Bishkek shahridagi Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi binosida 4 mart kuni kechqurun yong’in sodir bo’ldi. Yong’in sababi aniqlangani yo’q, ammo xavfsizlik idorasining sakkiz nafar xodimi jarohat olgani aytilmoqda.
Yong’in 4 mart kechqurun 22:00da sodir bo’lgan. Voqea joyiga ikkita o’t o’chirish mashinasi jo’natilgan va ular yong’inni bataraf etishgan.
Tez yordam markazidan xabar qilinishicha, MXDQning 8 xodimi is gazidan zaharlangan. Ulardan oltitasi kasalxonaga yotqizilgan, ikki nafarining ahvoli og’ir. Ikkitasi kasalxonaga yotishdan bosh tortgan.
Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining xabar berishicha, yong’inga portlash sabab bo’lgan. MXDQ matbuot kotibi Raxat Sulaymonov bunday xabarlarni inkor qilib, yong’in kelib chiqishiga elektr simlaridagi qisqa to’qnashuv sabab bo’lganini aytib o’tdi.
“Ozodlik” radiosi qirg’iz xizmati manbaalariga ko’ra, yong’indan uchta xona jiddiy shikast ko’rgan. Bundan tashqari, MXDQ tergov hibsxonasida saqlanayotgan tergov ostidagi shaxslar va ularning sog’lig’i to’g’risida xabar berilmagan.
Turkiston:
Ilgariroq Jalalobod prokuraturasi binosi yonib ketgani xaqida aytilgan edi. Endi Bishkek MXDQ binosi yonib ketgan emish.
Qirg’iz rejimi o’zining qilmishlarini isbotlashi mumkin bo’lgan xujjatlarni tag tomiri bilan tozalash ishlarini boshlab yuborishdi.
Ular ikki marotaba xokimiyat almashishi bilan Qirg’iz elitasi va kuch organ xodimlari bir aylanib yana xukm ishlariga boshqa prizident etakchiligi bilan kelib qolaverish mumkin ekanini ko’rishdi. Shuning uchun ular, xar extimolga qarshi, rejim qulaganidan keyingi xolatlarga tayorgarlik ko’ra boshlashdi. №50 qamoqxonada bo’lib o’tgan amaliyotlarning o’zi, Akaev va Bakievlarni taxtdan ketkazgan Aksi voqe’asidan ko’ra xavfliroq va iflosroq amaliyot bo’lgan edi. Bishkekda, bunuqangi suniy amaliyotlar ko’p marotaba bo’lib o’tdi. Rejimning qulashi bilan, bu jinoyatlar, bugun xaddidan oshib borishayotgan xukumat xodimlarini ta’qib qila boshlaydi. Bugun xukm ularning qo’llarida turib, bir qancha xujjatlarni va guvox shaxslarni yo’q qilib olishga xarakat qilishlari tabiiy xolat.