Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, 26 fevral kuni prezidentAlmazbek Atambaev KXShT bosh kotibi Nikolay Bardyujani qabul qildi.
Uchrashuvda KXShTning hozirgi faoliyati va mintaqaviy xavfsizlik masalasida hamkorlikning kelajakdagi muhim vazifalari bo’yicha fikr almashishdi. Shunindek, ular xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlikda kurashishning muhim masalalarini muhokama qilishdi.
Bundat tashqari, Nikolay Bordyuja Qirg’iziston qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig’i Janibek Kaparov bilan ham uchrashdi.
Bosh shtab matbuot xizmati xabariga ko’ra, Bordyuja va Kaparov KXShT kollektiv xavfsizlik tizimining kuchlarni operativ va jangovor tayyorlash bo’yicha olib borilgan tadbirlar hamda harbiy kadrlar tayyorlash va tinchlikni saqlash faoliyatini rivojlantirishdagi ijobiy samarasini qayd etib o’tishdi.
Turkiston:
Markaziy Osiyo mintaqasi, shu jumladan Qirg’iziston ham dunyoda etakchilikni da’vo qilayotgan mustamlakachi davlatlar uchun nufuz talashuvchi nuqtaga aylanib bormoqda. AQSh Markaziy Osiyoni siyosiy va iqtisodiy jihatdan o’ziga qaram qilib olishga ko’proq e’tibor qaratayotgan bo’lsa, Rossiya harbiy tomondan o’z nufuzini o’rnatiga intilmoqda.
Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev o’tgan yilning oxirida Moskvada Putin bilan uchrashib qaytganidan so’ng Rossiya Qambarota- 1 va Yuqori Norin GES kaskadlarini qurish loyihasini eplay olmasligi sababli kelishuv bekor qilinishi haqida ma’lum qilgan va hukumat ham bu kelishuvni bekor qilgan edi. Qirg’iziston hukumatini bu qaror ortidan Rossiya tezlik bilan va’da qilingan harbiy texnikalarni bir qismi etkazib berdi va Putindan tortib rasmiy rus amaldorlargacha Markaziy Osiyo terrorchilar nishonida turganligi haqida bayonotlar bera boshlashdi.
Jogorku Kenesh spikeri Asilbek Jeenbekov va bosh vazir Temir Sariev AQSh elchisi Sheyla Guolt bilan uchrashib, AQSh bilan buzulgan hukumatlararo kelishuvni qayta tiklash harakatiga tushib qolishi bilan Rossiya darhol harbiy kishilarini ishga solib bugungi kunda “dolzarb” bo’lgan terrorizmaga qarshi kurashish masalasini ko’tara boshladi.