanoti bo’lgan demokratik ittifoqi partiyasi (PYD)ni o’rtasini ajratib, “PYD terrorchi tashkilot emas”, degan davlatlarga qarata o’zining qarshi munosabatlarini yana bir bor izhor qildi.

“Biz ularga aytamizki, siz yordam berayotgan tashkilot terrorchi tashkilotdir. Ha, PKK (kurd ishchilar partiyasi), PYD (demokratik ittifoqi partiyasi), DHKP (inqilobiy xalq harakati partiyasi), bularning bir biridan hech qanday farqi yo’q. Bular bir daraxtning shoxlaridir. Ildiz bitta, tana bitta bo’lgandan keyin qanday qilib, “bu boshqa shox, narigisiga o’xshamaydi, terrorchi tashkilot hisoblanmaydi”, deya olasiz. Mana sizning eru-ko’kka qo’ymay maqtagan tashkilotingiz Anqarada xudkush hujumini uyushtirib, begunoh odamlarni o’ldirgan terrorchining rasmini plakatlar qilib, o’zlarining nazorati ostida bo’lgan hududlar devorlariga osib ardoqlashmoqda. PYDni terrorchi tashkilot sifatida ko’rmasligingiz – bu Anqaradagi portlashni terrorchilik xuruji sifatida ko’rmasligingiz ma’nosini anglatadi”, “Biz terrorizmga qarshi hamkorlikda kurash olib borishimiz kerak emasmidi? Qaysi tashkilot terrorchi va qaysinisi terrorchi emasligi haqida bir to’xtamga kela olmasak, qanday qilib terrorizmga qarshi hamkorlikda kurasha olamiz?” dedi Turkiya prezidenti.

Turkiston:

Ma’lumki, PYD (demokratik ittifoqi partiyasi) AQShning Suriyadagi eng yaqin ittifoqchilaridan biridir. Oq uy rasmiylari Turkiyaning qarshiligiga qaramay, PYDni terrorchi tashkilot sifatida ko’rmasligi haqida bir necha bor bayonot berishdi.

Darhaqiqat AQSh va Turkiya terrorizmga qarshi kurashda o’zlarini hamkor deb bilishadi. Ammo Turkiya PYDni terror tashkiloti deb bilsa, Amerika Qo’shma Shtatlari buni ochiq rad etadi. Chunki AQSh Suriya masalasida o’zining siyosiy rejalarini amalga oshirish uchun PYDga ehtiyoji bor. Shuning uchun ularni siyosiy va harbiy jihatdan ochiqchasiga qo’llab-quvvatlab, yordam berib kelmoqda.

Turkiya hukumati Anqaradagi terrorchilik hujumlarini PYD amalga oshirganligini rasman tasdiqladi. Endi bu tashkilotning AQSh tomonidan aniq tarzda qo’llab-quvvatlanishi aslida Anqara terrori orqasida kim turganligini ko’rsatadi. Demak, o’z-o’zidan ko’rinib turiptiki, Amerika o’zining manfaatiga zid kelganda yaqin hamkorini ham zarracha e’tiborga olmaydi.

Hizb ut-tahrir – Turkiya viloyati rasmiy hukumatni tinimsiz ogohlantirib, AQSh va G’arb davlatlarini do’st tutishdan va azizlikni ularning yonidan izlashdan qaytarib keladi. Uning oxirgi bayonotlarining birida jumladan shunday deyiladi:

“Turkiya prezidentiga qo’yidagi muhim eslatmalarni aytib o’tish Islomiy va siyosiy javobgar sifatida bizning zimmamizdagi burchimizdir. Xalifalik bekor qilingandan so’ng, Islom dunyosi avvalo Britaniyadan, keyin esa Amerika Qo’shma Shtatlaridan ko’p aziyatlar chekdi. Kufr davlatlari talon-taroj qilinmagan, ekspluatatsiya qilinmagan bir qarich ermizni ham qoldirmadi. Islomiy o’lkalardagi rahbarlar esa Angliya va Amerikaga itoat qilib, musulmonlarga xiyonat qildi. Bugungi kunda, ortga bir nazar tashlasak, ularning barchasi xiyonat bilan eslanadi. Amerika va Britaniya ishlari bitgandan so’ng o’zlariga xizmat qilgan rahbarlarning yuzlariga ham qaramaydi. Shuni hech qachon unutmangki, Amerika hech qachon do’st bo’lmaydi. Allohni do’st tutgan kishining yonida har doim Musulmonlar bordir. Ammo Amerikani do’st tutgan kishi esa, bir kun kelib do’stsiz qoladi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.