Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati tarafidan 3 mart kuni tashkil qilinishi e’lon qilingan “Xalifalik” Xalqaro simpoziumi Alloh Taoloning yordami ila muvaffaqiyatli yakunlandi. Simpoziumga dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdi.
Mazkur simpozium Turkiyada Xalifalik qulatilib, jumhuriyat e’lon qilingandan so’ngi tarix mobaynida Xalifalikning barcha jihatlari muhokamaga qo’yilgan ilk bor yig’ilish bo’lganligi bilan boshqalaridan ajralib turdi. Shu bois ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlar vakillari, olimlar, yozuvchilar va jurnalistlar mazkur simpoziumga alohida e’tibor qaratishdi.
Simpozium Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmud Qorning nutqi bilan ochildi.
“Allohga hamdlar bo’lsin, bugun ushbu dasturda xalifalik bo’lishi kerakmi yoki yo’qmi, degan mavzu ko’tarilmayapti. Buni tanlash bizning ishimiz emas. Zero Musulmonlar o’trasida Xalifalikni qayta tiklash borasida hech qanday ixtilof yo’q. Bugun Islomiy o’lkalarda Xalifalik davlatini tiklash uchun bor kuchlari bilan harakat olib borayotgan ko’plagan Musulmonlar mavjud, Alhamdulillah. Shunga ko’ra, bu simpozium “Qanday Xalifalikni xohlaymiz?”, deya nomlandi. Bu simpoziumda dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan ustozlarimiz G’arbning Xalifalikni qoralab, e’tiborsizlashtirishga bo’lgan harakatlarini puchga chiqaradi”, dedi jumladan Mahmud Qor ochilish nutqida.
Darhaqiqat, Simpoziumda Turkiya va bir qancha islomiy o’lkalardan kelgan mufakkirlar “Islomda boshqaruv tizimi qanday bo’lishi”, “1924 yil 3 martdan so’ng Musulmonlarning ahvoli va ikkinchi xalifalik”, “Islomning tatbiq etilishi uchun davlatning zarurligi”, “Musulmonlar uchun Xalifalikning naqadar muhimligi”, “Xalifalik tarixiy boshqaruv shakli emas, balki shar’iy hukmligi”, “Ummat qanday Xalifalikni xohlayotganligi”, “Musulmonlardagi ixtiloflar ularning birlashuviga to’siq bo’la olmasligi”, “G’arbning Xalifalikka nima uchun qarshi ekanligi”, “Islomda boshqaruv shakli Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik ekanligi”, haqidagi mavzularni savolga o’rin qoldirmaydigan darajada aniq-tiniq qilib, yoritib berishdi.