Myunxen bayonoti

537
0

Myunxen bayonoti Amerikaning rejimni saqlab qolish va qo’zg’olonni bo’g’izlashga qaratilgan yo’l xaritasi bo’yicha tashlangan qadamdir

Suriya qo’zg’oloni hamda bu qo’zg’olonga bog’liq pozitsiyalar va hodisalar ketma-ket o’zgarishlarga guvoh bo’lmoqda. Bu qo’zg’olon Amerika kun tartibidagi siyosiy ishlarning muqaddimasiga va uning ustuvor vazifasiga aylandi. Suriya qo’zg’oloni Jon Kerrining asosiy tashvishiga, uchrashuvlari, harakatlari va bayonotlarining bosh mehvariga (asosiga) aylanib qoldi. Boshqa masalalar nisbatan uning e’tiboridan chetda qolib ketdi. Bunday holat yolg’iz Amerikaga xos emas. Chunki Shom qo’zg’oloni butun dunyo davlatlari masalasiga aylandi. U faqat Amerikaning O’rta Sharqdagi nufuziga tahdid solibgina qolmay, G’arbning ham butun mintaqadagi nufuz va manfaatlariga xavf tug’dirmoqda. Shuning uchun Suriya qo’zg’oloni Myunxen xavfsizlik konferentsiyasining kun tartibiga qo’yilgani tabiiy hol. Bundan tashqari, Amerika o’z istagi va rejalarini xalqaro hamfikrlik darajasiga olib chiqish uchun mana shunday xalqaro uchrashuvlardan foydalanishga harakat qilmoqda.

Suriya qo’zg’oloni boshlangan paytda Amerika hech bir davlatning Suriya ishiga aralashishiga yo’l qo’ymadi. Keyin muzokarachilik va muxoliflik rolini amalga oshirishda foydalanish uchun Rossiyani taklif qildi va bundan avvalo Yevropaning kirish darvozalarini berkitishni, qolaversa, o’z rejasini tiqishtirishni ko’zladi. Biroq shunga qaramay, Amerika bu davlatlarni qator anjuman va uchrashuvlarga faqat soxta guvohlar sifatida to’pladi. Shu orqali o’zi xohlayotgan narsaga xalqaro to’n kiydirib, bu davlatlar ovozini – ular zohirda bo’lsa ham ishtirok etishlari bilan – o’chirmoqchi bo’lyapti. Chunki u Suriyadagi hodisalar olovida, ayniqsa, qochqinlar «terrorizm» olovida jizg’inak bo’lyapti. Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi garchi unga kelish va unda ishtirok etish jihatidan, xalqaro tadbir bo’lsa-da, biroq uni rasmiy qarorlar va bayonotlar chiqariladigan rasmiy yig’in deb bo’lmaydi. Chunki u hukumat konferentsiyasi emas, alohida maxsus konferentsiyadir. Odatda unda so’zlashuvlar va takliflar bo’lishi kerak edi. Ammo Suriyadagi voqea-hodisalarning rivojlanib ketishi, xususan, Asad rejimi Rossiyaning qaqshatqich havo zarbalari hamda qurolli to’dalar yordamida Halabga quturib hujum qilishi, oqibatda o’n minglab suriyaliklar qochqinga aylanishi kabi hodisalar Amerikani Rossiya ishtirokida «Myunxen bayonoti» yoki Myunxen kelishuvlarini chiqarishga majbur qildi.

Ushbu Myunxen bayonoti Xavfsizlik Kengashining 2254 raqamli qarori ifodasini qaytalagan. Xavfsizlik Kengashining bu qarori 2016 yil 12 fevralda «Al-Jazira net»da nashr qilindi: «Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri Suriyadagi harbiy amaliyotlarni bir hafta mobaynida to’xtatish kelishuviga erishishni ta’kidladi. Kerri rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov va BMT vakili Stefan de Mistura ishtirokida bergan matbuot konferentsiyasida harbiy amaliyotlarni to’xtatish kelishuvi Islomiy Davlat tashkiloti bilan Jubahatun Nusrani o’z ichiga olmasligini bildirdi. O’z navbatida, Lavrov ham hujum amaliyotlarini to’xtatishga kelishilsagina o’t ochishni to’xtatishga erishilishi mumkinligini ta’kidladi. Kerri harbiy amaliyotlarni to’xtatish uchun uzoq muddatli ish usullarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh tuzilishi lozimligini ochiqladi. Uning ta’kidlashicha, insonparvarlik yordami Dayrizzur, Fav’a, Madaya, Ma’zamiyaga va barcha qamaldagi mintaqalarga yoki yordamlar etib borishi qiyin bo’layotgan mintaqalarga yaqinda etkazib beriladi. Lavrov ayrim mintaqalarga yordamlarni havodan tashlashga kelishib olinganini bildirdi…». 2016 yil 12 fevralda «Rossiya Segodnya» saytida bunday deyildi: «Suriyani qo’llovchi davlatlar guruhining Myunxenda qabul qilgan bayonotida Suriyada o’t ochishni to’xtatishga erishish, insonparvarlik masalalarini hal qilish va siyosiy amaliyot boshlab, 18 oy ichida saylovlar o’tkazish aytildi. Ayni guruhga a’zo davlatlar Suriya muzokaralaridan so’ng 6 oy ichida siyosiy islohotlar rejasini ishlab chiqishga hamda o’tish davri hukumatini tuzishga, yangi konstitutsiya ishlab chiqib, uning asosida 18 oy ichida erkin va adolatli saylovlar o’tkazishga kelishib oldilar. Shunga qaramay, bayonotda na Damashqdan, na muxolafatdan qayta muzokara o’tkazish uchun belgilangan vaqtga rioya qilishlari talab etilmagan. Ammo barcha tomonlarni BMT mutasaddiyligi ostida imkon qadar tez fursat ichida muzokarada qatnashishga chaqirilgan».

Ko’rinib turibdiki, Xavfsizlik Kengashining 2254 raqamli qarorida kelgan narsalar Myunxen bayonotida ham takrorlangan. Ammo «Rossiya segodnya» sayti nashr qilgan bayonot matnida «o’tish davri hukumati tuzish», degan iboraning ishlatilgani e’tiborni jalb qiladi. Chunki Xavfsizlik Kengashi qarorida «o’tish davri boshqaruv hay’atini tuzish», deyilgan. O’tish davri hukumati, degan so’z Kerrining og’zidan chiqqan. U «Jeneva-2» konferentsiyasidan oldin Riyoz Hijob bilan uchrashgan va unga Suriyada o’tish davri hay’ati emas, milliy birlik hukumati tuzilajagini ma’lum qilgan. 2016 yil 25 yanvarda «Mufakkira Islom» saytida bunday deyiladi: «… Ayni manbaning qo’shimcha qilishicha, Kerri Riyoz Hijobga Jeneva uchrashuvida islohot o’tkazish salohiyatiga ega o’tish davri hay’ati emas, balki rejim bilan qo’zg’olonchilar ishtirokidagi milliy birlik hukumati tuzish borasida mubohasa qilinajagini ma’lum qildi. Kerrining izohlashicha, ma’lum vaqtda Basharning ketishi yig’in kun tartibiga qo’yilmagan bo’lib, u kelasi saylovlarda o’z nomzodini qo’yish huquqiga ega». Shunga ko’ra, demak, Myunxen bayonoti 2254 raqamli qarorga o’zgartirish kiritdi yoki Amerikaning niyatini hamda 2254 raqamli qarorni ijro qilish oldidan o’tish davri boshqaruv hay’atiga bog’liq ishlarda u istagan narsani fosh qildi.

Suriyada zo’ravonlikni to’xtatish to’g’risidagi gaplar esa u erda olib borilayotgan harbiy amaliyotni o’zgartirmaydi. Chunki Davlat tashkiloti bilan Jubahatun Nusraning mustasno qilingani terrorizmga qarshi kurash bahonasida bombalar yog’dirish va vayron qilishlarning davom etishini anglatadi. Rossiya terroristlardan boshqa hech kimni nishonga olmayotganini da’vo qilaveradi!

Shuningdek, Amerika Asad rejimining Halab ustidan bo’lgan hukmronligini qaytarish uchun Rossiyaga muhtoj. Hatto Amerikaning o’zi Halabni bombardimon qildi. 2016 yil 11 fevralda «Reyter» bunday xabar tarqatdi: (Payshanba kuni Rossiya mudofaa vazirligi 10 fevral kuni Amerikaning ikki uchog’i Suriyaning Halab shahrini bombardimon qilganini, Rossiya uchoqlari esa ayni mintaqada faoliyat olib bormaginini ta’kidladi. Amerika mudofaa vazirligi matbuot voizi esa rus kuchlari bilan Suriya hukumati kuchlarini Halabdagi ikkita markaziy kasalxonaga havo zarbalarini berganlikda aybladi. Ammo qachon zarba berganini aniq keltirmadi. Biroq bir bayonotda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot voizi Igor Konashenkov «Kecha IShIDga qarshi koalitsiyaning ikki uchog’idan boshqa hech qanday uchoq bu shahar ustidan parvoz qilgani yo’q», dedi. U ayni koalitsiyadan Qo’shma Shtatlar boshchiligidagi Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi koalitsiyani nazarda tutdi. U yana gapida davom etib aytdiki: «Moskva vaqti bilan 13:55da Amerikaning «A-10» rusumli ikki uchog’i Suriya havo bo’shlig’iga kirib, bevosita eng yaqin yo’l orqali Halabga etib bordi, so’ng shahardagi nishonlarga qarata havo zarbalarini berdi». Igor Konashenkov o’sha kuni rus uchoqlarining bergan havo zarbalari Halabdan kamida 20 km. uzoqlikda amalga oshirilganini qo’shimcha qildi. Vashington etakchiligidagi koalitsiya Halabdagi muxolif jangarilarga yordam berish yo’lida yoki bu shaharga insonparvarlik yordamlari etib borishini yaxshilash yo’lida sa’y-harakat qilishi mumkinmi, deya chorshanba kuni berilgan savolga AQSh mudofaa vazirligi voizi polkovnik Stiv Uorren javob berdi. U – koalitsiyaning asosiy diqqat-e’tibori Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurashishga qaratilganini aytib, ushbu tashkilot «Suriyadagi bu mintaqada aslida mavjud emas», dedi).

Bular shunga dalolat qiladiki, Amerika Halab urushini Asad rejimi foydasiga hal etishga shoshilmoqda. Bu shaharning butun aholisi qirilib tugasa ham, uni zarracha tashvishlantirmaydi. Uning uchun Asad rejimini yo’q qiladigan biror narsa bo’lmasa, bas! Muzokarachilar hay’ati raisi Riyoz Hijobning o’z hay’ati pozitsiyasi to’g’risidagi gaplariga kelsak, buni bir turli soxta qahramonlik hamda qurolli guruhlar qoshidagi hay’atni ko’klarga ko’tarib maqtash, deyish mumkin. 2016 yil 13 fevralda «Arabiy Jadid» saytida bunday xabar tarqatildi: «Suriya Ozod armiyasidagi bir etakchining bildirishicha, Suriyadagi muxolif qurolli guruhlarning Myunxen kelishuvini muhokama qilish uchun muxolafatchilar hay’ati muvofiqlashtiruvchisi Riyoz Hijob bilan uchrashishlari kutilmoqda. Myunxen kelishuvi Suriya masalasida xalqaro guruhlar uchrashuvini keltirib chiqardi. Bu guruhlar uchrashuvi xavfsizlik va mudofaa siyosatini ko’rib chiqish uchun Myunxen xalqaro konferentsiyasiga qo’shimcha sifatida juma kuni tongda bo’lib o’tdi. O’z ismini oshkor etishni istamagan bu etakchi «juda yaqin kunlarda» Riyoz Hijob bilan o’tkazilajak ayni uchrashuvda mubohasa etiladigan masalalarning tafsilotlariga kirishishni rad etdi. Ammo qurolli guruhlar bilan muzokarachilar hay’ati o’rtasida Myunxen kelishuvi borasida ko’proq yakdil pozitsiya bo’lishi mumkinligini aytdi».

Qurolli guruhlar bilan muzokarachilar oliy hay’ati o’rtasidagi bunday yakdillik hay’atni qonuniy vakilga aylantiradi. Bu esa o’z navbatida Amerika uchun kelajakda diplomatik echim natijalarini amalga oshirishda qulaylik yaratib beradi. U diplomatik echim natijalarini o’z malayi jinoyatchi Bashar rejimi o’lchoviga mos ravishda amalga oshiradi. Alloh Subhanahudan Shom qo’zg’olonini kofirlar va ularning malaylari makridan O’zi asrashini hamda bizni nusrat va g’oliblik bilan siylashini so’rab qolamiz!

Roya gazetasining 2016 yil 17 fevral chorshanba kungi 65-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.