Avvalroq, Qirg’iziston sotsial-demokratik partiyasi (QSDP) fraktsiyasidan Jogorku Kenesh deputati Qiyonbek Sotiboldiev tomonidan ekstremizm va terrorchilikka aloqador bo’lgan 14 yoshdan katta fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortish to’g’risidagi qonun loyihasi ilgari surilgan edi.
“Ekstremistik mundarijadagi materiallarni tarqatayotgan yoki Suriyaga chiqib ketgan shaxslar orasida 14-15 yoshli voyaga etmaganlar ko’p, Jinoyat kodeksining 18-moddasidagi cheklovlar tufayli ularni javobgarlikka tortib bo’lmaydi. Diniy ekstremizm va terrorchilik Qirg’iziston uchun keng miqyosli tahdid bo’lib qolmoqda. Unga qarshi kurashning yo’llaridan biri voyaga etmaganlarni ham javobgarlikka tortish choralarini ishlab chiqishdir”, – degan edi Sotiboldiev.
QSDP fraktsiyasi 11 mart kuni bo’lib o’tgan yig’ilishida Sotiboldiev tomonidan ilgari surilgan mazkur qonun loyihasini tasdiqladi. Agar bu qonun loyihasi parlament tomonidan ham tasdiqlanadigan bo’lsa, 14 yoshga to’lgan barcha fuqarolarni estremizm va terrorizm bo’yicha jazoga tortish mumkin bo’ladi.
Jogorku Kenesh matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, amaldagi qonunga muvofiq 16 yoshga to’lmaganlarni mazkur ayblov bilan javobgarlikka tortish mumkin emas.
Turkiston:
QSDP fraktsiyasi tomonidan taklif qilish maqsad qilinayotgan yuqoridagi qonun loihasi tasdiqlanib, qonuniy tus olsa, kuch organ xodimlari uchun juda keng yana bir qo’shimcha daromad manba’si ochib berilgan bo’ladi.
Aynan shu yoshdagi bolalar internet ma’lumotiga o’ta chanqoq va muhtoj holatda bo’lishadi. Undan tashqari shu yoshdagi bolalar o’spirinlarcha qiziqqon va o’zlarini himoya qila olmaydigan darajada zaif bo’lishadi. Aynan shu yoshda bolalar hayot haqidagi fikrlari asta sekin markazlasha boshlayotgan bo’ladi. Ularga nisbatan har qanday tajovuz ularni hayotga va insonlarga nisbatan keyingi butun umri mobaynidagi hayotga va insonlarga nisbatan aloqalarini shakllantirishlarida asosiy o’rinni egallaydi. Ular insonlarga va hayotga nisbatan adovatli va shavqatsiz bo’lib qolishlari mumkin.
QSDP partiyasi Rossiyadan ta’sirlanib yana ekstremizm va terrorizm muammolarini bo’rttira boshlayapti. Bir necha Suriyadagi o’spirin bolalarni deb, minglagan farzandlarimizning hayotlari badnom bo’lishi mumkin. QSDP esa faqat bahorgi muxolifat uyushtirayotgan to’palonlarni oldini olishdan o’zga narsani o’ylayotgani yo’q.
Minlagan farzandlarimiz Rossiyada og’ir mehnatlar qilib, ota onalari bilan tengma teng mehnat qilishyapti. Ular ilm olishdan, o’z vatanida yashab ulg’ayishdan, milliy va diniy qadriyatlari bilan birga tarbiya topish kabi oddiy insoniy qiymatlardan ham mahrum bo’lgan hollarida yashab kelishayapti. Qirg’iziston ichida ham qiyinchilik va etishmovchiliklar xorijdagidan kam emas. Endi QSDP partiyasi bu bolalarni qamoqqa tashlash, ta’qib ostiga olish, internet tarmoqlaridan uzoqlashtirish, doim qo’rquvda yashaydigan holatga olib kelib qo’yishni taklif qilishyapti. Ha, faqat o’sha yuqoridagi etishmovchilik holatidagi bolalarni ustilariga yana qo’shimcha yuk qiladigan qonunni taklif qilishayapti. Chunki, yuqori lavozim egalari farzandlariga bu qonunning shabbodasi ham ta’sir qilmaydi.
QSDP partiyasi Qirg’izistonda terroristik harakatlar vahimasini bo’rttirib ko’tarish tashabbusini o’z qo’liga olyapti shekilli. Maqsadlari, vaziyatni keskin qilib ko’rsatish orqali, hukumatning zulmlaridan norozi bo’lib ko’tarilib borayotgan xalqning fikrlarini chalg’itishdir. Yana musulmonlar jim o’tirgan xollarida aybdor bo’lishmoqda. Hali shu ketishda Putinning loihasi bo’yicha ish davom etaversa, bir qator qo’poruv amaliyotlari ham uyushtirishib, yana hech narsadan bexabar bechora musulmonlarga to’nkashlari ham mumkin.
Fursatdan foydalanib aytishimiz mumkinki, Qirg’izistonda birorta islomiy hizb yoki jamoalar uchun qo’poruv amaliyotlar uyushtirishdan manfaat yo’q. Bu kabi noshar’iy va iflos harakatlar faqat Rossiya singari kufr mustamlakachilari tomonidan hozirgi paytdagi Qirg’iz hokimiyatini o’z o’rnida saqlab qolish uchun yoki aksincha uni hokimiyatdan ag’darib tashlash uchun, xalqni provokatsiya qilish maqsadida uyushtirilishi mumkin. Ular bu qo’poruv amaliyotlarini odatdagidek, musulmonlarga ag’darishga harakat qilishadi. Ishonmang, musulmonlar bu kabi jirkanch ishlarga qo’l urishmaydi. Faqat iflos va nosog’lam quvvatlar bu amaliyotlarni musulmonlar va Islom niqobi ostida amalga oshirishga urinib ko’rishlari mumkin.