Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on AQShga qilgan safarining oxirgi kunida jurnalistlarniing savollariga javob berar ekan, AQSh Prezidenti Barak Obamadan ko’ngli ranjiganligini izhor qildi. Bunga Obamaning Turkiyada matbuot erkinligi va demokratiya haqidagi tanqidiy bayonoti sabab bo’lgan.
AQSh prezidenti yadroviy xavfsizlik sammitidan so’ng jurnalistlarning savollariga javob berib, Turkiyada matbuotga bo’lgan munosabat mamlakatni boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yishidan ogohlantirgan edi. Turkiyada ba’zi tendentsiyalardan xushlanmaganligini bildirgan Obama “Haqiqat shuki, Turkiyadagi ba’zi tendentsiyalardan bezovta bo’lganligim sir emas. Mening matbuot erkinligiga, din erkinligiga, huquq va demokratiyaga bo’lgan iymonim kuchlidir”, degan edi.
Obamaning mazkur bayonotiga javoban Erdug’on quyidagi gaplarni aytdi: “Orqamdan bunday bayonot berganligini eshitib juda xafa bo’ldim. Janob Obama bilan uchrashganimizda bu masala ko’tarilmagan edi. Menga bu haqida biror narsa demadi. Qolaversa, oldingi telefon suhbatimizda ham matbuot haqida gaplashish o’rniga o’zaro suhbat ko’proq foydali bo’lishi haqida gaplashgan edik. “Brookings” institutidadagi ma’ruzamda aytib o’tganimdek, tanqid bilan haqorat o’rtasini ajratib olish kerak. Turkiyadagi ba’zi gazetalar Prezident haqida “qotil, o’g’ri” kabi iboralarni qo’llamoqda, bosh sarlafhalarida tahdidlarli so’zlar qo’yilmoqda. Bu haqoratlarni yozgan gazeta va jurnallar o’z nashrlarini davom ettirishmoqda. Turkiyada ular ilgari surgan diktatura bo’lsa edi, qanday qilib bunday nashrlar chop etilishi mumkin? Haqorat va tahdidlarga G’arbda ham ruxsat berilmaydi”. Yaqinda, Feycbook orqali Obamaga tahdid qilgan kishi qo’lga olindi, hozir u so’roq qilinmoqda. Germaniyada Merkelga nisbatan ham shunga o’xshashi sodir etildi, u ham qamoq jazosiga hukm qilindi. AQSh qonunlari prezidentga tahdid qilgan kishini 5 yilgacha qamoq va jarima to’lash bilan jazolaydi. Germaniya, Frantsiya, Gollandiya kabi davlatlarda ham haqorat va tahdid sababli jazo berilganligiga misollar keltirish mumkin. Haqorat va tahdid matbuot erkinligi yoki tanqid deya baholanmaydi. Obama men bilan uchrashganda bu masalani muhokamaga qo’yganda edi, bu gaplarni uning betiga aytgan bo’lardim”.
Prezident Erdug’on yadroviy xavfsizlik sammitida AQSh Prezidenti Barak Obama bilan Oq Uyda uchrashib, 50 daqiqa suhbatlashgan edi.
Turkiston:
Erdug’on tushunmagan yoki tushunsa ham atayin yashirayotgan mavzu bor. Obama Turkiyadagi demokratik jarayonning asl mohiyatidan emas, uni tatbiq qilib berayotgan mavjud hukumatning Islom va musulmonlarga nisbatan demokratiya asosi bo’lgan erkinliklarni keng berib yuborayotganidan norozi. Chunki Obama o’zining 2014 yil boshidan kongres oldidagi nutqida islomiy o’lkalardagi etakchilar uchun umumiy dastur singari ko’rsatma bergandek so’zlagan edi. U ”Brukkings” universiteti tomonidan ishlab chiqarilgan bir qator loihalarga suyanib, o’z gumashtalariga “mo”tadil” deb nomlab olgan islom uchun kengroq yo’l ochib berishlarini, rodikal degan nom berishgan islomchilarga qarshi jiddiy va qattiqroq kurashishlariga ko’rsatmalar berib o’tgan edi.
Har bir AQShparast yoki uning moliyaviy sadaqalariga qaram bo’lgan mamlakat rahbarlari o’z yurtlarida “brukings” muassasasi uchun keng ish faoliti olib boishlari uchun sharoitlar yaratib berishdi. Bu mamlakatlar, AQSh rahbari nutqidan rodikal deb nomlangan (kufr mustamlakasiga rozi bo’lmagan) musulmonlarini katag’on qilib yuborishlari uchun yashil chiroq yoqildi deb anglashdi. Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Bangladesh, Misr singari bir qator mamlakatlar darhol musulmonlarni ta’qib qila boshlashdi. Ular, Obamaning, “biz ko’z yumib turamiz, o’zlaringizning mamlakatingizda musulmonlarni bir yoqlik qilib olinglar, qonun buzarliklar bo’lishi bizni qiziqtirmaydi”, degan ma’nodagi keng imkoniyatlardan AQSh qanoatlanishi mumkin bo’lgan darajada foydalana olishmadi. Ba’zi mamlakatlar bu imkoniyatdan foydalanish uchun dar hol ish boshlab yuborishdi. Rossiya va Tojikiston musulmonlarga qarshi haddan ziyod zulmni kuchaytirib yubordi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari esa, ayni musulmonlarga bo’lgan zulmlar uchun ko’r va kar bo’lib olishdi. Bu jaroyon Obamaning “biz ularning yurtlariga kirib demokratik jarayonni yurgazib bermaymiz, bas ularning o’zlari buning uchun harakat qilishsin” degan so’zlari bilan hamo-hang kelayapti.
Erdug’on esa, nima bo’lganida ham islomiy shaxs. U islomiy figura bo’lib musulmonlar oldida obruy qozondi. Endi undan demokratik jarayonlarni rivojlantirib, musulmonlarni yana ilgarigi kishanlar bilan, bog’lab yuborish talab qilinayapti. Erdagon qarong’ilikdan yorug’lik izlayotgan, najosat ichidan ezgulik qidirayotgan insonni eslatadi. U demokratik tuzim ichida islomiy qadriyatlarga joy topish uchun samarasiz harakatlar olib borayapti. Erdug’on kufrdan yasama bo’lsa ham Xalifalik davlatini qurib berishini umid qildi. U sulton bo’loqchi edi.
Lekin Erdug’on singari islomiy etakchi shaxslar, Allohning, “ular sizlardan to ularning dinlariga kirmaguningizcha rozi bo’lmaydilar” degan so’zlarini unitib qo’yishgan ko’rinishadi. Ular Islom dinini oliy qilish haqida fikrlashayapti deb gumon qilganimizda ham, Allohning nusrati bilan emas, Obama singari ertangi kuniga ishona olmaydigan zaif kufr etakchilariga tavakkul qilishayapti. Kufr sistemasini asos qilib, ularni o’zlari uchun etakchi va maslahatchi qilib olishdi.
Kufr sistemasi “brukings” kabi tashkilotlar loihasi asosida, balki Erdagonning qalamini sindirib bo’lishgan bo’lsa ajab emas. Uni Azarbayjonga qo’shib, Rossiyaga qarshi harakatlantira boshlashdi. Turkiya ichkarisida ham, ilmoniylikni asos qilib bir qator harakatlar rivojlana boshladi. Chunki Edug’onning quvvati uning islomiy muhitni kuchaytirib olganida va musulmonlarga islomiy qadriyatlarini qaytarib olib berayotganida edi. Kufr uning shu obruyini sindirib olmagunicha, uni taxtdan chetlatishi qiyin kechishini yaxshi biladi.