بســـــم الله الرحمن الرحيم
OLIMLARNING JIM TURIShI KUFRNI ROZI QILMAYDI (2)
Shu kunlarga kelib Ummat o’z Islomiga, yo’qotib qo’ygan narsasini topib olgandek qattiq qiziqish bilan qaytmoqda, hatto g’oyridinlar ham birin ketin Islomni qabul qilmoqdalar. Bu kufrni talvasaga solib qo’ydi. Ularning malaylariga ongli, mag’rur musulmonlar quloq solmay, haqni izlashda jiddiy intilmoqdalar. Shuning uchun o’zlarining demokratik asoslariga to’g’ri kelmasa ham yuzsizlarcha, musulmonlarni chalg’itish maqsadida imom-domlalarimizdan foydalanishni rejalashtirib, ularni shunga majburlamoqdalar. Chunki xalqimiz ularga ishonadi, “haqni bayon qilmoqdalar, hudbin, mansabparast rahbarlardek o’z manfaatlariga erishish maqsadida bizni aldamaydi”, deb bilishadi.
Avvalda “din siyosatga aralashmaydi” yoki “din boshqa, siyosat boshqa” degan shiorlar bilan dindorlarni og’izlarini yopishdi va ta’sirlarini masjidlardan tashqariga chiqmaslik asosida ish olib borishgan. Bunga qarshi bo’lganlarni “xalq dushmani”ga aylantirishdi, qamoqlarga tashladi, ommaga ularni xatarli insonlar sifatida ko’rsatishga, jamiyatdan quvg’in qilishga urinishdi. Tinchligimizni muhofaza qiluvchi organ hodimlari orqali, hamda haqiqatni o’z xalqiga etkazib beruvchi ommaviy axborot vositalari, xalqning ko’z-kulog’i sanalmish “siyosiy tahlilchilar” bilan o’z maqsadlariga erisha olmayotgan kufr, omma xalqni Islomdan to’sish maqsadida imom-domlalarimizdan foydalanishlarini o’z malaylaridan talab qila boshladi, rejalar tuzib, hatto boshqa davlatlar bilan shu maqsadda hamkorlik qilishga undadi. Buni to’g’ri tasavvur qilib olishimiz uchun olamni kuzatib turish imkoniga ega bo’lgan sputnikni misol qilaman: undan “Islom durbin”i bilan musulmonlar olamiga nazar tashlaylik: hokimlari kufrga malaylik qilib, o’z xalqiga qarshi ish olib borishi, omma xalq noto’g’ri ko’rsatmalarga ishonib bir birlari bilan dushmanlik qilishi, biri ikkinchisini haqdan yuz o’girgan deb, unga qarshi o’z yaqinlarini undayotgan, bir millat ikkinchi millatga qarshi jonbozlik ko’rsatayotgan; arab-turk, o’zbek, tojik, qirg’iz yoki qozoq kabi bo’linishlar, shiya-sunniy deb yov qarashlar va hokazo. Bunday ahvolga kelib qolishimizda kufr demokratiyadan foydalandi. Ularning haqiqiy bosharasi hammaga ma’lum bo’lib qolgan sari va yurtlarimizni o’zaro talashishda, bizga hukumronlik qilishda, boyliklarimizni talon-taroj qilish maqsadida har qanday razilliklarni tap tortmay qilishlari, milliy, diniy va vatandoshlik asosidagi bo’linishlardan foydalanayotganini anglab etgan ongli musulmonlar safi kundan kunga kengayib bormoqda.
To’g’ri, nurafshon yo’limizni yoritib beruvchi, ikki dunyo saodatiga; Alloh Taoloning rizoligiga va bu dunyodagi avvalgi maqomimizga, etakchilik maqomiga olib boruvchi yo’ldan og’ib ketmasligimiz uchun tabiiy hushyorligimiz markazi bo’lgan Qur’on va hadislarga ongli, e’tiqodli musulmonlar murojat qilganligidan kufrning boshi kotgan, chunki Islom kelishi ularning halokati, ya’ni yurtlarimizga, boyliklarimizga ega bo’lisholmaydi. Talon-taroj qilishlar to’htaydi, zulm, vahshiyliklar barham topadi. Alloh Taolo aytadi:
وَقُلْ جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا
Yana ayting: «Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o’chib-yo’qoldi. Chunki botil yo’qolguvchi narsadir». [17:81]
Kufr musulmonlarni bir birlariga qarshi bo’lishlari uchun hamma vositalarni ishga solmoqda, o’zlariga malaylik qiladigan “rahbar”larni birin ketin almashtirmoqdalar, lekin ongli musulmonlarga “foyda” bermayapti. Ular Payg’ambarimiz Muhammad(s.a.v)ning amakisi Abu Tolibga aytgan: “Allohga qasamki, amakijon, ular agar shu ishni tashlashim evaziga quyoshni o’ng elkamga, oyni chap elkamga qo’yib berishsa ham hargiz tashlamayman. Hatto Alloh shu ishni yuzaga chiqaradi yoki men shu ish yo’lida halok bo’laman”, gaplaridan o’rnak olishib, Islomdan va uning hukmlarini er yuzida tadbiq qiluvchi xalifalik nizomidan boshqasiga rozi bo’lishmayaptilar. Aslida bu ish Payg’ambarimiz Muhammad(s.a.v)dan keyin o’zini mo’minman deb bilgan har bir musulmonga meros bo’lib qolgan.
Xulosa shuki, ongli musulmon kelajak faqat Islomda ekanini ishonganligiga amal qilishi, haqqa qaytishlari va Qur’onu-hadisni mahkam ushlashliklari talab qilinadi, shunda biz adashmaymiz. Masalan: biz har kuni har xil insonlarga ro’baro’ kelamiz. Ularning ko’pchiligi Alloh Taologa ishongan va Kitobini, Rosuli(s.a.v)ni tan olgan insonlardir. Ular bunga to’la rioya qilishga xali qaytmagan bo’lsalar ham, lekin eng kamida “nikoh” bilan hayot boshlaydi va “janoza namozi” bilan o’lik ko’madi. Shunday ekan u musulmon, qolgan hukmlarga rioya qilmasligi bilganlarning zimmasiga tushadi. Demak, ular bizning akamiz yoki ukamiz, kufr bizning hayotimizga asos sifatida tiqishtirayotgan balolar asosida ular qarashligimiz harom, hatto ikki mo’min o’sha asoslardan ta’sirlanib, o’zaro janjalashayotgan bo’lsalar ularni iymon asosida isloh qilishimiz kerak. Chunki Alloh Taolo:
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
“Mo’minlar hech shak-shubhasiz og’a-inilardir. Bas, sizlar ikki og’a-iningizning o’rtasini o’nglab qo’yinglar! Allohdan qo’rqinglar — shoyad U zot tomonidan bo’ladigan rahmatga erishsangizlar” [49:10]– demoqda.
Endi ulardan ba’zilari kufr balosidan ta’sirlanib “kasal”ga uchragan bo’lsalar, ularni kechib tashlash yoki o’zimizga dushman deb bilishimiz faqat kofirlarni xursand qiladi, ularning maqsadlari amalga oshadi. Chunki inson, “alkash” bo’lib ketganidan yoki yolg’onchi, firibgar, o’g’ri, zinokor bo’lib ketganidan, hatto dushmanlarga malaylik qilayotgani uchun o’z akasidan yoki ukasidan kechib yubormaydi. To’g’ri, unga rozi bo’lish harom, lekin uni bu jirkanch ishdan qutqarish yo’llarini izlaydi. Demak, Alloh Taoloning g’azabini keltirib yuradigan, noshar’iy ishlar bilan mashg’ul bo’lgan insonni amru-ma’ruf va nahiy-munkar qilish avvalo uning yaqinlariga tushadi, qolganlar bu ishdagi ularning mas’uliyatini eslatish, unga undash bilan bo’ladi, ayniqsa u biror rahbar bo’lsa, uni hamma ham amru-ma’ruf va nahiy-munkar qilish imkoniga ega emas. Birodarlar o’rtasida nohaqlik qiluvchi zolim kimsa bo’lar ekan, demak, Anas(r.a)dan qilingan hadisda uning do’stlariga muhim bir vazifa yuklanmoqda: “birodaringga zolim bo’lsa ham, mazlum bo’lsa ham yordam ber, shunda; yo Rosululloh, mazlum bo’lganda yordam beramiz, zolim bo’lganda qanday yordam beramiz?- dedik. Uni zulmidan tiyib qo’yasizlar, bas manashu unga yordaming bo’ladi”- dedilar Rosululloh(s.a.v). (Imom Termiziy rivoyati). Aks holda hammamiz birdek gunohkor bo’lamiz, chunki Rosululloh(s.a.v) shunday deganlar: «Yo’q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo’lidan ushlaysizlar va uni haqqa burilishga majbur qilasizlar va albatta uni haqqa mahkam bog’lab qo’yasizlar. Yoki albatta Alloh ba’zilaringizni ba’zilaringiz qalbi bilan uradi, so’ngra ularni la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi». Alloh saqlasin.
Albatta, zolimning bu kasalidan hamma mo’minlar kiynaladi va bu qiynalishi uni kechib qo’yishga yoki dushman deb bilishga yo’l qo’ymaslik kerak, balki iymonimiz ularni kesib tashlashni emas, balki davolash yo’llarini izlashimizni talab qiladi. Imom Muslim keltirgan hadisdagi Rosululloh(s.a.v)ning: «Mo’minlarning bir-birlariga muhabbat qilib, rahmdil bo’lishlarining va mehribon bo’lishlarining misoli bir jasadga o’xshaydi. Agar undan bir a’zo kasallansa jasadning boshqa a’zolari bir-birlarini bedorlik va istmalash bilan yordamga chaqiradilar» (Sahih Muslim) degan so’zlarini va «Mo’min, mo’min uchun ba’zi qismi ba’zi qismini mahkam ushlab turgan binoga o’xshaydi» degan so’zlari aytayotgan gaplarimizga dalil bo’ladi.
Aytingchi, aqlingiz yoki nafsingiz to’g’ri qaror qiladimi yoki Alloh Taolo va uning Rosuli(s.a.v)ning hukmlari to’g’rimi?! Subhanalloh. (davomi bor).
G’arib.