Tunis hukumati: terrorchi tashkilotlarga qarshi yangi xavfsizlik rejasi qabul qilish lozim

558
0

Kecha Tunis bosh vaziri Habib Essid xavfsizlik va nazoratni muvofiqlashtiruvchi bo’limning maxsus yig’inini o’tkazdi. Ma’lumki bu bo’lim u raislik qiladigan hukumat bo’limidir. Yig’in Tunisning Janubi Sharqiy viloyati Ibn Qardonda sodir etilgan terroristik amaliyot ortidan xavfsizlik vaziyatini muhokama qilish uchun o’tkazildi. Essid terrorizmga barham berish va ayni ofatga qarshi turish uchun barcha kuchlarni birlashtirishga chaqirdi.

Mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, adliya vaziri, harbiy va xavfsizlik rahbarlariyu doiralari qatnashgan bu yig’inda Essid ko’rilgan chora-tadbirlarni ijro etish borasida erishilgan yutuqqa e’tibor qaratdi. Zero, bu chora-tadbirlar xavfsizlik ishida yangicha yondashuvni faollashtirish uchun tasdiqlangandi. Yig’inda Terrorchilarni harakatga kelishidan oldin ta’qib qilishga hamda jinoyatchilik amaliyotlarini amalga oshirishlariga yo’l qo’ymay, ildizlarini quritib yo’q qilishga chaqirildi.

Yig’inda Sayd o’z vazirligi tomonidan chiqarilgan bayonotga muvofiq, qo’shni Liviyada yuz berishi mumkin bo’lgan ehtimolli o’zgarishlarga shay turishni, yurt tinchligi va milliy xavfsizlikka rahna solishi mumkin bo’lgan har qanday ishga to’la hushyor bo’lib borishni ta’kidladi. O’z navbatida, Ibn Qardon mintaqa aholisining harbiy va xavfsizlik xizmatlari bilan qilgan hamkorliklarini yuksak baholadi hamda hamkorliklari terroristik jamoani o’z vaqtida fosh etib, ehtimolli terroristik amaliyotlarni sodir etmaslaridan oldin ularni yo’q qilish imkoniyatini berganini ta’kidladi.

Ichki ishlar masalasida hukumat rahbari ijtimoiy norozilik namoyishlari bo’layotgan tarang bir vaziyatda, siyosiy va ijtimoiy doiralar sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini, bu bilan milliy birdamlik tayanchlari mustahkamlanib, mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashish uchun ichki frontlar ochilishi lozimligini ta’kidladi. (Sharqul Avsat gazetasi).

Roya gazetasi sharhi:

Tunisda xavfsizlik vaziyati yomonlashishi bilan, odamlar e’tiborini rejim tomonidan etayotgan zulmga va hokimiyatga in qurib olgan korruptsiyaga qaratishmoqda hamda hukumat siyosatiga qarshi norozilik namoyishlarini o’tkazishga kirishishmoqda. Biror ish ro’y bergudek bo’lsa xavfsizlik masalasi odamlarning ishlariga e’tibor berishning eng boshida turadi deya ko’rsatib qo’yish uchun hukumat bu ishdan foydalanmoqda… Terroristik amaliyot degan ishlarga kelsak, voqea-hodisalarni kuzatib boruvchi kishiga sir emaski, bular ko’p hollarda rejimning josuslik xizmati tarafidan uyushtiriladi. Bunday qasddan uyushtirishlar faqat Tunisdagina emas, balki Iroq, Misr, Liviya kabi boshqa yurtlarimizda ham qo’llanadi. Chunki islomiy yurtlarda odamlar elkasiga minib olgan zo’ravon hukmdorlar jinoyatchilardir. Ularning hammasi o’z siyosatlarini odamlarni terrorizm degan narsa bilan qo’rqitish orqali olib borishmoqda. Bu esa nafaqat xalqlarni qashshoqlashtirish va xorlash siyosati, balki Islom va musulmonlar dushmanlari ko’rsatmalarini ijro etish hamdir.

Roya gazetasining 2016 yil 9 mart chorshanba kungi 68-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.